Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
chog‘ida eshik ochilib, yuzini burishtirgan Monika ko‘rindi. 
— Papul, ketaveraymi? — dedi u ostonada turganicha. 
Arazchi qizining cho‘chchaygan lablariga ko‘zi tushgan Kesakpolvonning qahri bir oz 
yumshab: 
— Leningradgami? — deb so‘radi. 
— Uyimga! — dedi Monika po‘pisa ohangida. — Mejdu prochem, biza ko‘chada 
qomaganmiza. I slava bogu, uyimiz bor. Prosto silaga skuchna bo‘lmasin, deb kelamiza. 
Endi skuchat qilsangiz o‘ziyz borib ko‘rasiz. 
— Obbo, bo‘ldi, shunga ham arazmi? Oying seni garmdorining ustiga tuqqan-da, a, 
asalim, — Kesakpolvon turib kelib qizini yonog‘idan o‘pdi. 
— Postoronniy odamni oldida prosto unijat qilib yuborasiz. 
— Hazillashdim, qizim, hazillashdim. Postoronniy yo‘q-ku, bu uyda. Gogikmi? U ham 
o‘zimizniki hisob. Hazilimni tushunadi. 
— Leningrad nima bo‘ladi? 
— Oying bilan maslahatlash, bilganlaringni qillaring. 
— Mersi, papul, — qizi shunday deb erkalanganicha uni o‘pdi-da, quvnoqlik bilan iziga 
qaytdi. 
Kesakpolvon qizidan faqat «xo‘p» deb qutilishi mumkinligini yaxshi bilgani uchun ham 
tezgina taslim bo‘la qoldi. Qizini birov emas, o‘zi erkalatib o‘stirdi. Bu o‘rinda «tarbiya 
qildi», demoq nojoiz. Chunki otadan yaxshi tarbiya ko‘rgan qiz bunday bo‘lmas. 
Kesakpolvon «Nima uchun men emas, falonchi kuchayib ketyapti?» «Nima sababdan 
falonchi mendan boyroq?» deb o‘zini savolga tutardi. Biroq, hech qachon «nimaga 
falonchining farzandi unaqayu, meniki bunaqa?» degan savolni xayoliga ham 
keltirmagan. 
Bunaqa qarta o‘ynab o‘tirishganini endi ko‘ribdimi, hozir kayfiyati chatoqroq bo‘lgani 
uchungina baqirdi. Qizining sartarosh bilan Leningradga borishi ham uning uchun 
ahamiyatsiz bir narsa edi. Agar kayfi chog‘ paytda bu yangilikni eshitganda «Ie, zo‘r-ku, 
albatta borish kerak», demog‘i shubhasiz edi. 
Kesakpolvon divanga cho‘zilib, yotgan yerida kerishdi. U shiftdagi naqshlarga, devorga 
chizilgan gullarning rasmiga qarab yotishni yaxshi ko‘rardi. Nomdor naqqoshni topdirib 
kelib ishlatishga pulni ayamagan edi. Naqqosh ayniqsa ro‘parani shunday bezaganki, 
begona odam ming tikilsin, devor orasida po‘lat sandiq borligini ilg‘ay olmaydi. Po‘lat 
sandiq ichida nimalar borligi faqat Kesakpolvonning o‘zigagina ma’lum. Bundagi boylik 
nevaralarining yeb-ichishi, o‘ynab-kulishigacha yetib ortadi. Po‘lat sandiq to‘lgan, lekin 
ko‘z to‘ymaydi. 
Asadbek qizi o‘g‘irlangan kezlari ma’yus ohangda «Topgan-tutganlarimiz nevara-
chevaralarimizga ham yetib-ortadi. Bizga yana nima kerak?» deganida Kesakpolvonga 
bu gap erish tuyulgan edi. «Bizga yana nima kerak? Bu dunyoda nima deb yuribmiz o‘zi? 
Boy bo‘lmasang birov seni odam o‘rnida ko‘rmaydi. Xudo berib turganida 
to‘playversang-chi! Nevara-chevarangga yetadimi-yo‘qmi, hisoblab nima qilasan? 
Hisoblaganing sa-yin baraka qochadi...», degan xayol bilan xojasini tentakka chiqargan 
edi. «Hisoblab nima qilasan», degani bilan uning o‘zi po‘lat sandiq ichidagilarni sanab 
turishni yoqtiradi. Sanayotganida barmoqlari yayraydi, yuragiga esa g‘alati bir quvvat 
oqib kirganday bo‘ladi. Hozir ham turib sanagisi keldi. Biroq, yon xonada odamlar 
borligini eslab, bu rohatbaxsh yumushni ke-yinga qoldirdi. 
Devordagi gullar rasmiga tikilib yotgan chog‘ida Asadbekning «Bizga yana nima kerak?» 
degan gapi yodiga tushdi. «Agar tirik qaytsang, nevara-chevarangga yetadigan 
boyliklaringni ye-eb yotaverasan. Oliftagarchilik qiluvding, mana, Xudo beraridan qisdi. 
O‘lmay qaytganing ham durust oshnam, boylikning qadriga yetasan. Xongirey joningni 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling