Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet83/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
83
«bu gumon emas, haqiqat! Bu qabihlik faqat uning qo‘lidan keladi», deyishi muqarrar 
edi. 
Asadbek, otasi qamalib, «xalq dushmanining bolasi»ga aylangach, bir yil sinfda qolib, 
oqibatda «detdom bolasi» hisoblanmish Haydar bilan birga o‘qigan edi. Bo‘lajak 
Kesakpolvonni u paytda hamma «Haydar pakana» deb atardi. Pero o‘g‘irlash voqeasidan 
so‘ng Haydar pakana Asadbekdan uzoqlashmadi. «Detdom bolasi» degan vahimali nomi, 
yonida buklama pichoqcha olib yurishi ustiga Asadbekning himoyasiga o‘tib olgani unga 
qalqon vazifasini o‘tagan edi. Bolalar undan zulm ko‘rishsa-da, javob qaytarishga 
botinmay turishardi. Bu masalada faqat Jalil tap tortmasdi. Haydar pakana unga 
yomonlik qilmasa ham, kunda bo‘lmasa-da, kun orami, ishqilib Jalilning tepkisini yeb 
turardi. Bir kuni Asadbek Haydar pakananing nolalarini inobatga olib, Jalil o‘rtog‘iga: 
— Nega bekordan bekorga tepaverasan, senga yomonlik qilgani yo‘q-ku? — deb tanbeh 
bergan edi. Shunda Jalil: 
— Shu pakana oshnangning turqi sovuq, basharasini ko‘rsam, oyog‘im qichib «Tep!» deb 
turaveradi. Shu pakanang aslida tepish uchun yaralgan. Yomonlik qilmasa ham 
tepaveraman, sen aralashma. Yomonlik qilsa, aytib qo‘y, shartta o‘ldirib qo‘ya qolaman, 
— degan edi. 
Maktabni bitirishganda «endi qorasi o‘char», deb o‘ylovdi, yanglishdi — qorasi o‘chmadi. 
Keyinroq kissavurlik qilib qamalganida «endi chiqqan joyiga kirib ketdi, qorasi o‘chishi 
aniq», deb o‘ylab yana adashdi. Haydar pakana deganlari qamoqda o‘ziga mos 
hamtovoq topolmaganmi, yana Asadbek atrofida xira pashshadek o‘ralashaverdi. 
Asadbek uylanganidan so‘ng Jalil kuyovjo‘ralik martabasidan foydalanib «bu g‘arko‘z 
oshnang endi ostonangni hatlamasin», deb shart qo‘ydi. Asadbek «xo‘p» dediyu ahdiga 
vafo qilmadi. Haydar pakana shu oilaning yaqin kishisiday kirib-chiqib yuraverdi. 
Asadbek Tambovdagi o‘yinga ketar mahali Jalilga «keliningdan xabardor bo‘lib tur», deb 
tayinlagan edi. Oshnasi ketgan ondan boshlab Jalil xotinini Manzuraning yoniga chiqardi. 
Ertasi kuni noringa xamir qorish uchun chiqqan xotini darrovgina qaytdi. «Ha, norin 
qormaydigan bo‘ldilaringmi?» deb so‘radi Jalil xotinidan. «Mullakamning anov oshnalari 
kelib qoldi», dedi xotini. Xotini bir marta «Haydar aka», deb uning nomini tilga olganda 
Jalil «Bu haromi qachondan beri senga «aka» bo‘lib qoldi», deb so‘kib bergan edi. Shu 
bois «mullakamning anov oshnalari» deganda Jalil kim nazarda tutilganini darrov 
fahmladi-da «Ovsiningni yolg‘iz tashlab chiqaverdingmi, ahmoq!» deb so‘kib, o‘rnidan 
turdi. 
Jalil hovliga kirganida Haydar pakana uy ostonasida to‘g‘on bo‘lib turib olgan, Manzura 
esa ichkarida sayyod to‘rida ilojsiz qolgan g‘azzola kabi jonsarak ko‘zlari bilan najot 
izlardi. Jalil yugurib keldiyu he yo‘q, be yo‘q Haydar pakananing yumshoq yeriga tepib 
qoldi. Pakana o‘girilishga ham ulgurmadi — ichkariga qarab munkidi. Jalil esa uning ensa 
sochlaridan mahkam changallaganicha turg‘izib, hovli tomon tortdi-da yana bir-ikki tepib 
ko‘chaga chiqarib tashladi. Ovoz chiqarib so‘kmadi, Haydar pakana ham «nega 
tepasan!» deb dag‘dag‘a qilmadi. Manzura xuddi gunoh ustida qo‘lga tushganday, isnod 
o‘tida yonib ichkari kirib ketdi. 
Jalil Haydar pakananing uzoqlashishini kutib turdi-da, so‘ng hovliga qaytib, huddi hech 
qanday voqea yuz bermaganday: 
— Manzura, tezroq bo‘llaring, qorin tatalab nog‘ora chalib yubordi! — dedi. Bu gapni 
mehribon aka ovozida aytdi. Uning nazarida bu ohang Manzuraga dalda berishi lozim 
edi. Ammo ichkarida titrab turgan juvonga har bir so‘zi to‘qmoq kabi zarba berganini 
bilmadi. 
Asadbek qaytgach, Jalil aytadiganlari Manzuraga jabr bo‘lishini anglab, mashmashani 
ma’lum qilmadi. «Ursa xotinini bir-ikki urardi, ammo bu pakanani yo‘qotardi», deb bu 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling