Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
bormoqchimisan? 
— Fu! — Xotin shunday deb labini burdi. — Sto raz borganman o‘sha Leningradingizga. 
Vaabshe menga yoqmaydi u shahar. 
Leningrad yoqmasa, ana, Yaltaga bor. 
— Yaltaga? Hozir? Vы chto, adasi ustimdan kulyapsizmi? 
— Ustingdan kulmay, tagingdan kulaymi? — Kesakpolvon shunday deb yana oyog‘i bilan 
turtdi: — Bo‘pti, nima deysan? 
— Mejdu prochim, Oysanamxon Yaponiyaga ketayotganmishlar. 
— Oysanamxoning kim bo‘ldi? 
— Kak kim bo‘ldi? Eri o‘ldi-ku? Nachalnik taksoparkmidi? Nu vot, eri bo‘lmasayam 
ketyapti Yaponiyaga. 
— Senga qiyin bo‘pti-da, a? Ering bo‘lsayam o‘tiribsan Yaponiyaga bormay. 
— Siz... izdevatsya qilmang. Vot, Poshsha opam ham yuribdilar Germaniyada mazza 
qilib. Birga yuborsayiz bo‘lardi, har holda chujoy emasmiz-ku? 
— Jinnimisan! — Kesakpolvon endi qattiqroq tepdi. — O‘zi taklif qilmasa, «xotinimni billa 
olib keting», deb yalinamanmi? Borging kelib, ichaging uzilay deb turgan bo‘lsa, ana, 
boraver. 
— Unda, mayli, Germaniya podojdet. Yaponiyaga birga boraylik. Odamlar zavistdan 
kuyib ketsin. 
— Nima? Birga boraylikmi? Endi qilmaganim Yaponiyada bir qop go‘shtni yetaklab 
yurishim qoluvdi. 
— Nima? — Xotin Kesakpolvonning sonini chimchilamoqchi bo‘ldi. — Shu meshok 
go‘shtni, mejdu prochem, o‘zingiz yaxshi ko‘rib olgansiz. 
— Ha... unda do‘mboqqina eding-da. Bo‘pti. Gapni qisqa qil. Yaponiyaga borasanmi
undan narigami, boraver. Boshimni qotirma! 
Er-xotinning shirin suhbati yakun topganini bilgandek, yozuv stoli ustidagi telefon 
jiringladi. Bu xonadonda ikkita telefon bo‘lib, mazkur raqam faqat yaqin odamlargagina 
ma’lum edi. Shu sababli Kesakpolvon o‘rnidan turib, go‘shakni o‘zi ko‘tardi. Kimning-dir 
gaplarini eshitib, bilagidagi soatga qaradi-da «yaxshi» deb go‘shakni joyiga ildi: 
— Ana, Xizrni yo‘qlasang bo‘larkan, Poshsha opang kelyapti. 
— Kelinlari bilanmi yo bir o‘zlarimi? 
— Buni kelganida o‘zidan so‘raysan. 
— Voy, interesnosiz-a, yesli kelinlar bilan kelsalar, mayda-chuyda qilishim kerak-ku? 
Mayda-chuydangni tayyorlayver, baquvvatroq tayyorla, qo‘ling qaltiramasin. 
Xotini chiqdi-yu, dam o‘tmay iziga qaytdi: 
— Sizni ko‘chada so‘rashayotganmish, — dedi nozliroq ohangda. 
— Kim ekan? 
— Mejdu prochem, bir yosh xotinmish. 
— Xotin bo‘lsa yaxshi, — Kesakpolvon shunday deb kerishdi-da, ovoz chiqarib esnadi. — 
Yur, senam. 
— Men nima qilaman? — dedi xotini ajablanib. 
— Ko‘rib qo‘y. Xotinlikka nomzodlardan bittasidir-da. Uylansam ham senga yoqadiganiga 
uylanaman. Yana yotgan yeringda «Voy, savil, kelib-kelib shuni oldingizmi, undan ko‘ra 
o‘zim sto raz yaxshimasmidim», deb sasib yotmagin. 
— Vuy, vaabshe neterpimo bo‘lib ketyapsiz, — Xotin shunday deb mushtimini qisdi-da
po‘pisa qilib, orqasiga chekindi. 
Kesakpolvonni ayvonda kutib turgan yigit Xumkallaning xotini kelganini aytib baloga 
qoldi. Xo‘ja-yini unga eshakka qanday qarindoshchiligi borligini ma’lum qilgach: 
— Yo‘qlar, devormaysanmi? Qanaqa qalang‘i-qa- sang‘i kelsa qo‘yaverasanmi? — dedi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling