Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet145/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
145
o‘tirishiga ko‘zlarim o‘rganib qolgan ekan. 
— O‘rni hali beri sovumaydi, — dedi Asadbek, tagdor ma’noda, keyin Kesakpolvonning 
yelkasiga qo‘l tashlab, divan tomon yurdi. — Umri qisqa ekan-da. Opichib yurganingni 
ko‘rganimda bir-ikki kunda o‘lib qolsa kerak, deb cho‘chigan edim. Yana ham shuncha 
yashadi. 
— Ishxonani boshqa yerga ko‘chirsakmikin? Xonaga kirganda ko‘zga ko‘rinaverib, 
odamni qiynab yuboradi. 
«Mahmudning arvohi seni to go‘rga kirguningga qadar ta’qib etib, qiynaydi. Qiynoqqa 
o‘zing xaridor bo‘lib, uni o‘zing sotib olding», deb o‘yladi Asadbek. Til esa boshqa gapni 
aytdi: 
— Ko‘chish kerak. Ko‘nglingga yoqadigan joy top. 
Asadbekning «ko‘nglingga yoqadigan» deganiga Kesakpolvon uncha diqqat qilmadi. 
Chunki ayrim ishlarni topshirayotganda Asadbek «bilganingni qil» yoki «ko‘nglingga 
qara» deb qo‘yardi. Hozir Asadbek «ko‘nglimizga» emas, «ko‘nglingga» deb atay 
ta’kidlagan, bu bilan «topadigan joyingda o‘zing ish yuritasan», degan ma’noni 
singdirmoqchi bo‘lgan edi. 
Divanga borib o‘tirishganda Bo‘tqa choynak ko‘tarib kirdi-da: «U-bu kerakmasmi?» deb 
so‘radi. Kesakpolvon «u-buga hojat yo‘qligini» aytgach, piyolalarga choy quyib uzatdi-
da, jimgina iziga qaytdi. 
— Maskovda Xongireyni uchratib qoldim, — dedi Asadbek, Bo‘tqa chiqib ketgach. — 
Anavinda to‘g‘ri aytding: ne bo‘lsa ham musulmonligi bor bu bolaning. Kozlov tufayli 
oramizga sovuqlik tushdi, deb afsuslanib yuruvdim. Ko‘ngli keng ekan u chechenning. 
«O‘rtamizda gina-kudurat yo‘q», deb aytdi. Mardligiga qoyil qoldim. Sherikka 
yolchibmiz, oshna. Ana endi osh-qatiq bo‘lsak arziydi. Bir-ikkita zo‘r ishlarni mo‘ljallab 
qo‘ygan ekan, o‘zing billalashib yuritasan. 
Bu safargi «o‘zing billalashib» deyiluvi Kesakpolvonning diqqatini chetlab o‘tmadi. 
— Mo‘ljalidagi ish juda katta, lekin juda nozik, qaltis. Buni faqat o‘zing eplaysan. 
Kesakpolvon endi «o‘zing» shunchaki tildan adashib chiqqan so‘z emasligini anglab
tahrir kiritdi: 
— «O‘zimiz» degin. 
— Yo‘q, endi bu ishlarni sen yuritasan. Sen bilan men uchib borayotgan moshinaning 
murvatlarimiz. Murvat degani eskiydi, ishdan chiqadi. Murvat yangilanmasa, o‘zing 
bilasan, moshina abjaq bo‘ladi. Ikkalamiz billa yurib, yomon bo‘lmadik. Endi men chetga 
chiqishim kerak. Mening tashqi ko‘rinishim odam. Ichimni hali ham dard kemirib yotibdi. 
Menga rahming kelsin. 
Jumboqning bu qadar yengil hal etilishini kutmagan Kesakpolvon bir oz dovdirab qoldi. 
Asadbekning ahdi qat’iymi, samimiymi yoki sinash uchun aytyaptimi bu gaplarni — 
farqlay olmasdan gangidi. Sobiq xojasining qarashlari, gapidagi ohang ichiga yashiringan 
sirni oshkor qilmadi. 
— Ha, nega jimib qolding, gapir,— dedi Asadbek. 
— Nimani gapiraman, Maskovda jin-pin chalib ketdimi seni? Gaplaringdan latta hidi 
kelyapti. Kasal bo‘lsang, damingni ol, holingga qarab yuraver. Sendan birov ish talab 
qilyaptimi yo davlatning ishxonasiga o‘xshab byulleten ko‘rsatishing kerakmi? Bir 
yog‘ing-ni yozga, bir yog‘ingni qishga qo‘yib, taralla-bedod qilib yuraver, qancha ish 
bo‘lsa, men borman. 
— Shuni aytyapmanda. Hamma ish endi sening gardaningda bo‘ladi.
— Gapni aylantirma. Sen — Asadbeksan! Men kissavurdan chiqqan mayda odamman. 
— Ilgari mayda bo‘lgan bo‘lsang, endi yiriklashasan. Masala hal bo‘lgan, men Xongirey 
bilan kelishib keldim. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling