Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
134 Xirmon o‘qin urdi ulchi imkoni manga, Gar bo‘lsa mute’ charx davroni manga Yetkursa men ul oyg‘a yo oni manga.* — Bale, yulduzim! — Cho‘lponoy yengil qarsak chalib, singlisini olqishladi. Bu olqish aynan Guluzor begimniki edi. Qizlarini maqtagisi kelsa shunday deb, yengil qarsak chalib qo‘yardi. Cho‘lponoy uylarida ba’zan atayin, ba’zan beixtiyor taqlidan ravishda onasining gaplarini aytib, qiliqlarini takrorlab turardi. Mushtariy uyda bunga e’tibor bermas edi. Hozirgi ahvolida onasining erkalashlari yodiga tushib, bir entikdi-yu, opasini yengil quchib, yelkasiga boshini qo‘ydi. — Tinglang-chi, yulduzim, hilol biza bir shirin xabar shivirlaydir, — dedi Cho‘lponoy singlisining sochidan o‘pib. — Bu xabardin ayriliq zindonida tut-qun bo‘lganlar taskin topgaylar. Mushtariy bir oz jim turdi. Xuddi sukunatga quloq tutib opasi aytmoqchi, hilolning shivirlashlarini eshitgandek bo‘ldi. So‘ng boshini ko‘tarib Cho‘lponoyga tikildi: — Olloh, Olloh, ayriliq shomining zimziyoligi qanchalar dilni xuftonu jonni sargardon etguvchi emish. Cho‘lponoy singlisining dardli gaplarini eshitib, kulimsiradi-da, qoshlari, yuzlarini silay turib, dedi: — Vah, vah! Visol tongining ravshanligi qanchalar dilga yoqimligu jonni quvontirguvchi emish... Mushtariy o‘zini majburlab jilmaydi-da, joyiga qaytdi. Opasidan ilgariroq o‘tirib, hurmat qoidasiga xilof qilganini angladi-yu, chaqqon turib, Cho‘lpon-oyga uzrli nigoh bilan qaradi. Cho‘lponoy singlisining yoniga o‘tib o‘tirgach, Mushtariy yengil xo‘rsindi: — Ko‘nglim bir qahva istar. Bunda bir xizmatkor bormi ekan? Zaynab xonimdan so‘ramagimiz lozim edi. — Picha sabr eting, yulduzim. Darrovda biron nimarsa so‘ramagimiz odob sanalmas. — Ajoyib qiziq qurilmish bu uylar. Sayr qilmoqqa bog‘ hech yo‘qtur. Odamlari-da ajoyib qiziqdurlar. O‘tirarlar, taom yerlar, so‘ngsiz gapirarlar. Gapira-gapira charchamaslar, taom yeya-eya toliqmaslar, uzoq vaqt o‘tira-o‘tira hormaslar. Ko‘rdimki, musulmon yurt bo‘lsa-da, bunda namoz qilmaslar. — Bu menga-da ajab tuyuldi. Nasroniy yurtda namoz qilmaslik bizim uchun ayb edi, bunda ayb emas ko‘rinadur. Bu sizning uchun muddaoning o‘zi emasdurmi, deb xavotir qilurman. Mushtariy opasidan farqli o‘laroq, uyda ekanida namozga ko‘p ham e’tibor bermas, hushiga kelsa o‘qir, bo‘lmasa yo‘q edi. Cho‘lponoy hozir uning shu odatiga shama qilib, ayyorona kulib qo‘ydi. Umr yo‘ldoshlarining doktor Xudoyor ta’sirida o‘sha yerda namozga o‘rganganlari, ularning ham ibodatda sobit emasliklarini ular ham bilmas edilar. Asadbek o‘g‘illari bilan mehmonxonada tong ottirgan azobli kechada uning xonadonida ona va qiz, opa va singil dunyoning sho‘rishlaridan parishon o‘tirishgan edi. Ertasiga qaynotalariga salom berayotganlarida suyuklilariga o‘g‘rincha qarab olishgach, ko‘ngil osmonida quyosh charaqladi. ___________ * Hazrat Alisher Navoiydan. Mazmuni: Yor firog‘i jonimga ko‘p qasd etti, ayriliq o‘qi esa tanimni nishon etti. Agar falak mening hukmimga bo‘ysunsa edi, o‘sha Oyni menga yo meni unga yetkursa edi. Download 5.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling