Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
130 Hamshira boya tashlab ketilgan qaynatmani isitib ichirayotgan edi. Shu damda Zaynab erini undan-da qiz-g‘andi. Hamshirani chiqarib yuborib, sho‘rvani chetga surib qo‘ydi-da, erini dimlama bilan siyladi. Elchinning ovqatlanishidan ko‘ngli joyiga tushdi. Zaynab lablarini artib qo‘yayotganida Elchin o‘zi ham kutilmaganda «rahmat» dedi. Past ovozda aytilgan bu so‘z Zaynabning quloqlariga ajib bir rohatbaxsh jarang bilan urildi. Keyin kelganida ham aytildi bu so‘z. Undan so‘ng esa eri duduq bola kabi tilga kirib, «Zaynab... ke-chiring...» dedi. Shundan so‘ng Zaynabning saodat yulduzi chekinmoqdan to‘xtab, baxtiyorlik osmonida charaqlay boshlagan bo‘ldi. Onasi, kelin ayalari kelishganda erining taqdiridan so‘z ochmadi. Manzura «Ering ko‘rinmaydimi?» deb so‘raganida «sal toblari yo‘qroq», deb qo‘yaqoldi. Manzura kuyovining qanday xastalik bilan og‘riganini surishtirmadi. Cho‘g‘ tegib qovjiragan soch tolasiday bo‘lib qolgan qizining ko‘rinishi uni tashvishlantirdi. «O‘zing tuzukmisan? deb bag‘riga qayta-qayta bosdi. Zaynabning kulimsirab «Yaxshiman, oyi», deyishidan xavotiri bosilib «balki boshi qorong‘udir», deb gumon qildi. Bu nurli gumon xufton dilini yoritib, «eson-omon qutulib olishini» Xudodan so‘radi. Bulutlar bilan olishib charchagan quyosh ufqqa umidsiz ravishda bosh qo‘ydi. Zaynab, tabiat odatiga xilof bo‘lsa-da, bu safar quyoshning botmasligini, shom, so‘ng xufton kirmasligini istardi. Chunki shom kirishi bilan yo‘qlovchilarning qadamlari uziladi. So‘ng esa shirin so‘zlari, shiringina jilmayishlari bilan Zaynabning xufton ko‘nglini yoritayotgan kelinlar hordiq chiqarmoq uchun uy-uylariga kirib ketadilar. Shunda... Zaynab onasi bilan yolg‘iz qoladi. Uzoq vaqt diydor ko‘rishmagan, har daqiqasi sog‘inch azobi bilan o‘tayotgan ona bilan qizning yolg‘iz qolishlari odatda saodat hisoblanadi. Agar onasi yo‘qligida shum ko‘rgiliklar balchig‘idan o‘tmaganida balki Zaynab uchun ham shunday bo‘lardi. Bu kech esa onasi bilan yuzma-yuz o‘tirish baxtni emas, ruh azobini va’da qilardi. Shubhasiz, onaning sezgir nigohi farzandu arjumandining ich-ichini kemirayotgan dardni payqaydi. Dardga ro‘para qilgan sababni bilmoqni istaydi. O‘shanda Zaynab nima deb javob beradi? Mardonaning makriga uchraganinimi yo otasiga sharmandali holda ko‘ringaninimi? Yo otasining arqondan sirtmoq yasaganinimi? Balki Mardonani o‘ldirish qasdida borib, uddasidan chiqolmaganini bayon qilib berar? O, yo‘q! Ona qiz uchun eng yaxshi hamroz bo‘lsa-da, dard daftarining bu qora sahifalari unga ochilmaydi. Bu sirni biluvchilardan to‘rttasi tuproq ostida yotibdi. Endi zaqqum daraxtining mevasidan ham achchiqroq bo‘lmish g‘am bolini faqat ota-bolagina baham ko‘radi. To so‘nggi nafaslariga qadar o‘lchab qo‘yilgan bu g‘am boliga Manzuraning sherik bo‘lishini Asadbek ham, Zaynab ham istashmaydi. Zaynab Elchin tomonidan o‘g‘irlanib, uyga tashlab ketilgach, nima voqea yuz berganini onasiga necha yuz ming azob bilan zo‘rg‘a aytgandi. U voqea qiz uchun sharmandali bo‘lsa-da, Zaynabning aybi yo‘q edi. Shunda ham bir necha so‘zni aytguncha qizning tili go‘yo cho‘qqa aylanib, kuygan edi. Endi-chi, endi qanday aytadi?.. Sirtmoq yasab, tashlab chiqqan otasi qaytib kelib, uni bag‘riga bosgan, bu bilan gunohidan o‘tganini ma’lum qilgan bo‘lsa ham, Zaynab o‘zini o‘zi kechirolmas edi. Uzoq yillar Kumush bo‘lishni orzu qilgan qiz, so‘ng esa kitobdagi Zaynabdan ham battarroq ahvolga tushgan baxtsiz juvon o‘z taqdirining tushunuksiz satr-laridan hayronu lol qolardi. «O‘layin desam o‘lim olmasa, hech bo‘lmasa Zaynabga o‘xshab aqldan oza qolmaymanmi?» deb o‘ylardi. Keyin... uning siniq ko‘ngli bir toshga duch kelishni istadi. Toshga qarab: «Yorilgin tosh, yoriltoshim yorilginey, men bag‘ringda panoh topayin», desa-yu, tosh uning iltijolariga chiday olmay yorilsa-da, yoriltosh quchog‘iga kirib, o‘tkinchi dunyo o‘tgunicha unda qolib ketsa... Yoshlik sururi tuproqqa qorilgan, Kumushbibi emas, «Tuproqbibi» «martabasi»ga yetgan juvon endi bolalik umidlaridan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling