Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
86 turaveradi. Ilojini qilib uni tinchitish mumkin. Bo‘g‘ma iloning ham xatarli emas. Lekigin o‘q ilon qachon tashlanishini bilmaysan. Bek akang ham shunaqa. Kallasida qanaqa mo‘ljal bor, kimga tashlanadi, qachon tovonni tesha-di — bilib bo‘lmaydi. Sen undan mana shu odatni o‘rgan. Men ming o‘rganay dedim-u, eplolmadim. Tabiatim boshqa mening... Kesakpolvon uyga qaytaturib shu voqeani ham esladi. U Chuvrindining o‘limi tufayli O‘qilonning talvasaga tushajagini hisobga olgan edi. Birga bo‘lgan yillari davomida u Asadbekning g‘ashini keltiradigan, jahlini chiqaradigan ishlarni ko‘p qildi. Bu ishlari xojasining qahrli qarashi yoki boloxonador so‘kishlari bilan yopdi-yopdi bo‘lardi. Chuvrindining o‘limini o‘sha ishlar sirasiga kiritmasa-da, xojasini larzaga soluvchi katta fojiaga aylanar, deb o‘ylamovdi. Fojianing zaminida taxt talashish masalasi yotmaganida, bu ishlardan Xongireyning sovuq nafasi ke-lib turmaganida balki Kesakpolvonning mo‘ljali aniqroq chiqardi. «Bek, jon oshnam, ahmoqlik qildim, kechir», desa Asadbek balki uzrini qabul qilardi. Kesakpolvon adashganini janoza kuni, qabristonda ekanida anglab qoldi. Angladi-yu, dumi bosib olingan O‘qilon endi tovonini teshajagini fahmlab cho‘chidi. Keyingi kunlarda ehtiyot choralarini qilib yurgan bo‘lsa-da, ko‘ngil bezovtaligi kuchaysa kuchaydiki, arimadi. Shu bois ham xojasining temir tobutda qaytishini juda-juda istadi. Nazarida aynan shu tobut uning xaloskori edi. U yana ehtiyot chorasini qilib, idoraga bormay, telegrafga kirib Xongireyga qo‘ng‘iroq qildi. Yangilikdan ogoh etib qo‘yish bahonasida Termizdan mol olib, Samarqanddan kuzatilgan mehmonlarning eson-omon yetib olganlari bilan qiziqib, bu xizmati evaziga yangi xo‘jayinidan olqish olishga umid qilgan edi. Olqish o‘rniga «ha, bo‘pti» degan lanj javobni eshitgach, ko‘ngil g‘ashligi kuchaydi. Ko‘chaga chiqib, qo‘llarini shimining cho‘ntagiga tiqqanicha bir oz harakatsiz turdi. Idorada qiladigan ishi yo‘q — borgisi kelmadi, ko‘ngil maishatni ham istamadi. Hatto ichishni xohlamadi. «Bi-ir ichsammikin?» degan fikr xayoliga kelishi bilan ko‘ngli aynidi. Kamdan kam sodir bo‘luvchi bu holatidan o‘zi ham ajablanib, beixtiyor ravishda sigaret tutatdi. Kesakpolvonning kayfiyati buzilganini sezgan Qozi mashina eshigini ochdi-da, bir oyog‘ini yerga qo‘yib «Huzuringizga borayinmi, xo‘jayin?» degan ma’noda qaradi. Kesakpolvon sigaret tutunini bir-ikki chuqur-chuqur tortgach, oxirigacha chekmay chetga uloqtirdi. So‘ng nimadandir xavotirlangan odam kabi yon-atrofga alanglab oldi- yu, mashina sari yurdi. — Aka, bir xumorbosdi qilamizmi? — deb so‘radi Qozi mehribonlik bilan. — Xumorbosdimi? — Kesakpolvon shunday deb yana beixtiyor ravishda cho‘ntagidan sigaret chiqarib, labiga qistirdi. — Sen bola, o‘pkangni bos. Xumor deydi- ya... Qozining bu mehribonligi boloxonador «shirin so‘kish» bilan taqdirlandi. Qaysi aybi evaziga bunday oliy mukofotga erishganini anglamagan Qozi mashina motorini o‘t oldirdi-yu, «qayoqqa yuray?» deb so‘rashga botinmay, xo‘jayiniga qaradi. — Yurmaysanmi? — dedi Kesakpolvon asabiylashib. Qozi mashinani joyidan jildirdi-da, bomba ustida o‘tirgan odam kabi xavotirlanib, qaysi tomonga yurishi kerakligini so‘radi. Kesakpolvon javob berishdan avval yana boyagidek qo‘poldan qo‘pol so‘kinib olib, so‘ng: — Uyga hayda, — deb amr etdi. Shundan keyin bir necha daqiqa undan sado chiqmadi. Mashina tramvay yo‘lini kesib o‘tib uning ko‘chasiga burilganda, Kesakpolvon Qoziga qarab: — Bek akang sendan hech nima so‘ramadimi? — dedi. Kesakpolvon kecha ham shu savolni berib «yo‘q» degan javobdan qoniqmagan edi. Shu |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling