Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet137/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
— Sahifalar o‘zlarining o‘rnidadir, ammo nashrda cho‘x gaplar yo‘qtur. Biz Yusufbek 
hojimning so‘zlarini yuraklarimiz ko‘zlari ila o‘qib, xayolimizga muhrlab olgandirmiz, — 
Cho‘lponoy shunday deb, kitobni varaqlab, bir yerda to‘xtadi: — Mana bunda yo‘qtur u 
gaplar, — Cho‘lponoy bir oz o‘ylanib turdi-da, kitobga kiritilmay, tushirib qoldirilgan 
satrlarni yoddan o‘qidi: — «Burodarlar! O‘rus o‘z ichimizdan chiqadirg‘an fitna-fasodni 
kutib, darbozamiz tegida qo‘r to‘kib yotibdir. Shunday mahshar kabi bir kunda biz chin 
yovg‘a beradirgan kuchimizni o‘z qo‘limiz bilan o‘ldirsak, sen falon, deb qirilishsak
holimiz nima bo‘ladir? Bu to‘g‘rida ham fikr qilg‘uvchimiz bormi? Kunimizning kofir 
qo‘lig‘a qolishi to‘g‘risida ham o‘ylaymizmi yoki bunga qarshi hozirlik ko‘rib 
qo‘yg‘anmizmi?! 
Hoji o‘zini tutolmay, ko‘z yoshisini oq soqoliga quyib davom etti: — Mana burodarlar! Siz 
o‘z qipchog‘ingiz uchun qabr qazig‘an fursatda, sizga ikkinchilar tobut chopadilar. Biz 
qipchoqqa qilich ko‘targanda, o‘rus bizga to‘p o‘qlaydur. Siz dunyoda o‘zingizning 
yagona dushmaningiz qilib qipchoqni ko‘rsangiz, men boshqa yovni har zamon o‘z 
yaqinimg‘a yetkan ko‘raman! — dedi va ro‘ymoli bilan ko‘z yoshisini artib, o‘rnidan 
turdi...» 
Shu yerga kelganida Cho‘lponoyning ovozi titradi. Devorga osig‘liq eroniy gilamda xuddi 
Yusufbek hojining siymosi tasvirlangandek tikilib qoldi. So‘ng dedi: 
— Dadam aytib edilarkim, millatning xorligi ayni o‘sha harakatdan boshlanmish ekan. 
Millatning ittifoqda sobit emasligi o‘z boshiga qayg‘u solmish ekan... Kitobda esa bunlar 
yo‘qtur... 
Cho‘lponoy boshqa gapirmadi. Kitobni Zaynabning qo‘liga tutqazib, o‘zi iziga qaytdi. 
Kitobdan tushirib qoldirilgan satrlar, sahifalar taqdiri uning uchun sir bo‘lib qolaverdi. 
XI b o b 
1 
«Ishtonsizning hadigi cho‘pdan», deganlaridek, Asadbekning har bir qarashi 
Kesakpolvonning nigohiga zirapchadek sanchilardi. Asadbek bilan Xongireyning nima 
haqda, qanday tarzda gaplashganlari unga noma’lum. U faqat suhbat natijasini biladi: 
Asadbek chekingan, bo‘yniga mag‘lublik kishanini solib qaytgan. Bu kishanning bir uchi 
Xongireyning qo‘lidami yoki Kesakpolvonga tutqaziladimi — buni bilmaydi. «Oshna, 
bo‘lar ish bo‘libdi, endi chetga chiqa qol, oyoqlarim ostida o‘ralashmay tur», deydimi yo 
Asadbekning o‘zi «Haydar oshnam, endi sening oshig‘ing olchi turibdi, bu yog‘iga katta-
katta bosaver», deb bo‘ynini egadimi — buni ham bilmaydi. Har holda Asadbek bo‘yniga 
arqon bog‘lansa ko‘zlarini javdiratib turuvchi axta qo‘chqor emas, bunday demasligiga 
Kesakpolvonning aqli yetib turardi. Gapni o‘zi boshlasa balolarga qolishiga ham fahmi 
yetardi. 
Asadbek qabristonga borib kelganidan so‘ng u ketishga bahona izladi. Ashulachi kelib, 
xirgoyisini boshlagach, sobiq xo‘jayini, bo‘lajak tobeidan ruxsat so‘rab, ko‘chaga chiqdi. 
Asadbek bu safar odatiga xilof ravishda uni darvozaga qadar kuzatib chiqib «Rahmat, 
oshnam» deb, uni hayrat to‘riga chirmab qo‘ydi. Shu paytga qadar Kesakpolvonni bu 
xonadonda birov kutib olmagan, birov kuzatmagan. U o‘z uyiga qanday kirib-chiqsa, bu 
yerda ham o‘zini shunday erkin tutardi. Asadbek kuzatib chiqib «oshnachiligimiz shu 
onda, shu ostonada nihoyasiga yetdi, endi sen begonasan», demoqchi bo‘ldimi? 
Asadbekda bunday fikr yo‘q, beixtiyor tarzda kuzatgan bo‘lsa-da, Kesakpolvon uning 
harakatini begonalik sari qo‘yilgan dastlabki qadam deb bildi. Ko‘ngil xiralashganicha 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling