Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet151/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
— Siz nima dedingiz? 
Nima derdim, yuragim shuv etib ketdi. Qo‘llarim qaltirab, gapirolmay qoldim. O‘zi 
ertalabdan ko‘nglim g‘ash edi. 
— Demak, sal o‘zingizga kelvolib, so‘ng militsiyaga xabar qildinglarmi? 
— Yo‘q, avvaliga o‘rtoqlarini chaqirtirdim. Bolalikdan birga katta bo‘lgan og‘aynilari bor, 
menga ishonmagan sirlarini ham o‘sha kishiga aytardilar. 
— Tolmas Xayrievmi? 
— Ha, bularni oldingi tergovchiga ham aytganman. 
— Bilaman. 
Shu payt eshik ochilib, ostonada Hamdam Tolipov ko‘rindi. «Ie, band ekansan-ku, chiqib 
turaymi, nima qilay?» deganday Zohidga savol nazari bilan qaradi. Xona sohibidan bir 
ishorat bo‘lmagach, «gaplari zarurmasdir», degan fikrda ichkari kirdi-da: «Qalaysan, 
o‘rtoq prokuror!» deb so‘rashdi. So‘ng ziyrak nigohini Oysanamga qadab, u bilan ham 
salomlashdi. Zohid Hamdamning hech bir lutfsiz to‘g‘ri kirib kelaverishiga ko‘nikib 
qolgani uchun unga «sabr qiling», deb ishora qilmagan edi. So‘roqni uning ishtirokida 
davom ettirgisi kelmay, Oysanamning qo‘lidan ruxsatnomani olib, imzo chekdi-da: 
— Bir-ikki kundan so‘ng yana uchrashamiz, — dedi. 
Oysanam suhbatning bu qadar kutilmagan tarzda uzilishiga sababchi bo‘lgan Hamdamga 
norozi qiyofada bir qarab oldi-da, ilojsiz ravishda o‘rnidan turdi. So‘ng: 
— Akamni qachon chiqarasiz? — deb so‘radi. 
— Vaqti kelganda aytamiz. 
Bu gap Oysanamga yoqmadi, shart burildi-yu, «xayr» ham demasdan xonadan chiqdi. 
— Kim bo‘ldi bu xonim, dimog‘iga kuya pashsha o‘tirib ketgan-ku, a? 
Zohid uning kimligini aytgach, Hamda Tolipov uzun hushtak chalib qo‘ydi-da: 
— Nega hushtak chalganimni bildingmi? — deb so‘radi. 
Bilmadim, — dedi Zohid qog‘ozlarini tortmaga sola turib. 
— Bir odam «hamma narsaga qodirman», deb maqtanganida Afandi shunaqa hushtak 
chalib, «shu hushtagimga to‘rtta tugma qadab ber-chi», degan ekan. Sen yana 
hushtakka tugma qadamoqchimisan? 
— Kinoyangizga tushunmadim? 
— Kinoya emas, bo‘ladigan gap bu. Yana asadbeklarning obreziga burningni 
tiqmoqchimisan? 
— Har holda tekshirib ko‘rish kerak. 
— Mirkarimovning o‘lganiga yarim yilcha bo‘ldi shekilli, a? 
— Sakkiz oy, — deb aniqlik kiritdi Zohid. 
— Ana, sakkiz oy! Ilyosov ishni bekorga cho‘zmaydi. Senam cho‘zaver, boshingni 
og‘ritma. 
— E, aka, og‘rib turmaydigan boshning kimga keragi bor. Ochig‘ini aytsam, bu safar 
Asadbekning ko‘chasiga qarab yurmayman. 
— Ie, nechuk? 
— Mirkarimovning asadbeklar bilan bog‘liqligi bor. Yana bir tomoni Hosilboyvachcha. 
Lekin Mirkarimovni ularning odamlari o‘ldirmagandir, deb turibman. 
Hamdam yana bir marta istehzo bilan «Nechuk?» deb qo‘yib undan izoh kutdi. 
— Kecha o‘likni yorib ko‘rgan ekspert bilan gaplashgandim. Mirkarimov o‘ldirilib darrov 
suvga tashlanmagan, bir-ikki kun yerga ko‘milib qo‘yilgan, deb taxmin qilyapti. 
— Taxmin qilyapti? Nima, anig‘ini bilmas ekanmi? 
— Aniq bir qarorga kelolmagani uchun xulosaga yozmagan ekan. 
— Obbo... anig‘ini bilolmasa o‘likni tamosha qilish uchun yoribdimi? — Hamdam shunday 
deb o‘ylanib turdi-da, keyin gapini davom ettirdi: — Unda bir ish qilasan. Xo‘jayinlarning 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling