Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
84 ishi uchun o‘zini keyinroq koyidi. Eski hovliga qadam bosishdan oldin Jalilnikiga xavotir bilan qaraydigan bo‘lib qolgan Haydar pakana Asadbek yangi uyga ko‘chgach, bu havotirdan qutuldi. Jalil ham o‘rtog‘ini nazorat qilishdan tiyildi. Jalil Kesakpolvonning barcha qiliqlarini bilganida oshnasiga jumboqli savol aytib, vijdon haqida gapirib o‘tirmasdi. O‘shanda Asadbek «ikki gapingning birida «oshnang odam emas», deysanu vijdondan masala so‘qiysan. Agar odam bo‘lmasa, unda vijdon nima qiladi?» demoqchi bo‘ldiyu «arining uyasini kavlamay qo‘ya qolay» deb fikrini tilga ko‘chirishdan tiyildi. Chuvrindining o‘limidan so‘ng Asadbek hasrat dasturxonini yoyib gumonini aytsami, Jalil eski paxtani chuvigan misol barcha tanbehu dashnomlarini bir-bir eslatib «ana endi esing kirganga o‘xshaydi. Lekin kechikib kirgan esning foydasi bo‘larmikin? Shu pakanangning razilligini bilishing uchun yaqin odaming-ning o‘limini kutishing shartmidi? Ilgariroq esing kirganda shu bola uvol ketmasdi-ya...» degan bo‘lardi. Kesakpolvon Jalilda mavjud nafratni bilardi. Jalil tepmay qo‘ygan bo‘lsa ham undan tepkidan zo‘rroq, tepkidan yomonroq bir narsani kutib yurardi. Ayniqsa ikki oshna xoli qolib gaplashguday bo‘lishsa, bu tomonda Kesakpolvonning quloqlari ding turardi. Qabristonda Asadbek g‘azabga to‘lgan ko‘zini qadab «Yo‘qol!» deganida bir oz chekindi- yu, Jalil yaqinlashib nimalardir deganida xavotirga tushdi. Ikki oshna qabristondan birga chiqib, birga ketib, so‘ng mayit chiqarilgan xonadonga qaytib borishmagach, bu xavotir yanada oshdi. Ana o‘shanda «sal oshirvoribman, hozircha o‘ldirmay boshqa chorasini qilib tursam bo‘larkan», deb afsuslandi. Kesakpolvonda «shu ishni to‘g‘ri qildimmi?» deb taroziga solib fikrlash odati yo‘q edi. Chuvrindining o‘limidan so‘ng bu odatini kanda qilib o‘ylab ko‘rdi. «Boshqa chora»ning qanday bo‘lishi mumkinligini ko‘p o‘yladi. Noiloj aqli oxir-oqibat «o‘limdan boshqa chorasi yo‘q edi», degan xulosada to‘xtab, unga tasalli berdi. Vijdon azobi nima ekanini bilmaydigan uning ruhi bu safar ham bezovta bo‘lmadi. 2 Asadbekni kuzatgan Kesakpolvonda o‘zi ham tushunmagan bir his uyg‘ondi. Oshnasining taxtini tezroq egallash umidida yashayotgan bu odamdagi tushunuksiz hisni armon demoq-da mushkul, hamdardlik demoq-da noo‘rin. Balki muvaqqat tarzdagi achinish demoq joizdir? Ha, voqean shunday. Kesakpolvonning nazarida Asadbek o‘g‘illarini olib kelish uchun emas, Moskvada o‘zi uchun yasab qo‘yilgan temir tobutga tushib qaytish maqsadida ketayotganday edi. Bolalik yillaridan beri yaqin bo‘lib qolgan odamini so‘nggi marta tirik holda ko‘rayotganday edi. Ana shu achinishga hamohang tarzda «shu ishlarga qo‘shilishim shartmidi, buning soyasida yomon yashayotganim yo‘q edi-ku?» degan umri qisqa fikr tug‘ilib, o‘lishga ham ulgurdi. Asadbek xastalanganda uning tuzalib ketishini istagan odam endi oshnasining temir tobutda qaytishini xohlardi. Ana shu xohish achinish hissini bo‘g‘ib qo‘ya qoldi. Jalil aytmoqchi, Kesakpolvonda vijdon bo‘lmasa-da, unda o‘g‘rilarga xos ziyraklik mavjud edi. O‘g‘ri uchun vijdon, adolat, mehr degan fazilatlar ortiqcha yuk, bularsiz bemalol hayot kechiraverishi mumkin, biroq, ziyrakliksiz yashay olmaydi. Chuvrindining o‘limidan so‘ng ana shu ziyraklik yana bir foyda berdi: oshnasining ko‘nglidagi gumonni sezib, etagini yopib olish chorasini qilib qo‘ydi — birinchi galda Xumkallani yo‘qotdi. Chuvrindining hovlisida Asadbekning bezovta nazari Xumkallani izlayotganini sez- di- yu, ertasiga o‘zi gap ochib: — Dayusning bolasi ko‘rinmaydimi? — deb Asadbekdan so‘radi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling