Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet153/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
153
da, keyin «buni hayot majbur qilgan», deb qo‘yib yubor. Menam cholning pattasini 
qo‘liga berib qo‘ya qolay. Har holda uni ham hayot majbur qilgan. 
— Hamdam aka, gapimni to‘g‘ri tushunmadingiz? 
— To‘ppa-to‘g‘ri tushundim, og‘ayni. Men uchun ikki odam bor: jinoyatchi va 
jabrlanuvchi. Orada hech qanaqa hayot yo‘q. Agar menga qo‘yib berishsa, 
Mirkarimovingning qotilini qidirib, ovora bo‘lib yurmas edim. Nimagaligini bilasanmi? 
— Taxminan bilaman. 
— Taxminani hisobmas. Sen qotilni topginu ke-yin Mirkarimovni tiriltirgin-da, 
«O‘rningizda qotilingiz yota turadi», degin-chi? Senga rahmat ham demay, ablaxligini 
kelgan joyidan davom ettiraveradi. Sen qilayotgan ishimizning jamiyatga foydasini 
gapirishini yoqtirasan. Xo‘p, bir ablahning qotilini topishdan qanday naf bor? 
— Nima uchun uni ablah deyapsiz? 
— Asadbekning nushxo‘rdini yalab yurgan odam yaxshi bo‘lmaydi. Unga birov qasd 
qilmagan, uning o‘zi o‘limini sotib olgan. Nushxo‘rdga qanoat qilmay, dasturxondagi 
laganga qo‘l uzatib bo‘kkan u. 
— Yaxshi taxmin aytdingiz, o‘ylab ko‘rish kerak. 
— O‘yla, prokuror. Sen olim bolasan, o‘ylamasang hisobmas. — Hamdam shunday deb 
soatiga qarab olgach, o‘rnidan turdi. — Prokuror, bir soat vaqtim bor. Xohlasang, 
mishmishxonamga o‘tib, lag‘monxo‘r- lik qilaylik. Menga atalgan gaplaringni 
o‘sha yerda aytarsan. Keyin men ishimga ketaman, sen esa... — Hamdam istehzo bilan 
kuldi: — o‘ylab o‘tiravera- san. 
Zohidga bu reja ma’qul keldi. 
Lag‘monxo‘rlik xush yoqib, Hamdam Tolipov Zohid uchun ajratgan bir soatiga yana o‘ttiz 
daqiqa qo‘shdi. Har narsada tartibni ma’qul ko‘ruvchi Zohidning soatga qarab qo‘yganini 
sezgan Hamdam, yana choy buyurgach: 
— Ishga men shoshyapman, sen nega soatingga qarayapsan? — deb so‘radi. 
— Sizni birov kutayotgan bo‘lsa... 
— Kutayotgan bo‘lsa, kutaveradi, sen tashvishlanma. Hozir borib chol bilan kelinni 
yuzlashtiradiganman. Mayli, bir oz yuraklari siqila tursin. 
— Shu odatingiz hali ham qolmabdi-da, a? 
— Qaysi odatim? — dedi Hamdam. — Betartibligimmi? 
— Ha. 
— Bu odat emas, prokuror, bu — qo‘ndoqda tekkan kasal. Bitta odam aytib ketgan 
ekan: «Yoshlikda odat qilsang — qariguningcha ko‘nikasan, qariganingda odat qilsang — 
ko‘nikkuningcha ko‘milasan.» Zo‘r gap ekanmi? Shunaqa, og‘ayni, hali yoshmiz, 
qarigunimizcha aqlimiz kirib qolar. Qariganda ham quyilmasam, buning dorisi bor: 
go‘rimga olib ketaman. Ih, esdan chiqay debdi-ku, ertalab bo‘shmisan? 
— Ha, nima edi? 
— Bugun yarim kechadan boshlab ochlarning yurishi boshlanadi. Mahmud 
Ehsonovingning eson-omon ko‘milganiga o‘n to‘qqiz kun to‘lishi munosabati bilan katta 
tantanalar bo‘ladi. Qo‘rqma, osh bizga ham yetadi, kamida uch-to‘rt yuz kilo guruch 
damlanar, borasanmi? 
— Yo‘q, — Zohid o‘ylab o‘tirmay rad javobini aytdi-da, so‘ng hazil tariqasida izoh berdi: 
— qornim to‘q. 
— Meniki ham to‘q. Lekin men oshxo‘rlikka emas, tamoshaga boraman. Bormasam 
yegan lag‘monimni hazm qilolmayman. 
Oshxona xizmatchisi damlab kelgan choydan bir piyoladan ichishgach, qo‘zg‘olishdi. 
Hamdam yo‘lovchi mashina to‘xtatib, ketdi. Zohid esa piyoda yurgisi keldi. Kechagi 
izg‘irindan so‘ng kun birdan ilib, fasllar kurashida endi bahorning qo‘li baland kelganidan 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling