Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
83 «bu gumon emas, haqiqat! Bu qabihlik faqat uning qo‘lidan keladi», deyishi muqarrar edi. Asadbek, otasi qamalib, «xalq dushmanining bolasi»ga aylangach, bir yil sinfda qolib, oqibatda «detdom bolasi» hisoblanmish Haydar bilan birga o‘qigan edi. Bo‘lajak Kesakpolvonni u paytda hamma «Haydar pakana» deb atardi. Pero o‘g‘irlash voqeasidan so‘ng Haydar pakana Asadbekdan uzoqlashmadi. «Detdom bolasi» degan vahimali nomi, yonida buklama pichoqcha olib yurishi ustiga Asadbekning himoyasiga o‘tib olgani unga qalqon vazifasini o‘tagan edi. Bolalar undan zulm ko‘rishsa-da, javob qaytarishga botinmay turishardi. Bu masalada faqat Jalil tap tortmasdi. Haydar pakana unga yomonlik qilmasa ham, kunda bo‘lmasa-da, kun orami, ishqilib Jalilning tepkisini yeb turardi. Bir kuni Asadbek Haydar pakananing nolalarini inobatga olib, Jalil o‘rtog‘iga: — Nega bekordan bekorga tepaverasan, senga yomonlik qilgani yo‘q-ku? — deb tanbeh bergan edi. Shunda Jalil: — Shu pakana oshnangning turqi sovuq, basharasini ko‘rsam, oyog‘im qichib «Tep!» deb turaveradi. Shu pakanang aslida tepish uchun yaralgan. Yomonlik qilmasa ham tepaveraman, sen aralashma. Yomonlik qilsa, aytib qo‘y, shartta o‘ldirib qo‘ya qolaman, — degan edi. Maktabni bitirishganda «endi qorasi o‘char», deb o‘ylovdi, yanglishdi — qorasi o‘chmadi. Keyinroq kissavurlik qilib qamalganida «endi chiqqan joyiga kirib ketdi, qorasi o‘chishi aniq», deb o‘ylab yana adashdi. Haydar pakana deganlari qamoqda o‘ziga mos hamtovoq topolmaganmi, yana Asadbek atrofida xira pashshadek o‘ralashaverdi. Asadbek uylanganidan so‘ng Jalil kuyovjo‘ralik martabasidan foydalanib «bu g‘arko‘z oshnang endi ostonangni hatlamasin», deb shart qo‘ydi. Asadbek «xo‘p» dediyu ahdiga vafo qilmadi. Haydar pakana shu oilaning yaqin kishisiday kirib-chiqib yuraverdi. Asadbek Tambovdagi o‘yinga ketar mahali Jalilga «keliningdan xabardor bo‘lib tur», deb tayinlagan edi. Oshnasi ketgan ondan boshlab Jalil xotinini Manzuraning yoniga chiqardi. Ertasi kuni noringa xamir qorish uchun chiqqan xotini darrovgina qaytdi. «Ha, norin qormaydigan bo‘ldilaringmi?» deb so‘radi Jalil xotinidan. «Mullakamning anov oshnalari kelib qoldi», dedi xotini. Xotini bir marta «Haydar aka», deb uning nomini tilga olganda Jalil «Bu haromi qachondan beri senga «aka» bo‘lib qoldi», deb so‘kib bergan edi. Shu bois «mullakamning anov oshnalari» deganda Jalil kim nazarda tutilganini darrov fahmladi-da «Ovsiningni yolg‘iz tashlab chiqaverdingmi, ahmoq!» deb so‘kib, o‘rnidan turdi. Jalil hovliga kirganida Haydar pakana uy ostonasida to‘g‘on bo‘lib turib olgan, Manzura esa ichkarida sayyod to‘rida ilojsiz qolgan g‘azzola kabi jonsarak ko‘zlari bilan najot izlardi. Jalil yugurib keldiyu he yo‘q, be yo‘q Haydar pakananing yumshoq yeriga tepib qoldi. Pakana o‘girilishga ham ulgurmadi — ichkariga qarab munkidi. Jalil esa uning ensa sochlaridan mahkam changallaganicha turg‘izib, hovli tomon tortdi-da yana bir-ikki tepib ko‘chaga chiqarib tashladi. Ovoz chiqarib so‘kmadi, Haydar pakana ham «nega tepasan!» deb dag‘dag‘a qilmadi. Manzura xuddi gunoh ustida qo‘lga tushganday, isnod o‘tida yonib ichkari kirib ketdi. Jalil Haydar pakananing uzoqlashishini kutib turdi-da, so‘ng hovliga qaytib, huddi hech qanday voqea yuz bermaganday: — Manzura, tezroq bo‘llaring, qorin tatalab nog‘ora chalib yubordi! — dedi. Bu gapni mehribon aka ovozida aytdi. Uning nazarida bu ohang Manzuraga dalda berishi lozim edi. Ammo ichkarida titrab turgan juvonga har bir so‘zi to‘qmoq kabi zarba berganini bilmadi. Asadbek qaytgach, Jalil aytadiganlari Manzuraga jabr bo‘lishini anglab, mashmashani ma’lum qilmadi. «Ursa xotinini bir-ikki urardi, ammo bu pakanani yo‘qotardi», deb bu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling