Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
121 qorong‘usida kirib-chiqish ham ayb, degan tushuncha Asadbekda yo‘q bo‘lgani uchun «xalq dushmanining uyiga kirishga qo‘rqdilar», deb o‘yladi. O‘shandan so‘ng Shorasul aka xuddi urush yillaridagi kabi har kuni kelishni odat qildi. Faqat avvalgilardek kunduzi emas, shom qorong‘usida rov kelib-ketardi. «Toychoq, qalaysan?» deb boshini silab qo‘yardi. Odamlardan yashirincha berilayotgan bu mehr bolaning o‘ksik ko‘ngliga mal- ham bo‘la olmas edi. Shorasul aka har yili farzand ko‘rardi-yu, biroq, unga baxt va’da qilib dunyoga kelgan go‘dak bir-ikki oygina yashab, ota-onasini hijron oloviga tashlab ketardi. Faqat to‘rtinchi qizi To‘xtaxon ismiga sodiq ravishda yashab qoldi. Yashashga yashadi-yu, ota-onasini kuydirib, qaritdi. Shorasul aka «qadrdon oshnalarimdan birining o‘g‘lini kuyov qilsam, kuyov emas, o‘g‘il bo‘lsa», degan niyatda yurganida oydek chiroy ochayotgan To‘xtaxon tushmagur bir milisa yigitga ko‘ngil qo‘yib, to‘ysiz, nikohsiz tegib olib, ota-onaning boshini egdi-yu, kuyov bolaning yurtiga jo‘nab qoldi. Shorasul akaning xotini bu isnodga chiday olmadi, shu egik boshi bilan armonli dunyoni tashlab ketdi. Xudo bu ayolning rahmini yedi, isnod olovida kuyib yashash azobi esa Shorasul akaga nasib etdi. Yigirma yilning nari-berisida u yolg‘iz yashadi. Asadbek bilan Jalil uylab qo‘yishga harakat qilishsa ham u ko‘nmadi. Ba’zan achchiqlanib, bu taklifni rad etib, ba’zan esa «Hozirgi xotinlarga ikki qo‘lli er kerak, bir qo‘lli notavonni boshiga uradimi?» degan hazil bilan chap berdi. Uch yil ilgari Jalil ukasidan «Shorasul amaking yaxshi yuribdilarmi?» deb so‘raganida «Bir-ikki kundan beri ko‘rinmayaptilar» degan javobni eshitib «Ko‘rinmayotgan bo‘lsalar yo‘qlab qo‘ysang o‘lasanmi!» deb so‘kinib, xabar olgani uyiga kirgan edi. Uch kundan beri isitmalab, tuz totmay yotgan bu odamning tirikmi yo o‘lik ekanini dastlab bilmadi. Qo‘shnilardan gina qilganida ular «Qaydam, veteranlarning shifoxonasiga yotmoqchiydilar, o‘sha yoqqa ketgandirlar, deb o‘ylabmiz», degan bahona bilan o‘zlarini oqlashdi. Shundan so‘ng Jalil Asadbekni ishga solib, Shorasul akani ko‘ndirib, To‘xtaxonni ko‘chirtirib kelgan edi. Militsiyadagi xizmatidan haydalib, ishining tayini bo‘lma-yotgan kuyov bolani Asadbek Chuvrindining limonad tsexiga joylab qo‘ygandi. Boshqalarga nisbatan to‘rt baravar ko‘proq maosh oluvchi «kuyov bola» qaynotasining bir paytlardagi yaxshiliklari evaziga bu martabaga erishganini fahmlamasdi. Shorasul aka taqdirga tan berganday ko‘rinsa-da, qizi bilan ham, kuyovi bilan ham gaplashmasdi. Bir nima deyish zarurati tug‘ilsa nabiralari vositasida ayttirardi. Shorasul akaning bu odatlarini bilganlari uchun ham ular nabiraning yo‘qlab kelganidan ajablanishmadi. Shorasul aka hamishalik o‘rni — temir karavotda emas, xona o‘rtasida, qiblaga oyoq qilib yotqizib qo‘yilgan edi. Buning ma’nosini tushungan Jalil orqasiga o‘girilib, ostonada turgan To‘xtaxonga ajablanib qaradi. — O‘zlari aytdilar, — deb izoh berdi To‘xtaxon. Jon berayotgan odam yuzini qiblaga qaratib, ibodatini qilib olsin uchun shunday yotqizilishini bilmaydigan Asadbek bu holatga e’tibor bermadi. Shorasul akaning ko‘zlari ochiq, nafas olishi ham bir meyor-da — jon berayotgan odamga o‘xshamas edi. — Asad, keldingmi, toychoq bolam, — dedi u tetik ovozda. So‘ng Asadbek bilan izma-iz kirib kelgan Jalilga kulimsirab qaradi: — Ha, shalpangquloq, senam keldingmi? Ishqilib Xudo senlarni bir-birlaringdan ayirmasin. Shalpangquloq, bormisan, bu dunyoda? Yuz so‘mlik pulday yo‘q bo‘lib ketding-ku, a? Asaddan ginam yo‘q, uning ishi ko‘p. Sen salti- svoy odamsan, seni so‘ksam ham arziydi. — Nima bo‘lsa ham baloga qoluvchi Jalil-da, a? Bu toychog‘ingizni men yetaklab keldim. Oy chiqsa ham shunga chiqsin, kun chiqsa ham shunga, a? Bu qanaqa yotish, otaginam? — Bu yotishmi... Otalaringni sog‘indim. Yog‘och otga minib bi-ir yo‘lga chiqadigan bo‘lib turibman. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling