Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
148 XII b o b 1 Zohid Hamdam Tolipovning kelishini kutib o‘tirgan edi. Va’dasiga xiyonat qilmaydigan Hamdam bu safar nima uchundir kechikayotgan edi. Zohid betoqatlanib, soatiga bir necha marta qarab-qarab olgach, Hamdamning xonasiga qo‘ng‘iroq qildi. Javob bo‘lmagach, navbatchining raqamlarini terdi. «Tolipovning chiqib ketganiga bir soatdan oshdi», degan javobni eshitib, nima qilarini bilmay o‘tirganida unga «Mirkarimovning «Ishi» bo‘yicha Erkaeva degan ayol kelib, so‘-rayotganini» ma’lum qilishdi. Kutilmagan bu tashrif avvaliga Zohidni taajjubga soldi, so‘ng esa «tintuvda olingan narsalarini so‘rab kelgandir», degan fikrda ayolga ruxsatnoma buyurdi. Oysanam kirib o‘tirgach, Zohid dabdurustdan «nega keldingiz? Menda nima ishingiz bor?» demay, hol-ahvol so‘radi. Oysanam bu iltifotga javoban «yuribmiz, Xudoga shukr», deb qo‘ydi. So‘ng bir nafas sukut qildi-da, muddaoga ko‘cha qoldi: — Men... akamni chiqarish masalasida keluvdim. — Chiqarish masalasida? — Zohid Oysanamga tikilib qaradi. — Birov chiqaraman, deb va’da qiluvdi-mi? — Yo‘q... — Oysanam bir oz taraddudlanib, qo‘lidagi kirish ruxsatnomasini buklay boshladi. Keyin o‘ziga tikilib turgan ko‘zlarga qarab olgach, siniqroq ovozda maqsadini bayon qildi: — Oradan necha oy o‘tyapti. Gunohlari bo‘lsa, bo‘yinlariga qo‘yib qamavormaysizlarmi? U yoqda akam azobdalar, bu yoqda bolalari ezilib ketishdi. Oysanam «gaplarim ta’sir etyaptimi?» deganday yana bir qarab oldi. Bu safar nigohi tikilib turgan ko‘zlarga to‘qnashmadi. Zohid «mayli, qancha gapi bo‘lsa gapirib olsin», degan maqsadda undan ko‘zlarini uzib, stoli ustidagi qog‘ozlarga tikilib o‘tirardi. Bundan picha quvvatlangan Oysanam gaplarini dadilroq davom etdi: — Uyimga borganingizda ham aytganman: akamda ayb yo‘q. Asli... peshonamiz sho‘r bizning. Hamisha har xil balolar izimizdan quvib yuradi. Dadam rahmatli ishxonalarida bir palakat bilan majruh bo‘lib qoluvdilar. Oyim bechora bizlarni ming-ming azoblar bilan boqib katta qildilar. Yashayotgan uyimga qarab, menga baho bermang. Biz kambag‘allikda, mehnat bilan, it azobida katta bo‘lganmiz. Akamning uylarini borib ko‘rdingizmi? Zohid bosh chayqab, «Borganimcha yo‘q», dedi. — Borib ko‘ring: ikki uy bir daxlizda olti bolasi bilan o‘tiradi. Kennayim kutubxonada ishlaydilar. To‘qson so‘m maosh bilan olti bolaning qornini o‘ylasinlarmi yo ust-boshiga qarasinlarmi? Kecha borsam... yig‘lab o‘tiribdilar. Boqchada bir tadbir bor ekan, shirinlik pishirib kelishni so‘rashibdi. Maktabga esa, bo‘yoqqa pul berishlari kerak ekan. Men bu azoblarni aytaversam, bunaqa gaplarni attorning qutisidan ham topa olmaysiz... Siz tekshirib, tagiga yetkuningizcha yana necha oy o‘tarkin. Xudo xayringizni bersin, akamni qo‘yib yuboring. Ishlab, bolalarini boqsinlar, hech qayoqqa qochib ketmaydilar. Axir tilxat olib, keyin chiqarasizlar-ku, bolalariga rahmingiz kelsin. «Attorning qutisidagi gaplar» tugadi shekilli. Oysanam yengil xo‘rsingach, jim bo‘ldi. Bu kabi xasratlar barcha tergovchilar qatorida Zohid uchun ham yangilik emas. Birovning sho‘rini quritishdan avval hech kim bechoraxol bo‘lmaydi. Qo‘lga tushib, qamalgach, uning «hayotda ezilgani», ko‘p «g‘urbat chekkani» «ma’lum bo‘lib qoladi». Bunday hasratlarni eshitgan odam jabrlanuvchiga emas, balki zulm qilganga achinishi kerak bo‘lib qoladi. «Ha, endi o‘lgan o‘lib ketdi, bu odamni qamaganingiz bilan murda tirilib qaytib kelarmidi», «Ha, endi bir yoshlik qilib, o‘g‘irlikka tushibdi-da, narsalarini qaytarib berdi, rahm qila qoling», «Tergovchi uka, bu ham yigitchilikdan-da, bir tepib, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling