Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet140/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
140
— Osh deganday bo‘luvdingiz... — Qozi shunday de-di-yu, egasidan tepki yeyishdan 
qo‘rqib dumini qisgan it holiga tushdi. 
Kesakpolvon Selim bilan ko‘rishmay turib, choyxona hovlisidan o‘tayotganida osh 
buyurganini esladi, biroq, sir boy bermay: 
— Osh yeyaverib ichaklar press bo‘lib ketdi. Chiqib ayt, yog‘liroq go‘sht bosishsin, — 
dedi. 
Qozi chiqib ketgach, qaddini ko‘tarishga majbur etgan fikrga qaytdi. U Asadbekning 
qahridan qutulish yo‘lini topganday bo‘ldi: ertaga tongdayoq qaymoq ko‘tarib 
Asadbeknikiga borishni, nonushtada birgalashib qaymoqxo‘rlik qilishni, so‘ng «Mahmudni 
men o‘ldirtirdim», deb tan olishni reja qildi. Uningcha «Mahmud senga xiyonat qilib 
Xongirey bilan til biriktirayotganini bilib qoldim. O‘zing aytgansan, bizda xiyonatchiga 
aytadigan gap bitta bo‘ladi... Senga bildirmaganimning sababi: uni o‘zim topib, o‘zim 
tarbiya qilgan edim. Gunohiga sherikman. Shuning uchun o‘zim yo‘q qildim», degan 
gaplariga Asadbek oz bo‘lsa-da ishonishi kerak edi. Shubhasiz, u «o‘zing-chi, Xongireyga 
qanday ilakishib qolding?» deb so‘raydi. Kesakpolvonning mo‘ljalicha, javobning «xo‘r-
rozi» shu savolga qaytariladi: «Xongirey xitlanib, senga osilmasin, deb nomigagina 
yaqinlashdim». 
O‘zining bu kashfiyotidan quvongan Kesakpolvonning chehrasi ochilib, qozonkabobni 
buyurib qaytgan Qoziga bir-ikki hazil qildi. 
Maishatlari yakun topib, ko‘chaga chiqishgach, Kesakpolvon «Qaerga borsam ekan?» 
deb o‘ylanib qoldi. Xotinining Yaponiyaga, qizi bilan sartaroshning Leningradga jo‘nashi 
haqidagi gap-so‘zlarni eslab, uyiga borgisi kelmadi. Xotini bugun ertalab «eri o‘lgan 
Oysanam»ning Yaponiyaga otlanayotganini yana gapirganida «shu momaqaymoqni 
anchadan beri ko‘rmadim-a», deb o‘ylagan edi. Hozir o‘sha armonga barham berib
juvonni ko‘rmoq istagida mashina sari yurdi. Haydovchi o‘rniga o‘tirmoqchi bo‘lgan 
Qozini to‘xtatib, so‘radi: 
— Do‘xtirni topdingmi? 
— Uyidagilar aytishmayapti. 
— Bek akang keldi-ya! Namuncha lallayasan, hebbim! Uyidagilar aytmayotgan bo‘lsa 
bitta bolasini anavi yerga tiqib qo‘ygin, sayraganini o‘zi ham bilmay qolsin. Nima, 
shunga ham aql kerakmi? 
Kesakpolvon shunday deb so‘kindi-da, haydovchi o‘rniga o‘zi o‘tirdi. 
2 
Oysanam... Kipriklari uzun-uzun, qoshlari kamon, yana ming yil yashasam ham 
chiroyimni boy bermayman, deguvchi latofat egasi Kesakpolvonning xayolini o‘ziga 
tortgan edi. Kesakpolvon Oysanamning onasi Kunsanamni erkalab «qiz o‘rtog‘im» derdi. 
U dastlab qamoqqa tushganida o‘g‘rilik bilan non topish, tirikchilik qilish oson emasligini 
angladi. «Detdom bolasiman», deb bolalarga zo‘rlik qilish zamoni o‘tgan, o‘g‘rilar 
olamida yetarli obro‘ga ega bo‘lish uchun lozim zehn, tadbirning o‘zida yo‘qligi, oxir-
oqibat xorlik jandasiga o‘rashini ham fahmlab, «sendan boshqa mening kimim bor?!» 
deb ko‘z yoshi to‘kib, Asadbekning etagidan mahkam tutdi. Kesakpolvonning umri bo‘yi 
qilgan eng aqlli ishi ham shu edi. Dam-badam uyg‘onuvchi «Men yonida bo‘lmasam Asad 
bu martabalarga yeta olmas edi», degan o‘yiga o‘zi ham ishonmasdi. 
O‘g‘rilikdan uzoqlashib, Asadbek berib turuvchi cho‘talga qanoat qilib yurgan kezlari 
yengil-elpi to‘y qilib bo‘lsa-da, uylandi. «Detdom bolasiman» deb kerilib yuruvchi 
Kesakpolvon yigit kishiga boshpana ham zarur ekanini o‘shanda tushunib yetdi. Asadbek 
o‘zining eski mahallasiga taqab solingan to‘rt qavatli g‘ishtin imoratdan unga bir xonani 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling