1. Ulug’bek 1394 yilning 22 martida Eronning g’arbidagi Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U shohruh Mirzoning to’ng’ich o’g’li bo’lib, unga Muhammad Tarag’ay ismi berildi
Download 19.62 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Didaktikaning predmeti, funktsiyalari va vazifasi.
1. Ulug’bek 1394 yilning 22 martida Eronning g’arbidagi Sultoniya shahrida bobosi Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishi paytida tavallud topdi. U SHohruh Mirzoning to’ng’ich o’g’li bo’lib, unga Muhammad Tarag’ay ismi berildi. Lekin uni bobosi alohida mehr bilan «Ulug’bek» deb atayvergani uchun uning asosiy ismi Ulug’bek bo’lib qoladi va jahonga ana shu nom bilan shuhrat tarqatadi. Ulug’bekning otasi SHohruh Amir Temurning uchinchi o’g’li bo’lib, Xuroson hukmdori, ma’rifatli, ilm-fanga qiziqqon shoh edi. Onasi Gavharshodbegim ham o’z davrining oqila, bilimdon ayollaridan hisoblanardi. ...«Taqdir bu ulug’ zotning zimmasiga behad ulkan va mashaqqatli vazifalar yukladi. Buyuk sarkarda amir Temur bunyod etgan saltanatning vorisi bo’lishdek mislsiz sinov aynan unga nasib etdi». Ulug’bekning bolalik yillari bobosi Temurning harbiy yurishlarida o’tdi. Garchi Ulug’bek tug’ilganda bir oz zaif bo’lgan bo’lsa-da, harbiy yurishlar davrida chiniqdi. Amir Temur nabirasi Ulug’bekning o’tkir zehnli, aqlu farosatli bo’lganligi uchun juda sevardi. «Ko’zimning nuri, saltanatimning umidli niholi», deb erkalatardi. Biroq, Ulug’bek Mirzo nozik bo’lib o’sdi. Buning ustiga ko’p vaqtini kitob mutolaa qilish bilan o’tkazar, davlat ishlariga rag’bati yo’q ko’rinar edi. Ulug’bekning tarbiyasi bilan buvisi Saroy Mulk xonim shug’ullanib, sevimli nabirasiga o’quv-yozuvni o’rgatgani, tarixiy mavzularda hikoya va ertaklarni so’ylab bergani uning hayotida o’ziga xos maktab bo’ldi. 1405—1411 yillarda, o’sha davrning qonun-qoidalariga binoan amir shoh Malik yosh mirzoga otabegi bo’lib tayinlangan. Otabegi Ulug’bekka asosan harbiy va siyosiy tarbiyadan ilm o’rgatgan. O’rta asrlardan saqlanib qolgan kitoblarda ma’lum bo’lishicha, saltanatga vorislar davlatni boshqarishda muayyan tartib-qoidalar bayon qilingan qo’llanmalar asosida tayyorlangan. SHulardan biri SHahzodalar va Xonzodalar bilishi zarur bo’lgan «Suluk ul-muluk» (Podshohlarga qo’llanma) kitobidir. Ulug’bek ham an’anaga ko’ra mazkur kitobni mukammal o’rganar va unda ko’rsatilgan davlatni idora qilish san’ati — turli lavozim egalarini tayinlash, soliq to’plash, ruhoniylar, mansabdorlar hamda boshqa yurtlardan kelgan elchilarni qabul qilish, xayru sadaqa berish kabi tartib-qoidalar bo’yicha ko’nikmalarni egallaydi. Ulug’bek yoshligidan ko’p kitoblarni mutolaa qiladigan bo’lib, u ayniqsa, matematika, astronomiya ilmlariga qiziqdi. U bobsining xos munajjimi mavlono Badriddin bilan ko’p vaqtini o’tkazar, undan hisob va taqvimdan dars olar, ba’zi kechalari, qor tinib osmon yorishgan paytlarda yulduzlarning o’rni va harakatini kuzatish bilan mashg’ul bo’lar edi. Taniqli olim Bo’riboy Ahmedovning ma’lumotlariga ko’ra mavlono Badriddin Samarqandda bo’lgan vaqtda Ulug’bekni Ko’ksaroydagi xos kutubxonasiga boshlab borib, kutubxonaga yangi kelib tushgan Abulqosim Firdavsiyning «SHohnoma»sini ko’rsatadi. SHu yerda mavlono Badriddin Ulug’bekka alloma al-Farg’oniy tarafidan bitilgan «Kitob fi javome’ ilm an-nujum va usul al harakat as-samoviya» («YUlduzlar haqidagi ilm bilan osmon yoritkichlari harakatining asosini (bir-biriga) qo’shuvchi kitob»)ni ko’rsatadilar. SHunday qilib, Ulug’bek bolalik yillaridayoq mavlono Badriddin Tusiy, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayyom kitoblari bilan hamda Oqsulot va O’trorda «Ziji Malikshohi» bilan tanishdi. Fanga bo’lgan zo’r muhabbati, katta qobiliyati va mehnatsevarligi tufayligina Ulug’bek astronomiya maktabining asoschisi va rahbari sifatida ajoyib muvaffaqiyatlarga erisha oldi. Bu maktab butun dunyoda hamma tomonidan e’tirof etildi, shuhratga sazovor bo’ldi. Zo’r qobiliyat, o’tkir xotira va asta-sekin bilimlarni to’plash shunga olib keldiki, Ulug’bekda fanga qiziqish va intilish rivojlana bordi. Ulug’bek bilimlarini tinmay chuqurlashtirishi va o’z ustida muntazam ravishda ishlashi natijasida o’zining ko’pgina zamondoshlaridan o’zib ketdi. SHunday qilib, oldin o’tgan ajdodlar — Markaziy Osiyodagi qadimgi xalqlarning madaniy merosi Ulug’bek bilimlarining asosiy manbai bo’ldi.
2.
Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o’rgatuvchi”, «didasko» esa – “o’rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolar)ni o’rganuvchi fan. Bu so’z 1613 yili Germaniyada nemis pedagogi Volfgang Ratke (1571-1635 yillar) tomonidan kiritildi. Bu tushunchani shunga o’xshash usulda buyuk chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” nomli mashhur asarida tilga oladi. Lekin Komenskiy “didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko’rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so’z yuritadi.
Hozirgi davrda didaktika o’qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo’yicha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud. Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o’rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o’qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo’yicha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlicha bo’lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog’liq. Ko’pchilik olimlar ta’lim ob’ekt deb o’qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko’rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatini tashkil etishda o’qituvchi - o’quvchi, o’quvchi – o’quv materiali, o’quvchi - boshqa o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy hisoblanishi kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o’quvchining o’quv materialiga bo’lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o’rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko’p. Darhaqiqat, o’qish, o’rganishi ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologiya nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o’rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o’quvchi va o’qituvchi) o’rtasidagi munosabatlar yetakchi o’rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktikaga ta’limning mazmunli va jarayonli jihatlarini birgalikda o’rganish xosdir. Amaliyotni qayta tashkil etish va takomillashtirish masalalarini nazarda tutgan holda didaktika ta’limni faqatgina o’rganish ob’ekti sifatidagina emas, balki ilmiy asoslangan loyihalashtirish ob’ekti sifatida qaraydi. Umumiy didaktikaning predmeti dars o’tish (o’qituvchi faoliyati) va bilim olish (o’quvchining o’rganish faoliyati)ning o’zaro bog’liqligi va aloqadorligi hisoblanadi. Didaktikaning vazifalari quyidagilardan iborat: - ta’lim jarayonlari va ularni amalga oshirish shartlarini ta’riflash va tushuntirish; - ta’lim jarayonini yanada mukammal tashkil etish, ya’ni, ta’lim tizimlari va texnologiyalarini ishlab chiqish; - ta’lim jarayoni uchun xos bo’lgan umumiy qonuniyatlarni aniqlash, omillarini tahlil qilish va ta’riflash. Didaktika nazariy va bir vaqtning o’zida me’yoriy-amaliy fan. Didaktikaning ilmiy-nazariy vazifasi ta’limning mavjud jarayonlarini o’rganish, uning turli jihatlari o’rtasidagi bog’liqliklar, ularning mohiyatini ochib berish, rivojlanish tendentsiyalari va kelajagini aniqlashdan iboratdir. O’zlashtirilgan nazariy bilimlar ta’lim amaliyotini yo’naltirish, ta’limini jamiyat tomonidan qo’yilayotgan ijtimoiy talablarga muvofiq takomillashtirishga imkon beradi. Ta’lim mazmunini anglab olish, ta’lim tamoyillari, ta’lim metod va vositalarini qo’llash me’yorlarini aniqlash asosida didaktika amaliy-me’yoriy hamda tashkiliy-texnologik vazifani bajaradi. 3.
Tаkt аhlоqiy tushunchа bo’lib, u insоnlаrning o’zаrо munоsаbаtlаrini muvоfiqlаshtirish, tаrtibgа sоlish, insоnpаrvаrlik g’оyalаrigа аsоslаngаn bo’lib, аndishаli hulq, hаr qаndаy ziddiyatli vаziyatlаrdа hаm insоn hurmаti sаqlаnib qоlishini tаlаb qilаdi. Hаr bir insоndаn, аyniqsа o’qituvchidаn аndishаli bo’lish tаlаb qilinаdi. Bоshqаchа qilib аytgаndа, pеdаgоgik tаkt bu o’qituvchining tа’lim оluvchilаr оldidа o’zini tutishni bilishi, tа’lim оluvchining hоlаtini, intilishlаri, qiziqishlаrini tushunа оlishi vа eng sаmаrаli tа’sir yo’lini tоpа оlishidir. Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak. O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur etkazishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar, ko‘pincha, dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi uchun juda zarurdir. SHundаy qilib, pеdаgоgik tаkt bu o’qituvchining tа’lim оluvchilаrgа nisbаtаn аmаlgа оshirаdigаn tа’sirining mеzоnidir. Jamoaning rasmiy (ishchanlik) va norasmiy (hissiy) tuzilishini bir-biridan farqlash lozim. Jamoaning rasmiy tuzilishi deganda jamoa faoliyatining turli ko’rinishlarini amalga oshirish uchun zarur bo’ladigan tashkiliy jihatlari ko’zda tutiladi. Mazkur jihat bir tomondan jamoa a’zolari o’rtasida yuzaga kelgan ishchanlik munosabati mazmunini ifoda etsa, ikkinchi tomondan, rahbarlik vazifasini bajaruvchi shaxslar tomonidan jamoa a’zolarining xatti-harakatlari va intilishlarini muvofiqlashtirish yo’lida tashkil etilayotgan boshqaruv faoliyati mohiyatini yoritishga xizmat qiladi. Norasmiy tuzilma jamoaning barcha a’zolari o’rtasidagi shaxslararo ma’naviy-psixologik munosabatlarning umumiy tizimi va mikroguruhni tashqil qiluvchi ayrim a’zolar o’rtasidagi tanlash munosabatlari mazmunini ifodalaydi. Jamoaning har bir a’zosi mavjud munosabatlar tizimida u yoki bu o’rinni egallaydi. O’quvchining jamoadagi o’rni uning shaxs sifatida shakllanishi va kamolotga erishishiga muhim ta’sir ko’rsatadi. Maktab yoki sinfdagi rasmiy va norasmiy tuzilmalar bir-biriga muvofiq bo’lganda, jamoaning rasmiy yetakchilari norasmiy munosabatlar tizimida ko’zga ko’ringan o’rinni egallagan holdagina u chinakam jamoa bo’la oladi. Shuningdek, norasmiy guruhlar (mikroguruhlar) umumjamoa ijtimoiy manfatlari uchun kurashuvchi guruhlar bo’lgandagina jamoa o’zini chinakam jamoa tarzida namoyon etishi mumkin. Jamoaning shakllanish bosqichlarini belgilash shartli hisoblanadi, zero, jamoaning shakllanishi muayyan chegara yoki oraliqqa ega emas. Shunga qaramay o’qituvchiik nuqtai nazardan jamoaning shakllanishini muayyan bosqichlarga ajratish juda muhimdir. Bolalar jamoasini ma’lum rivojlanish bosqichlarga ajratish alohida ahamiyat kasb etadi. Bolalar jamoasi rivojlanishining har bir bosqichi jamoa a’zolariga nisbatan samarali o’qituvchiik ta’sir ko’rsatishning maqbul shakl va metodlarini tanlash imkonini beradi. Download 19.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling