Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
94 Aytsa ham mayli, keyingi xatiga meni ham tiqishtiribdi. Sal qoldi urilib ketishimga. Bitta yulduzni, — Nozir pogoniga ishora qildi, — o‘shanda kamaytirishdi. Bu qiztaloqlar pichanga bog‘lab qo‘yilgan itga o‘xshashadi. O‘zlari ham yeyishmaydi, birovga ham bergilari kelmaydi. Xo‘ja-yinlar ham qiziq, uka, men aniq bilaman, oldingi katta xo‘jayinni shu odam shifolagan. Bu odamning yaxshi tabibligini hammalari bilishadi. Lekin baribir g‘alamis xat kelsa pitirlab qolishadi. «Xat ro‘yxatdan o‘tgan, chora ko‘rish kerak», deb buyruq beraverishadi. Shifo topgan ular-u, shu xat orqali baloga qolgan menman. Hozir davr shunaqa bo‘lib qolgan, uka, bilib qo‘ying. Ana endi ikkalamiz uch- to‘rt kun ko‘chada qoqqan qoziqdek o‘tiramiz. O‘tgan-ketganlar ichlarida so‘kadilarmi, har holda nima deyishsa deyishar. Basharamizga tupurib o‘tishmagani uchun do‘ppimizni osmonga otsak ham arzir. Uka, siz shu sohani tanlabsiz, bilib qo‘ying: mana shunaqa ishlar milisani odamlar ko‘ziga balo qilib ko‘rsatib qo‘yadi. Shu jamiyatning ishlariga ham qoyil qolmayman ba’zida. — Qoyil qolmasangiz ham shu jamiyatga xizmat qilyapsiz-ku? — Zohid shunday deyishga dedi-yu, notanish, sinalmagan odamning xafa bo‘lishi yoki achchiqlanishi mumkinligini hisobga olmaganini fahmlab, unga xavotir bilan qarab qo‘ydi. Baxtiga nozir ranjimadi, achchiqlanmadi ham, aksincha, yengil «uf» tortdi-da: — Tirikchilik shu bo‘lganidan keyin har qanaqa xizmatni qilaveramiz-da, — dedi. — Aslida men bu kasbni ishqiboz bo‘lib tanlamaganman. Harbiydan qayt-ganimda komsomol yuborgan. O‘qiy desam, uquvim yo‘q edi, biror hunarga ham qiziqmabman. Sizning yo‘rig‘igiz boshqa. O‘zingiz yaxshi ko‘rib, o‘qib kelyapsiz. Sizga o‘xshaganlar ko‘paysa mendaqalarga non qolmaydi. Hali uylanmagan g‘o‘r yigitga hasratini aytib borayotgan nozirning taqdiri yurib borayotganlari eski shaharning eski ko‘chalari kabi edi. Jin ko‘chalarning joni yo‘q — hademay buzilib, o‘rinlarida yangi yo‘l tushajagidan xavotirlanishmaydi. Nozirning taqdiri nochorroq... Jin ko‘chalardan o‘tib borayotgan Zohid o‘z taqdiriga oid bir masalani kashf etdi: o‘qishni tamomlagach, shunchaki bo‘sh bir o‘ringa kelmaydi. Balki xizmatni «tirikchilikda» deb hisoblovchi aynan shu odam o‘rniga ham kelishi mumkin. Shunda tirikchilik tashvishi bilan yurgan yana bir boshqa odam unga ola qaramaydimi? Bora-bora Zohidning o‘zi ham o‘zgarmaydimi? «Adolat uchun kurashaman!» degan shiorini tirikchilik libosi bo‘g‘ib tashlamaydimi? Vaqti kelib o‘rnini yosh yigitga bo‘shatayotganida uni qanday his chulg‘aydi: «Xudoga shukr, adolatga yetishdim», deydimi yo shu odam kabi «tirikchilik ekan-da, uka», deb xo‘rsinadimi? Yoki «yana uch yilgina bo‘shatmay turishsa uyning chalasini bitkazib olib, o‘g‘limning to‘yini ham o‘tkazib, qutular-dim-a», deb afsuslanarmikin? Bozordan o‘tib, tramvay saroyining orqa tomonidagi ko‘chaga burilishganida nozir Temirov: — Shu muyulishga kapa tikib o‘tiramiz. Chapdan ikkinchi eshik Moshtabibniki, — dedi. — Uylariga kirmaymizmi? — deb so‘radi Zohid. — Nima qilamiz kirib? — Nozir ajablanib Zohidga qaradi. — «Tabiblikni yig‘ishtiring», deyishimiz kerakmi? Vazifamiz shunaqami? — Vazifa-ku, shu. Lekin kirmaymiz. Eng muhimi — shu yerda qoqqan qoziqdek turishimiz kerak. Xat yozgan g‘alamislar formali odamlarni ko‘rishlari shart. «Xatim inobatga olinibdi» deb quvonishsin. Besh-o‘n kun tinchib o‘tirishadi. Xo‘jayinlar ham «chora ko‘rildi» deb hisob berishadi. Keyingi xat yozilib, kerakli joyga borib tushguncha biz ham dam olvolamiz. Shu paytda ular yaqinidan yashil «Jiguli» o‘tib, tabibning eshigi ro‘parasida to‘xtadi. Mashinaning old o‘rindig‘idan tushgan yigit orqa eshikni ochib, yoshi o‘tgan ayolga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling