Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
150 ikki javobning bu qadar bir-biriga aniq mos kelishi Zohid uchun muhim bir ilgak kabi tuyuldi. — Eringiz ertalab ishga bormagan, o‘ynashinikida ham yo‘q, — Zohid bu safar dangaliga «o‘ynashi» de- di-yu, gapi qanday ta’sir etishini bilmoq uchun bir nafas sukut qildi. «O‘ynash» degan so‘zdan Oysanam g‘ashlanmagach, Zohid gapini davom ettirdi: — Akangiz bu orada uyingizga bir kelib ketmadilarmi? — Kelib-ketdilar, lekin indamadilar. — «Nega bir o‘zingiz keldingiz, erim qani, kechasi ham kelmadi», deb so‘ramadingizmi? — So‘rab nima qilaman? Akam yo‘llari tushsa choy-poy ichgani kirib turardilar. Erimning ulfatlari ko‘p. Ko‘pincha tongotar o‘tirishadi. Kelmay qolishlariga ko‘nikib ketganman. — Faqat ulfatlarinikida qolarmidilar? — Maqsadingizni ochiqroq aytavering: o‘ynashi demoqchimisiz? — O‘ynashlari borligini bilarmidingiz? — Bilardim, lekin boshqalarga o‘xshab kuyib-yonmasdim. Xudo insof bersin, derdim. — Ko‘nglingiz keng ekan. — Keng bo‘ldi nima-yu, tor bo‘ldi nima? Unisi ham bir balo, bunisi ham. Hozir o‘ynash tutmaydigan erkak bormi o‘zi? — Agar dunyoga sizning ko‘zlaringiz bilan qaralsa, yo‘qdir? — Keling, bu haqda gaplashmaylik, — dedi Oysanam qo‘l siltab. — Men institutlarda o‘qimasam ham, hayotning har qanaqa darslarini ko‘rganman. Siz «meni eringizga o‘xshatmang, o‘ynashim yo‘q», demoqchisiz-da, a? To‘g‘ri, hozir yo‘qdur. Hozir yoshsiz.Er-xotin bir-birlaringizning jonlaringizga tekkaningiz yo‘q. Yana besh-o‘n yildan keyin har qanday suluv xotin ham eri uchun «puf sassiq» bo‘lib qoladi. Ko‘ngil yangisini tusayveradi. Xotinidan besh battar isqirtroq bo‘lsa ham mayli, yangisi topilsa bas! Siz bilan o‘shanda gaplashaman, uka. — Keling opa, bu haqda hozir ham, besh-o‘n yildan keyin ham gaplashmaylik. Shu topda ikkalamiz hal qilib oladigan boshqa muhimroq muammo bor. Demak, akangiz kelganlarida o‘g‘lingiz bilan televizor ko‘ryatuvdingiz, a? Qaysi multfilm edi, esingizdami? — Multfilmni erimning o‘limiga nima aloqasi bor? — dedi Oysanam norozi ohangda. — Qanday aloqasi borligini keyinroq aytaman sizga. Hozir esa eslashga harakat qiling. — Zohid «bu xonaning egasi menman, savol berdimmi, demak, javob olishim shart», deganday stol ustiga ikki-uch chert-di. Oysanam uning barmoqlariga qarab qo‘ydi-da, so‘ng nigohini deraza osha tashqariga qadadi. — «Senimi, shoshmay tur!» emasmidi? — deb yordam bermoqchi bo‘ldi Zohid. — Yo‘q, u emasdi. Ha, «Vinni Pux» edi. Akam kirib kelganlarida o‘g‘lim «Ana, Vinni Pux tog‘am keldilar», deb, mendan quloq cho‘zma yevdi. «Bunchalar aniqlik! Bunchalar xotira! Erining yo‘qolgani haqidagi tashvishli xabar, so‘ng o‘likning suvdan topilgani... bu g‘am-alamlar ham xotiraga ta’sir etmabdi-da? Xo‘p, buning-ku o‘g‘li «Vinni Pux tog‘am keldilar» degan ekan, Eshpo‘latov-chi? U multfilmni nega eslab qoldi?» Zohid shu o‘rinda kalavaning bir uchini topganday ko‘ngli yorishib, savol-javobni shu mavzu atrofida davom ettirdi: — Multfilmni oxirigacha ko‘rdingizmi? — Men choy damlagani turdim. O‘g‘lim tog‘asi bilan birga o‘tirib ko‘rdi. — Demak, akangiz xavotirlarini sizga darrov bildirmaganlar? — Shunaqa bo‘ldi. Meni qo‘rqib ketmasin, degandirlar. Bir piyola choyni sovutib ichib, keyin aytdilar. — Nima deganlari esingizdami? — «Ering yo‘qolib qolganga o‘xshaydi, nima qilamiz, milisaga xabar beramizmi?» dedilar. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling