Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
149 ikkitagina musht urganga ham shunchami? Yorilgan joyi bitib ketibdi, siz ham «ish»- ni yamab qo‘ya qoling» — xasratlarning so‘nggida ochiq aytilmasa-da, shu kabi iltimoslar yashiringan bo‘ladi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, mazkur «Ish» «bir yoqlik qilingach», «suyunchisi» kutib turgani ham qistirib o‘tiladi. Keyin esa... «Shu arzimagan ishni yopdi- yopdi qilib yuborsa ham bo‘lardi, tergovchi o‘lgurda rahm-shafqat degan narsa yo‘q ekan», deb hukm chiqariladi. «Arzimagan ish» tufayli necha kishining jabr tortgani esa tarozi pallasiga qo‘yilmaydi. Uyida xushlamaygina gaplashgan Oysanam o‘zgalardan farqli o‘laroq, talabini ochiq ayta qoldi. O‘sha kuni osmonda edi, ovozlari baland pardada edi, bugun nechun yerga tushdi, nechun hazin ohangda gapiryapti? Nahot kelin ayasining ko‘z yoshlari unga bunchalik qattiq ta’sir etdi ekan? Eri qamalganidan beri u ayol xasratlarini endi bayon qilibdimi? Balki erining topgan-to‘plaganlarini yeb ado qilgach, ko‘zlariga yosh keldimi? Zohidni bu kabi savollar uncha qiynamadi, chunki Oysanamning ko‘z yoshlar ta’sirida emas, kimningdir da’vatiga ko‘ra kelganiga ko‘proq ishonardi. Bunaqa hollarda maslahatchilar ko‘p bo‘lishini bilgani uchun «Uni huzurimga kim yubordi?» degan muammoga javob izlash ham Zohid uchun aytarli ahamiyatli emasdi. U Oysanamning o‘z oyog‘i bilan kirib kelganidan foydalanib, kechagi so‘roq paytida eshitgan ma’lumotlarini solishtirib, tekshirib olish payida edi. «Attorning qutisida yo‘q gaplar»ning tugab qolgani Zohidni so‘roqni boshlashga da’vat etdi. — Opa, u voqeaga sakkiz oy bo‘lyapti. Ko‘p narsalar xayolingizdan ko‘tarilgandir. Ba’zi narsalarni so‘rasamu eslolmasangiz, hijolat bo‘lmang, — dedi Zohid mehrli ohangda. U «samimiy tarzda gapirsam, ayolning ko‘ngli yumshab, ko‘proq gap olarman», deb yanglishdi. Oysanam birgina shirin so‘zga ko‘ngli iyib ketadigan toifadan emasdi. Bolaligidagi qiyinchiliklar uni to muddaoga yetmagunicha suv kelsa simirishga, tosh kelsa kemirishga o‘rgatgan edi. Bu xonadagi ayni holatning ajablanarli yeri shunda ediki, tergovchi bo‘lmish Zohid ro‘parada o‘tirgan xushsurat ayolning, huquqshunoslik tili bilan aytilganda hozircha jabrlanuvchi va qisman guvohning ko‘ngli yumshashidan umidvor edi. Yoshlik go‘zalligi bilan vidolashishni istamayotgan Oysanam esa, Zohiddan farqsiz o‘laroq, qarshisidagi «g‘o‘r» tergovchining ko‘ngli yumshashi oqibatida talabini amalga oshirish umidi bilan o‘tirardi. Zohidning gaplarini eshitgach: — So‘roqlaringizga to‘ppa-to‘g‘ri javob beraman. Ke-yin akamni chiqarib yuborasizmi? — deb so‘radi. Zohid «O‘zimning ham shunday niyatim bor edi, ammo, akangizning qamoqda o‘tirgani o‘zi uchun foydali. Balki unda birovning qasdi bordir, balki eringizning qotili akangizni ham daf qilar?» deb niyatini oshkor qilishdan o‘zini tiydi. Ayolga tikilib turib, istehzoli jilmaydi-da: — Opa, bunaqa oldi-berdi bozorda bo‘ladi. Bu yer prokuratura, — deb ayolning popugini sal pasaytirgach, so‘roqni boshladi: — Akangiz eringizning yo‘qolgani haqidagi xabarni sizga qay vaqtda aytdilar? Taxminan peshin paytlari edimi? — Yo‘q, kech kiruvdi. Soat o‘ntakam to‘qqiz edi. Oysanamning o‘ylab o‘tirmay aniq javob qaytarishi Zohidning e’tiboridan chetda qolmadi. — Demak, yigirmayu ellik. Shu aniqmi? — deb so‘radi ayoldan ko‘zlarini uzmay. — Aniq. O‘g‘lim Maskovdan beriladigan «Xayrli tun»ni yaxshi ko‘radi. Stepashka bilan cho‘chqachaning gaplari tamom bo‘lib, multfilm boshlanganida akam kirib keluvdilar. «To‘g‘ri», — deb o‘yladi Zohid, Eshpo‘latovning so‘roqdagi javobini eslab. Eshpo‘latov uyga kirib kelganida singlisi bilan jiyanining multfilm ko‘rib o‘tirishganini aytgan edi. Har |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling