Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
87 sababli Qozi «Kecha so‘rovdingiz...» degan ma’noda xojasiga bir qarab oldi. — Nega qarayapsan? — dedi Kesakpolvon zarda bilan. — Akaxonimning miyasi achib qolibdi, kechagi gapini yana so‘rayapti, demoqchimisan? — Xudo ursin, xo‘jayin, bunaqa gap kallamga kelmadi. — Kallang bo‘lsa keladi-da... Hali bufetda nega imlab chaqirdi? Kesakpolvon yo‘l haqi to‘layotganida Asadbek qahva ichish bahonasida bufetga o‘tib Qozini imlab chaqirdi. Uning Qoziga aytadigan zarur gapi yo‘q edi. Ayniqsa Xumkalladan gap ochib bularning paytavalariga qurt tushirishni istamagandi. Shunchaki «Bo‘tqa bilan billalashib Zaynabning uyidan xabardor bo‘lib turlaring», deb tayinlagan, gapirish chog‘ida esa Kesakpolvonga o‘g‘rincha qarab olgan edi. Asadbekning o‘zi faqat yaqin olgan odamlarigagina bir ish buyurardi. «Bek aka, buyuring», deb ilhaq turuvchi yigitlar vazifani a’yonlar orqali olishardi. Bu odatdan boxabar bo‘lgan Qozi Bek akasining shaxsan o‘zidan «maxsus topshiriq» olganidan mamnun bo‘ldi-yu, oradan ko‘p o‘tmay bu masalada xojasiga hisobot berishi lozimligini fahm etmadi. Qanchadan qancha odamning taqdirini hal etib kelgan uning aqli katta xo‘jayin bilan kichigi orasida pinhona urush ochilganini anglab yetishga qosirlik qildi. Shu sababli kattaning topshirig‘ini kichigiga oqizmay-tomizmay yetkazmoq vazifasi borligini bilmay, g‘azabli nigohga duch keldi. G‘azabli nigoh undan o‘zini oqlovchi bahona emas, aniq javob kutardi. Qassob bir oz dovdiragan holda Bek akasidan eshitgan gapni aytdi- da, «Shu ham katta aybmi?» degandek Kesakpolvonga qarab oldi. «Kuyovi kasalxonada o‘laman, deb yotibdi. Qizi uyda bo‘lsa... Qarovsiz hovlining nimasini poylaydi?» Kesakpolvon topshiriqdan ko‘zda tutilgan maqsadni anglamay: — Shuning o‘zimi? — deb so‘radi. — Boshqa hech nima demadilar. — Xumkallani so‘ramadimi? — So‘ramadilar. «Qiziq, nega so‘ramadi? Gumonini haqiqatga aylanishini istasa so‘rashi shart edi. Men o‘zim vos-vos bo‘lib qoldimmi? Undan bekorga xavotirlanyapmanmi? E, yo‘-o‘q... uning ko‘zlari meni aldolmaydi. Ko‘ziga qarab, ichida nima yonayotganini shu paytgacha bilmay yursam, g‘irt ahmoq bo‘lardim. Xumkallani baribir bu boladan so‘raydi. Do‘xtirni ham tinch qo‘ymaydi. Bekorga «tegmalaring», demadi. Hali sayratadi uni...» Mashina Kesakpolvonning darvozasi qarshisida to‘xtaganida tomchilayotgan yomg‘ir jalaga aylandi. Boloxonadagi yigit chaqqon tushib darvozani ochgach, Qozi mashinani ichkari haydab kirib, chap tomonga taqab to‘xtatdi. Yigit ildam yurib kelib, old eshikni ochdi. Kesakpolvonga uning bu ishi yoqmay, o‘qraydi-da, eshikni zarda bilan tortib yopdi. — Xumkallani so‘rasa nima deysan? — O‘zingiz tayinlagan gapni aytaveraman-da. — Qani, ayt-chi? — Shu... uch-to‘rt kun oldin maishat qilganimiz, kechasi do‘xtirni yo‘qlaganimiz... — Do‘xtir qayoqda edi? — Buni aytmovdingiz, xo‘jayin? — Bek akang so‘rasa ham shunaqa deysanmi, e eshak miya! Sen do‘xtirni top. — Xo‘p, xo‘jayin. — Qayoqda pisib yotganini uyidagilar bilar. — Bu yog‘ini qoyil qilamiz, hammasi bexit bo‘ladi. — Menga qara, shu dunyoda million do‘xtir bormikin? Qozi yelka qisdi. «Xo‘jayin, sanab chiq, desangiz sanab chiqaman, lekin hozir anig‘ini bilmayman», deganday qarab turaverdi. Kesakpolvon unga boqmagan holda, o‘ziga o‘zi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling