Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
89 chog‘ida eshik ochilib, yuzini burishtirgan Monika ko‘rindi. — Papul, ketaveraymi? — dedi u ostonada turganicha. Arazchi qizining cho‘chchaygan lablariga ko‘zi tushgan Kesakpolvonning qahri bir oz yumshab: — Leningradgami? — deb so‘radi. — Uyimga! — dedi Monika po‘pisa ohangida. — Mejdu prochem, biza ko‘chada qomaganmiza. I slava bogu, uyimiz bor. Prosto silaga skuchna bo‘lmasin, deb kelamiza. Endi skuchat qilsangiz o‘ziyz borib ko‘rasiz. — Obbo, bo‘ldi, shunga ham arazmi? Oying seni garmdorining ustiga tuqqan-da, a, asalim, — Kesakpolvon turib kelib qizini yonog‘idan o‘pdi. — Postoronniy odamni oldida prosto unijat qilib yuborasiz. — Hazillashdim, qizim, hazillashdim. Postoronniy yo‘q-ku, bu uyda. Gogikmi? U ham o‘zimizniki hisob. Hazilimni tushunadi. — Leningrad nima bo‘ladi? — Oying bilan maslahatlash, bilganlaringni qillaring. — Mersi, papul, — qizi shunday deb erkalanganicha uni o‘pdi-da, quvnoqlik bilan iziga qaytdi. Kesakpolvon qizidan faqat «xo‘p» deb qutilishi mumkinligini yaxshi bilgani uchun ham tezgina taslim bo‘la qoldi. Qizini birov emas, o‘zi erkalatib o‘stirdi. Bu o‘rinda «tarbiya qildi», demoq nojoiz. Chunki otadan yaxshi tarbiya ko‘rgan qiz bunday bo‘lmas. Kesakpolvon «Nima uchun men emas, falonchi kuchayib ketyapti?» «Nima sababdan falonchi mendan boyroq?» deb o‘zini savolga tutardi. Biroq, hech qachon «nimaga falonchining farzandi unaqayu, meniki bunaqa?» degan savolni xayoliga ham keltirmagan. Bunaqa qarta o‘ynab o‘tirishganini endi ko‘ribdimi, hozir kayfiyati chatoqroq bo‘lgani uchungina baqirdi. Qizining sartarosh bilan Leningradga borishi ham uning uchun ahamiyatsiz bir narsa edi. Agar kayfi chog‘ paytda bu yangilikni eshitganda «Ie, zo‘r-ku, albatta borish kerak», demog‘i shubhasiz edi. Kesakpolvon divanga cho‘zilib, yotgan yerida kerishdi. U shiftdagi naqshlarga, devorga chizilgan gullarning rasmiga qarab yotishni yaxshi ko‘rardi. Nomdor naqqoshni topdirib kelib ishlatishga pulni ayamagan edi. Naqqosh ayniqsa ro‘parani shunday bezaganki, begona odam ming tikilsin, devor orasida po‘lat sandiq borligini ilg‘ay olmaydi. Po‘lat sandiq ichida nimalar borligi faqat Kesakpolvonning o‘zigagina ma’lum. Bundagi boylik nevaralarining yeb-ichishi, o‘ynab-kulishigacha yetib ortadi. Po‘lat sandiq to‘lgan, lekin ko‘z to‘ymaydi. Asadbek qizi o‘g‘irlangan kezlari ma’yus ohangda «Topgan-tutganlarimiz nevara- chevaralarimizga ham yetib-ortadi. Bizga yana nima kerak?» deganida Kesakpolvonga bu gap erish tuyulgan edi. «Bizga yana nima kerak? Bu dunyoda nima deb yuribmiz o‘zi? Boy bo‘lmasang birov seni odam o‘rnida ko‘rmaydi. Xudo berib turganida to‘playversang-chi! Nevara-chevarangga yetadimi-yo‘qmi, hisoblab nima qilasan? Hisoblaganing sa-yin baraka qochadi...», degan xayol bilan xojasini tentakka chiqargan edi. «Hisoblab nima qilasan», degani bilan uning o‘zi po‘lat sandiq ichidagilarni sanab turishni yoqtiradi. Sanayotganida barmoqlari yayraydi, yuragiga esa g‘alati bir quvvat oqib kirganday bo‘ladi. Hozir ham turib sanagisi keldi. Biroq, yon xonada odamlar borligini eslab, bu rohatbaxsh yumushni ke-yinga qoldirdi. Devordagi gullar rasmiga tikilib yotgan chog‘ida Asadbekning «Bizga yana nima kerak?» degan gapi yodiga tushdi. «Agar tirik qaytsang, nevara-chevarangga yetadigan boyliklaringni ye-eb yotaverasan. Oliftagarchilik qiluvding, mana, Xudo beraridan qisdi. O‘lmay qaytganing ham durust oshnam, boylikning qadriga yetasan. Xongirey joningni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling