Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet136/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
136
ko‘ra ulug‘roq baxt, bundan-da ko‘ra o‘lchovsiz bebaxtliklar borligini u tasavvur eta 
olmasdi. Shaxs tashvishidan tashqari millat qayg‘usi degan fazilatlar borligini Zaynab 
birovlardan ko‘p martalab eshitsa-yu, his qila olmasa, uni ayblash o‘rinli bo‘lardi. 
Yaxshiki, kelinposhshalar Vatan taqdiri, millat qayg‘usi haqida ota-onalaridan 
eshitganlarini aytib, Zaynabdan bu borada fikr so‘rab, uni og‘ir ahvolga solishmadi. 
Cho‘lponoy Jo‘ra Bo‘tako‘zning sarguzashtlarini aytib ado qilgach, samimiy tarzda dedi: 
— Bunlarning qizlari xuddi Kumushbibi kabi, xuddi Ra’no xonum kabi cho‘x go‘zal 
emishlar. Bunda har bir xonumqiz bir Kumushdir, bir Ra’nodur. Bizim yashaganimiz 
Olmoniyada na bir Kumush vordur, na bir Ra’no. Mirzo Anvarkim, bejiz bayt 
bitmamishlarkim: 
Agar Farhodning Shirin, bo‘lsa Majnunlarning Laylosi, 
Nasib o‘lmish menga gulshan aro gullarning Ra’nosi. 
— Ofarinlar, tashakkurlar! — Mushtariy yayrab kulganicha yengil qarsak urdi. — So‘ng 
opasini quv-vatlash maqsadida gap qo‘shdi: — Bunda ko‘rdimki men, har bir 
xonimqiz Kumushdir, vale har yigit bir Farhoddir, bir Qaysdir. Bobur mirzomni 
eslaymizmi: 
Qani Layli bila Shirinkim, alardan ishq o‘rgansang, 
Qani Farhod ila Majnunkim, alarg‘a ishq o‘rgatsam. 
Zaynab bu baytning aytiluvidan maqsad — akalarini alqash ekanini anglab, jilmaydi. 
— Rumonni mutolaa etivum jarayoninda Kumush qanday qiz ekan, deb cho‘x o‘yga 
tolurdim. Sizni ko‘rdim va dedimki: ana, Kumush! 
Zaynab bu gapdan so‘ng boshini egdi. Kelin ayalari uning bu holatini iymanishga 
yo‘yishdi. Lekin kutilmaganda Zaynab past ovozda: 
— Kumush o‘lgan... — dedi. 
Opa-singillarga bu gap og‘ir ta’sir etib, bir-birlariga savol nazari bilan qarab olishdi. 
Suhbatni shu holda uzilishini istamagan Cho‘lponoy: 
— Kumushbibi jisman o‘lmishlar. Bibiyimiz muhabbatlari tirikdir, o‘lmasdir. Uning 
tuyg‘ulari siz ila bizda yashar, — dedi-yu, bu gapi bilan Zaynabning yuragidagi yarani 
tirnab, tuz sepdi. Zaynabning tirnalgan qalbi yarador qush singari potirab, joni bo‘g‘ziga 
qadalgandek bo‘ldi. Undagi o‘zgarishni opa-singillar sezdilar. Mushtariy «nojo‘ya so‘z 
aytdingiz», degan ma’noda opasiga tanbeh nazari bilan boqdi-da, oradagi noqulaylik 
tutunini tarqatmoq niyatida «Men qahva tayyorlayin-chi», deb o‘rnidan turdi. Tashqariga 
chiqish bahonasini qo‘ldan bermaslik uchun Zaynab «O‘zim tayyorlayman», deb chaqqon 
turdi. Ammo kelinposhshalar bunga yo‘l bermadilar. Mushtariy chiqib ketgach, 
Cho‘lponoy qayinsinglisidan «O‘tgan kunlar»ni o‘qish uchun berib turishini iltimos qildi. 
Kitob bu yerda emas, Zaynab narigi uyiga olib ketgan edi. Elchinni ko‘rib, shifoxonadan 
qaytayotganida uyiga atay borib, kitobni qidirdi. Topolmadi. Kimga berganini ham 
eslolmadi. Shundan so‘ng dugonalariga bir-bir qo‘ng‘iroq qilib so‘radi. «O‘zingda yo‘q, 
olamda yo‘q», deganlaridek, kitob tanishlaridan ham topilmagach, bir-ikki kundan so‘ng 
kutubxonadan olib kelib berdi. 
— Bu kitobning xaridori ko‘p. Dugonamga beruvdim, u yana bittasiga beribdi. Kitob shu 
zaylda oyoq chiqarib, yurib ketgan, qaerdaligi noma’lum, — dedi hazil ohangida. 
Muzaffarxon bir kunmas bir kun Vatanga qaytishiga ishongani uchun qizlariga ruslarning 
alifbosini ham o‘rgatgan, kitoblar olib kelib bergan edi. Shuning uchun ham Cho‘lponoy 
kitobni o‘qishda qiynalmadi. Uch kundan so‘ng kitobni Zaynabga qaytarib bera turib: 
— Ajab hol, — dedi. 
Zaynab nimasi ajablanarli ekan, deb hayron bo‘ldi. 
— Ajab holki, — dedi Cho‘lponoy yana ta’kidlab,— kitobda cho‘x sahifalar yo‘qtur. 
— Birov yirtib olibdimi? — dedi Zaynab afsuslanib. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling