Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


  Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik  www.ziyouz.com


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet135/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

4 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Dastlabki kunlardagi keldi-ketdilar kamaygach, opa-singillar zerika boshladilar. 
Abdusamad bilan Abdulhamid sog‘ingan oshnalari bilan choyxonalardagi o‘tirishlarini 
boshlab yuborishgach, ular avvaliga ajablanishdi. So‘ng bu yerlarning odaticha «er-xotin 
birgalikda sudralib yurmasliklarini» bilib, afsus chodiriga o‘ralgancha bunga ham 
ko‘nikishdi. 
Ular uchun bu xonadonda birdan-bir yupanch — Zaynab edi. Erlari oshxo‘rliklarga 
ketgan damlarda ular Zaynab bilan shahar sayriga chiqdilar. Elchinni ham yo‘qladilar. 
Bir kuni choy ichishib o‘tirishganda Mushtariy: 
— Zaynabxonim, siz biza kutubxonangizi ko‘rsatmaysiz? — deb qoldi. 
Zaynab onasi bilan ko‘z urishtirib olib, javobga taraddudlandi. Chunki kiyim-kechagu 
bezaklardan kam-ko‘sti bo‘lmagan bu juvonning kutubxonasi yo‘q edi. To‘g‘ri, u kitob 
o‘qirdi, ba’zan dugonalari maqtagan asarni uch-to‘rt kunga so‘rab olardi, ba’zida esa o‘zi 
ham xarid qilardi. Uydagi kitobni birov olgani, qaytib bermagani bilan ishi yo‘q edi. 
Kitoblarni to‘plab, kutubxona shaklida tartib berishni esa o‘ylamasdi. Kelin ayasining 
savolidan shu sababli ham xijolat bo‘ldi. O‘zini mutolaasiz, johil qilib ko‘rsatib qo‘ymaslik 
uchun: 
Kutubxona narigi uyimda, — deb og‘ir vaziyatdan qutuldi. 
— So‘ramakka ijoza vering, Zaynab xonum, mumkinmikin bilmagimiz: bunlarda qaysi 
bir kitob cho‘x sevilib o‘qiyulur? 
Bu savolga javob tayyor bo‘lishiga qaramasdan Zaynab «aytaveraymi?» deganday 
onasiga qarab oldi. Manzura bu qarashni boshqacha tushunib, «yoshlarning gaplariga 
halal bermay», degan fikrda o‘rnidan turib, chiqdi. Qaynonaning hurmati yuzasidan 
o‘rinlaridan turishgan kelinposhshalar joylariga qaytishgach, savolga javob kutib, 
Zaynabga qarashdi. 
— Katta-yu kichik «O‘tgan kunlar»ni yaxshi ko‘rib o‘qishadi, — dedi Zaynab. 
— O, cho‘x go‘zaldir bu! — dedi Cho‘lponoy quvonib. So‘ng quvonchi sababini izohladi: 
Men ayni shundaydir, deb mulohaza qilib edim. Bu go‘zal rumonni o‘zbeklarning cho‘x 
suymasliklari mumkin emasdir. 
— Siz... o‘qiganmisiz? — deb ajablanib so‘radi Zaynab. 
— Cho‘x-cho‘x marotabalab, — dedi Mushtariy suhbatga qo‘shilib. — Unda zikr etilmish 
satrlar xayolimizga-da muhrlanmish. 
— Siz kitobni nardan oldiniyiz, deb ajablaniyursizmi? — dedi Cho‘lponoy. — Bizim bir 
vatandosh vordur, ism-nasablari Jo‘ra Bo‘tako‘z. Eshitganiyiz vormi? 
Zaynab bunaqa odamni eshitmagan edi, yo‘q, ma’-nosida yelkasini qisib qo‘ya qoldi. 
Cho‘lponoy bu kishini o‘zi ko‘rmagan, shunday millatparvar vatandoshlari borligini 
otasidan eshitgan edi. Hozir ana shu hikoyalarni bayon qilib berdi. Jo‘ra Bo‘tako‘zning bu 
kitobga g‘oyat mehri balandligi tufayli «O‘tgan kunlar»ni barcha vatandoshlarim o‘qisin», 
degan maqsadda arab alifbosida nashr qildirganini, buning uchun Istanbuldagi 
mehmonxonasini sotib, barcha mablag‘ini bosmaxona xarajatlariga sarf etganlarini, 
noshir istab Eronu Pokistonga qadar borganlarini hayajonli tuyg‘u bilan aytdi. Opa-
singilga millat ravnaqi yo‘lidagi ulug‘ fidoyilik va jo‘mardlik bo‘lib tuyulgan bu vo-qeani 
Zaynab oddiy ish sifatida qabul qildi. Cho‘lponoyning hayajonli hikoyasini ehtirossiz 
tarzda tingladi. Xonadonida ham, o‘qishda, dugonalari davrasida ham millat taqdiri, 
Vatan ravnaqi haqida so‘zlar eshitmagan, «Vatanni suymak», degan tarbiya mezonidan 
uzoq bo‘lgan Zaynab bu voqeadan kelin ayalari kabi iftixor eta olmasdi. Chunki uning 
uchun Vatanni sog‘inib yashash hissi begona edi. Millat uchun borini berish, hatto jondan 
kechish ham bir baxt ekanini u qaydan bilsin? Uning uchun baxt — Kumushbibi kabi 
suyganiga yetishmoq edi. Yetisholmaganini baxtsizlikka yo‘ydi. Bu olam aro bundan-da 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling