Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet155/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
kerak», deb o‘rgatishgan-da, sizga? Ehson, birodar, nochorlarga qilinadi. To‘q odamlarga 
emas. Agar ertaga nochor, choponi yirtiq odam kelsa, unga «to‘xta, avval bu to‘qlar 
to‘yib olishsin», deysiz. Yo demaysizmi? Nochorga yoki gadoga sarqitni berasiz. Shumi, 
sizning ehsoningiz?» 
O‘shanda imom shu gaplar bilan kifoyalanib, chiqib ketgan edi. Oz gapirsa ham yurakni 
tilib, tuz sepib qo‘yganday bo‘lgandi. Ko‘p og‘ir gaplarni ichiga yutuvchi otasi bu 
malomatni hazm qila olmay, chuqur «uf» tort-gandan keyin xo‘rsinib: «Buning gapiga 
kirsam bir balo, kirmasam yana bir balo» deb qo‘ygandi. 
Akasining o‘sha ma’rakasida Zohidga juda qattiq ta’sir qilgan yana bir voqea yuz 
bergandi. Zohid u damda o‘lim larzasidan qutilmagan, butun borlig‘iyu ruhi karaxt 
holatida edi. Imomning aytgan gaplarini, ma’raka qilish shartmi yo lozim emasmi degan 
muammoni hazm qilmay turib, ertalab... 
Ma’raka oshiga kelayotganlar orasida qotillarning otalari, akalarini ko‘rib avval hayratdan 
dong qotdi. So‘ng dod deb yuboray dedi. Dadasiga qaragan edi, u «jim bo‘l, o‘zingni 
bos», degan ma’noda labini qimtib qo‘ydi. «Bu qanaqasi o‘zi, uyalmay-netmay osh 
yegani kelishyaptimi? Tomoqlaridan ovqat qanday o‘tadi?» degan o‘yda ularning izidan 
hovliga kirib osh oshashlarini ko‘rmoqchi bo‘lgan edi. O‘shanda otasining ta’qib etuvchi 
nigohiga bo‘ysunmay ichkariga kirganida ularning nomigagina non tishlab, oshdan bir 
cho‘qimgina yeganlarini ko‘rgan bo‘lardi. Ana o‘shanda ularga naqadar og‘ir ekanini 
tushunardi. Ularning ne hijolatlar bilan bu xonadonga yaqinlashganlari Zohidga 
noma’lum edi. Yaxshiki, Zohidning otasi vazmin tabiatli odam. Agar o‘zini tutolmay 
«Senlarning o‘g‘illaring mening o‘g‘limni o‘ldirdi», deb la’natlay boshlaganida, unga 
Zohid qo‘shilganida nima qila olishardi, boshlarini ham qilib izlariga qaytishdan o‘zga 
chora topa olarmidilar? «Mingdan ming rozimiz, ana o‘g‘illarimizni o‘z qo‘lingiz bilan 
o‘ldiring, xun oling, xumordan chiqing», deganlarida ham malomatdan qutula olmas 
edilar-ku? 
O‘sha manzara ko‘zi oldiga kelgach, Zohid Hamdamga qo‘shilib ertalab beriladigan oshga 
borishni istab qoldi. Chuvrindining fojiasi sababini aniq bilmasa ham, «qasddan 
o‘ldirilgan», degan taxminda yurgan Zohidning nazarida nahorgi oshga qotil ham 
keladiganday edi. Ha, buyurtmachi emas, aynan qotilning o‘zi! Balki... aksi bo‘lar, qotil 
emas, buyurtmachilar savlat to‘kib kelishar? Tumonat odamlar orasida ularni ajratib 
olish mumkinmikin? 
Mirkarimovning «yigirma oshi» ham shunday bo‘lgandir? Birovlarning qo‘llaridan ajal 
topgan boshqalarning ham, endi o‘lim topadiganlarning ham ma’raka oshlari aynan 
shunday bo‘lar?.. Qotillar qonga belangan panjalari bilan osh oshab, so‘ng oshpazga 
tasannolar aytib, tishlarini kavlab, kekirib chiqishar?... 
Dunyoning mana shu muammolarini yechishga Zohidning aqli qosirlik qilardi. 
2 
Ostonada kutib olgan xotini «Qaerlarda yuribsiz, ustozingiz ikki soatdan beri kutib 
o‘tiribdilar», dedi. Bu gapni eshitgan Zohid mayor Solievni ko‘z oldiga keltirib 
«Kasalxonadan chiqibdilarmi?» deb o‘yladi. O‘rta xonaga o‘tib divanda o‘tirgan Habib 
Sattorovni ko‘rdi-yu, avval bir oz ajablandi: ko‘pdan beri ko‘rishmagan ustozining 
tashrifini u sira kutmagan edi. Habib Sattorov uning taajjubini sezib, kulimsiradi-da: 
— Teskari zamon hozir, azizim, kichiklarni ziyorat qilish kattalarga lozim qolgan, — deb 
ko‘rishdi. 
Zohid aybdor ekanini tan olib, «ishlar ko‘p» degan ma’nodagi uzrini aytmoqchi edi, 
Habib Sattorov gapirtirmadi: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling