Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
85 Asadbek «Dayusning bolasi kim?» degan ma’noda qarab qo‘ydi. — Xumkallani aytaman. Kecha ham ko‘rinmadi. Uyiga bola yuboruvdim, milisa ham surishtirib kelganmish. Bir ishkal chiqardimi deyman. Sen ish-pish buyurmovdingmi? Asadbek bu savoldan ajablanganday a’yoniga tikildi. Uning gumoni bo‘yicha, agar Mahmudni Kesakpolvon o‘ldirtirgan bo‘lsa, begonaning emas, o‘z yaqinlaridan birining qo‘li bilan qiladi bu ishni. Bunaqa ishda qotil — asosiy guvohning yashamog‘i mumkin emas, sirni o‘zi bilan birga narigi dunyoga olib ketishi shart. Kesakpolvon tag‘in ham marhamat qildi — Xumkallaga yana bir kun yashashga imkon berdi. Qotil yo‘qotilgach, izini ham yopish kerak. Milisa «KamAZ»ning haydovchisini ertalabga qolmay topib, qamab qo‘ygan. Bo‘kib ichgan haydovchi mastlikda «KamAZ»ni kimga, necha shisha aroq evaziga sotib yuborganini eslolmadi. Xumkalla milisaga kerakmas, uning o‘ligini ham, tirigini ham qidirishmaydi. U Asadbekka kerak. Qotilning xojasi bo‘lmish Kesakpolvon buni bilmaydimi? Baloni ham biladi u. «Xumkallaning izini yo‘qotish uchun shu nayrangni o‘ylab topdimi? — deb o‘yladi Asadbek. — Mening kavlashtirishimni biladi, bu xunasa. Xumkallaning uyiga milisa yubortirib ishni puxtalab qo‘ygandir... Qiziq, bu ilgari ham bez bo‘lib qarab turarmidi yo endi shunaqa bo‘lib qoldimi?» Asadbek a’yoniga bir oz tikilgach, afsuslangan odam kabi uf tortib, bosh chayqadi-da: — Bollaring bebosh bo‘lib ketdi. Jilovni ja-a bo‘sh qo‘yvording, — dedi. Kesakpolvon ham afsuslangan odam kabi iyagini kafti bilan silab: — Men emas, — dedi. — Bek, xafa bo‘lmagin-u, Mahmud bo‘sh qo‘yvordi. Mayli, yer yetkazmasin-u, lekigin, ko‘ngli bo‘sh bo‘lib qoluvdi ukaxonning. Senam sezmay yurding, bir ish buyursang oxiriga yetkazmasdi. Men bilardimu, jahling chiqmasin, deb aytmasidim. Ukaxon shu Xumkallaga do‘xtirni qurit, deb topshirgan ekan, — Kesakpolvon shunday deb Asadbekka sinovchan boqdi. Xojasining yuzlarida o‘zgarish sezmagach, osoyishta ohangni o‘zgartirmagan tarzda davom etdi:— Xumkalla o‘ldirmabdi o‘sha do‘xtir bolani. — Bu gapdan so‘ng Asadbekning qoshlari xiyol chimirildi. Kesakpolvon buni sezmagan kabi gapidan to‘xtamadi: — Uni yashirib qo‘yibdi. O‘zim ham bugun bilib qoldim. — Kimdan eshitding? — deb so‘radi Asadbek yuzini teskari burib. — Tolmas aytdi, — dedi Kesakpolvon. — Tolmasing kim? — Choyxonadagi qozimiz bor-ku, o‘sha. Maishat ustida Xumkalla yorilibdi-da, yarim kechada mayda-chuyda qilib borishibdi o‘sha do‘xtir yashirinib yotgan joyga. Nima qilay, bolalarga aytaymi, do‘xtirni tinchitib kelishsinmi? — Yo‘q, — Asadbek shunday deb yana unga qaradi. — Tegmalaring. Bo‘ldi, yashirinmasin. O‘tgan gap o‘tdi. Ishini qilib yuraversin. Asadbekni kuzatib kelayotganida Kesakpolvon mana shularni bir-bir esladi. Xojasiniing tikilib qolishi, qoshlarining bilinar-bilinmas chimirilishi, yuzini teskari burib olishi... bularning barchasi uning xotirasiga muhrlangan edi. Salkam qirq yildan beri yonida yurgan odam xojasining tik qarashi, qoshlarining chimirilishi va oqibat yuzlarini burib olishi sababini bilmas ekanmi? Asadbekka «O‘qilon» degan laqabni Kesakpolvonning o‘zi bergan edi. «Sen chaqmaysan-u, lekin tovondan teshib kirib, miyani o‘pirib chiqib ketasan», degan hazil bilan boshlangan gap oqibatida Asadbekka «O‘qilon» degan nom tojini kiydirgan edi. Chuvrindi ularning bag‘ridan issiq makon topgan dastlabki haftalarda bu laqabdan ajablanib: — «Kobra» deyilgani yaxshimasmidi, yo «Anakonda»mi?.. — deb so‘raganda Kesakpolvon: — Ko‘zoynakli iloning chaqishdan oldin lunjini shishirib hunar ko‘rsatadi, tebranib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling