Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet84/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
ishi uchun o‘zini keyinroq koyidi. 
Eski hovliga qadam bosishdan oldin Jalilnikiga xavotir bilan qaraydigan bo‘lib qolgan 
Haydar pakana Asadbek yangi uyga ko‘chgach, bu havotirdan qutuldi. Jalil ham o‘rtog‘ini 
nazorat qilishdan tiyildi. 
Jalil Kesakpolvonning barcha qiliqlarini bilganida oshnasiga jumboqli savol aytib, vijdon 
haqida gapirib o‘tirmasdi. O‘shanda Asadbek «ikki gapingning birida «oshnang odam 
emas», deysanu vijdondan masala so‘qiysan. Agar odam bo‘lmasa, unda vijdon nima 
qiladi?» demoqchi bo‘ldiyu «arining uyasini kavlamay qo‘ya qolay» deb fikrini tilga 
ko‘chirishdan tiyildi. 
Chuvrindining o‘limidan so‘ng Asadbek hasrat dasturxonini yoyib gumonini aytsami, Jalil 
eski paxtani chuvigan misol barcha tanbehu dashnomlarini bir-bir eslatib «ana endi 
esing kirganga o‘xshaydi. Lekin kechikib kirgan esning foydasi bo‘larmikin? Shu 
pakanangning razilligini bilishing uchun yaqin odaming-ning o‘limini kutishing shartmidi? 
Ilgariroq esing kirganda shu bola uvol ketmasdi-ya...» degan bo‘lardi. 
Kesakpolvon Jalilda mavjud nafratni bilardi. Jalil tepmay qo‘ygan bo‘lsa ham undan 
tepkidan zo‘rroq, tepkidan yomonroq bir narsani kutib yurardi. Ayniqsa ikki oshna xoli 
qolib gaplashguday bo‘lishsa, bu tomonda Kesakpolvonning quloqlari ding turardi. 
Qabristonda Asadbek g‘azabga to‘lgan ko‘zini qadab «Yo‘qol!» deganida bir oz chekindi-
yu, Jalil yaqinlashib nimalardir deganida xavotirga tushdi. Ikki oshna qabristondan birga 
chiqib, birga ketib, so‘ng mayit chiqarilgan xonadonga qaytib borishmagach, bu xavotir 
yanada oshdi. Ana o‘shanda «sal oshirvoribman, hozircha o‘ldirmay boshqa chorasini 
qilib tursam bo‘larkan», deb afsuslandi. 
Kesakpolvonda «shu ishni to‘g‘ri qildimmi?» deb taroziga solib fikrlash odati yo‘q edi. 
Chuvrindining o‘limidan so‘ng bu odatini kanda qilib o‘ylab ko‘rdi. «Boshqa chora»ning 
qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘p o‘yladi. Noiloj aqli oxir-oqibat «o‘limdan boshqa
chorasi yo‘q edi», degan xulosada to‘xtab, unga tasalli berdi. Vijdon azobi nima ekanini 
bilmaydigan uning ruhi bu safar ham bezovta bo‘lmadi. 
2 
Asadbekni kuzatgan Kesakpolvonda o‘zi ham tushunmagan bir his uyg‘ondi. Oshnasining 
taxtini tezroq egallash umidida yashayotgan bu odamdagi tushunuksiz hisni armon 
demoq-da mushkul, hamdardlik demoq-da noo‘rin. Balki muvaqqat tarzdagi achinish 
demoq joizdir? Ha, voqean shunday. Kesakpolvonning nazarida Asadbek o‘g‘illarini olib 
kelish uchun emas, Moskvada o‘zi uchun yasab qo‘yilgan temir tobutga tushib qaytish 
maqsadida ketayotganday edi. Bolalik yillaridan beri yaqin bo‘lib qolgan odamini so‘nggi 
marta tirik holda ko‘rayotganday edi. Ana shu achinishga hamohang tarzda «shu 
ishlarga qo‘shilishim shartmidi, buning soyasida yomon yashayotganim yo‘q edi-ku?» 
degan umri qisqa fikr tug‘ilib, o‘lishga ham ulgurdi. Asadbek xastalanganda uning tuzalib 
ketishini istagan odam endi oshnasining temir tobutda qaytishini xohlardi. Ana shu 
xohish achinish hissini bo‘g‘ib qo‘ya qoldi. 
Jalil aytmoqchi, Kesakpolvonda vijdon bo‘lmasa-da, unda o‘g‘rilarga xos ziyraklik 
mavjud edi. O‘g‘ri uchun vijdon, adolat, mehr degan fazilatlar ortiqcha yuk, bularsiz 
bemalol hayot kechiraverishi mumkin, biroq, ziyrakliksiz yashay olmaydi. Chuvrindining 
o‘limidan so‘ng ana shu ziyraklik yana bir foyda berdi: oshnasining ko‘nglidagi gumonni 
sezib, etagini yopib olish chorasini qilib qo‘ydi — birinchi galda Xumkallani yo‘qotdi. 
Chuvrindining hovlisida Asadbekning bezovta nazari Xumkallani izlayotganini sez- di-
yu, ertasiga o‘zi gap ochib: 
— Dayusning bolasi ko‘rinmaydimi? — deb Asadbekdan so‘radi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling