Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet152/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
nimasi ko‘p, majlislari ko‘p. Kunda bir-ikki majlisni ovlashmasa yeganlari ichlariga 
tushmaydi. Mirkarimovning yo‘qolgani haqida qachon xabar berilgan? 
— O‘n to‘qqizinchida. 
— Demak, sen o‘n beshinchidan to o‘n to‘qqizgacha bo‘lgan majlis axborotlarini titib 
chiq. Qaysi kundan boshlab majlislarda yo‘q bo‘lganini bilsang, kalavaning uchini 
topasan. Keyin mijg‘ovlanib, ezilaverma. Senga ming marta aytganman: masalani 
shartta-shartta hal qil. Bitta-yarimtaning burni qonasa hech nima qilmaydi. Mana, 
kechagi ishim: yigirma sakkiz yashar yigit boshini devorga uraverib o‘lib qolganmish. 
Afg‘onda yaralangani uchun bir xil paytda o‘zini bilmay qolarkan. O‘likni yoradiganlaring 
shunaqa xulosa yozib berishibdi. O‘likning otasi ham, xotini ham «ichvolib boshini 
devorga uraverdi», deb turishibdi. O‘likning boshini ushlab qarasam, suyak yo‘q hisob, 
maydalanib ketgan. Shunaqa bo‘lishi mumkinmi? 
— Qattiqroq urgan bo‘lsa... 
— Yo‘-o‘q... — Hamdam o‘zining topqirligidan o‘zi mast bo‘lib, quvlik bilan kuldi. — 
Qattiq urganda ham, bitta yoki ikkitada hushidan ketadi. Suyak maydalanib, joni 
chiqqunicha uravermaydi. Xo‘sh, men nima qildim? Shartta xotinini chaqirdimu qamab 
qo‘ydim, homiladorligiga ham qaramadim. 
— Shunaqa ishlaringiz bir kunmas bir kun... 
Hamdam Zohidning gapini bo‘ldi: 
— Boshimni yeydimi? Men bir narsaning isini sezmasam, qoidadan chiqmayman. Senga 
o‘xshab savol-javob qilib o‘tirsam, ish bitmas edi. Xotinga bir kecha yetarli bo‘ldi: 
ertalab hammasini aytdi: ota-bola orasida urush chiqib, o‘g‘il otaga hamla qilgan ekan. 
Ota esa tayoq olib bolasini uravergan. Endi senga maslahatim: «gumondagi shaxs» 
deginu bitta-ikkitasini o‘tqizib qo‘y. Qamoqdan o‘lguday qo‘rqadigan odamlar ko‘p bu 
dunyoda. Bittasi indamasa, ikkinchisi albatta gullaydi. 
Zohid bunga o‘xshash nasihatlarni avval ham yetarli ravishda eshitgani uchun kulimsirab 
qo‘ya qoldi. Hamdam bu kulimsirashning ma’nosini o‘qib: 
— Tushunarli, sening vazifang — qamash emas, balki adolat tantanasi! — deb qo‘ydi. 
So‘ng unga savol nazari bilan qaradi: — Kecha oqsoqolni ko‘rgani bormabsan-ku? 
Kecha telefonda gaplashganlarida Zohid mayor Solievni yo‘qlab bormoqchiligini aytgan
Hamdam esa bosh qashishga ham vaqti yo‘qligini bildirgan edi. Aksiga olib, Zohidning 
ekspertizaga oid ishlari cho‘zilib, kasalxonaga borolmadi. Zohid shu sabab tufayli 
borolmaganini uzr ohangida aytdi-da: 
— O‘zingiz o‘tganga o‘xshaysiz? — deb so‘radi. 
— O‘tdim. Oqsoqolning kayfiyati chatoq, — dedi Hamdam. — Endi ishga 
qaytolmasligidan siqilyapti. Bu ham mayli, — Hamdam shunday deb chalishtirib o‘tirgan 
oyoqlari o‘rnini almashtirdi, — ustozing «Qassob»ga achinyapti. Indamasam, ko‘z yoshi 
qiladigan. Yurak qolmabdi oqsoqolda. 
— Qo‘ysangiz-chi, ba’zan oshirib yuborasiz. 
— Oshirayotganim yo‘q. «Yomon o‘lim topdi», deydi. «Hayot uni jinoyat ko‘chasiga 
kirishga majbur qilgan», deydi. Qassobning onasi fohisha bo‘lgan ekan, bolaligida ko‘p 
ruhiy azoblar tortgan ekan... 
— Maqsud akaning gaplarida jon bor. Ko‘p jinoyatlarning ildizini aynan bolalikdan izlash 
kerak. Hayotdan zada bo‘lgan bolaning jinoyatga kirishi oson. Lekin tergovda ham, 
hukm chiqarishda ham bu sabablar, bu ruhiy holatlar hisobga olinmaydi. Hukm uchun 
jinoyatning o‘zi muhim. 
— Ana endi o‘zing oshirvording. Sening shu olimliging o‘zingni qiynaydi. Hayot deysan, 
a? Nima, dunyo-dagi hamma fohishalarning o‘g‘illari ulg‘ayganida xotinlarni o‘ldirib, 
go‘shtidan chuchvara tugib yeb yurishibdimi? Ertaga Mirkarimovingning qotilini topgin-


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling