Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
138 mashinaga o‘tirganida Qozi unga kutilmagan yangilik aytdi: — Qozixonada sizni maskovlik mehmon kutib o‘tirganmish. Bu xabar Kesakpolvonga xush yoqdi. «Yaxshi, Xongirey odam yuboribdi. Bek bilan bo‘ladigan oldi-berdini o‘zi eplashtirib tashlaydi», deb o‘yladi. Shu kayfiyatda qozixonaga kirgan Kesakpolvon Selimni ko‘rib, tarvuzi qo‘ltig‘idan tushgan odamday ajablandi. Shu sababli qisqa salom-alikdan so‘ng dabdu-rustdan: — Seni kim yubordi? — deb so‘radi. — Xongirey, — dedi Selim. — Sizga aytishmadimi? — Yo‘q. Xongirey bilan qanaqa aloqang bor, sening? — Aka-ukachiligimiz bor, — dedi Selim faxr bilan. Hozir u kechagina Xongireyning huzurida pusib, qaltirab turgan Selim emas, balki o‘zidan bir necha pog‘ona pastdagi tobedan lutfini darig‘ tutmay gaplashayotgan xoja martabasidagi odam edi. «Vaqti kelsa burgani ham taqalab bera olaman», deb o‘ylovchi Selim yolg‘on gapi bilan Kesakpolvonni jilovlab olmoqchi edi. Kesakpolvon «qanaqasiga aka-ukasan, Hosil «pisht» desa dumingni qisib turishingni bilmasmidim, Akademikning do‘pposlaganini eshitmaganmanmi?» deb maydalashib o‘tirmadi, Selimning gapiga ishonganday bo‘lib: — Xongireyni qachon ko‘ruvding? — deb so‘radi. — Uch kun avval. «Demak, Asad bormasidan oldin ko‘rishgan. Bu hech nima bilmaydi», deb o‘ylagan Kesakpolvon Selimni sinayotgandek tikilib turib so‘radi: — Xongirey nima uchun seni menga yubordi? Men kichkina bir odam bo‘lsam. Bu yerlarning xo‘jayini bor? — Sababini Xongireyning o‘zidan so‘raysiz. Mening bilganim shuki, bu tomonlar endi Xongireyniki. Boshqalarning tishi o‘tmaydi. Men uning vakiliman. Siz bilan birga katta ishlar qilishimiz kerak. Endi tirikchilik boshqacharoq bo‘ladi. — Tirikchilik, degin... Eshitgandirsan, bitta odam majlisda nasihat qilibdi: «Kasal bo‘lsangiz do‘xtirga uchrang, chunki do‘xtirlarning tirikchiligi bor. Do‘xtir yozib bergan dorini albatta sotib oling, chunki dorifurushlarning ham tirikchiligi bor. Lekin bu dorilarni icha ko‘rmang, chunki o‘zingizning ham tirikchiligingiz bor». O‘sha majlisda go‘rkov ham o‘tirgan ekan, shart o‘rnidan turib: «O‘rtoqlar, bu odamning gapiga quloq solmang, o‘sha dorilarni albatta iching, chunki mening ham tirikchiligim bor», degan ekan. Selim kulib, iyagini qashigan bo‘ldi-da: — Go‘rkov boshqalarning hisobidan tirikchilik qilib turar. Bizning ishimiz katta bo‘ladi. Limonad sotib yurish joningizga tegmadimi? — dedi. Bu luqma Kesakpolvonning g‘ashini keltirdi: — Sen bola, aqling yetmagan ishlarga aralashma! Kesakpolvon bu gapni xuddi Asadbek kabi qoshlarini chimirgan holda, zarda bilan aytdi. Xongirey besh boshli ajdaho bo‘lsa, endi bitta boshi menman, deb o‘ylayotgan Selimga bu zarda ta’sir etmadi. Xotirjam tarzda: — Siz bugun Xongireyga qo‘ng‘iroq qilib, kelganimni aytib qo‘ysangiz bas. Men «Leningrad» mehmonxonasida turibman. Bo‘sh bo‘lsangiz o‘ting, bir oshiq tashlaymiz, — dedi-da, o‘rnidan turdi. U chiqib ketgach, xontaxta ostidan telefonni olgan Kesakpolvon Moskvadagi Xongireyning qarorgohi raqamlarini terdi. Xongireyning o‘rniga Mamatbey gaplashib, Selimning gaplarini tasdiqladi. Kesakpolvon qo‘g‘irchoqqa aylanganini anglab, peshonasini tirishtirdi. Qozi bilan bir oz maishat qilib, yuragi siqildi. U Asadbekni yo‘lidan olib tashlab o‘zlari yaratgan olamga tanho hukmronlik qilmoqchi edi. Oqibat nima bo‘ldi? Avvalgi martabasidanda pastlab ketmadimi? Har holda «Asadbekdan keyingi ikkinchi odam», degan nomi bor edi. Endi-chi? «Xongireyning yugurdagi» degan unvonga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling