Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
80 nabirasi o‘g‘riboshi, yana biri qimorboz edi. Donishmand ahli «Mol tekin kelsa dil berahm bo‘ladi», deb bejiz aytishmagan. Tekin molga mahliyo bo‘lib yashayotganlarida vaqti kelib o‘zlari kabi yana bir berahm dilning qurboniga aylanishlarini o‘ylashmaydi. Berahm dillar saltanati fuqarolarida mehr-muruvvat, yaxshilik-yomonlik tushunchalari yo‘q demoqlik noo‘rin. Ulardagi mavjud mehr ham, muruvvat ham o‘z nafslarining amriga ko‘ra belgilanadi. Ular bir odamga yaxshiliq qilmoq uchun ikkinchisining jonini oladilaru buni muruvvat deb baholaydilar. Yaxshilik va yomonlikni boshqa-boshqa, bir- biridan ayri-ayri narsa deb fahmlaydilar. Yaxshilik va yomonlikni ikki emas, bir tushuncha, ya’nikim, yaxshilik yomonlik qilmas- likdir, deb anglamoqlik ne’mati ularga nasib etmagan. Bir dasturxon atrofida o‘tirib, gapi gapiga qovushmayotgan odamlarning biri ikkinchisiga qanday tuzoqlar qo‘yyapti ekan? Ikkinchisi birinchisiga qanday choh qaziyapti ekan? Vallohi a’lamki, balki ayni shu damda shayton alayhila’na o‘zining qilmishlaridan iftixor qilgan tarzda maqtanganicha bu ikki odamni ko‘rsatib: «Ey o‘n sakkiz ming olamni to‘liq hikmati ila yaratgan Tangri! Sen ixlos va muhabbat bilan yaratgan Odamning bu bolalarini ko‘rib qo‘y. Bular aslo sening bandalaring emas endi. Ularni men band etganman. Bittagina bug‘doy donasidan boshlagan vasvasalarim mevasini ko‘ryapsanmi? Yer yuzidagi ularning adadini o‘zim ham sanab sanog‘iga yetolmayman. Hademay ko‘rib turganing bu ikki insonning biri sening huzuringga jo‘naydi. Bu dunyoda qilgan gunohlari ro‘parasiga dasturxon qilib yoyilganida shubhasizki, meni eslaydi, mening nomimni tilga oladi. «Shayton yo‘ldan urdi», deb meni ayblaydi. Ey, barcha narsalardan boxabar Tangri, o‘zing guvohsan, men ularning qo‘llaridan mahkam ushlab, zo‘rlab yetaklaganim yo‘q. Sen ularga ham aql va zehn bergan eding. Men faqat ularning aql ko‘zlarini nafs pardasi bilan to‘sib ko‘r qila oldim, zulm dunyosini ularga chiroyli qilib ko‘rsatdim xalos. Mening olamimga ular o‘z oyoqlari bilan yurib kirib keldilar, yayrab yashadilar. Sening huzuringga bormoq va hisob bermoqqa majbur ekanliklarini unutdilar. Yaratmish Tangrini unutguvchilarga bu dunyoda qanday ajr bermoq — qanday o‘limni ravo ko‘rmoq o‘zingga havoladir», deyayotgandir... Haq taolo odamlarga insoniylik jomasini inoyat qilgan ekan, bu libos yirtilmas, iflos ham bo‘lmas ekan. Afsus shuki, bu libos barchaga birday nasib etmas ekan. Kim berahm dillar olamiga tobe bo‘libdi, bu libosdan mahrum etilibdi, umrini yalang‘och holda yashab o‘tibdi. Eski kiyimda bo‘lgani bilan kishining odamgarchiligi yo‘qolib qolmagani kabi ustidagi eng yaxshi libos ham kimsaning insoniylikdan uzoqligini yashira olmaydi. Daryoni ko‘zaga qamash mumkin bo‘lmaganidek, bu berahm dillardan toshib chiqayotgan zulm oqimini jilovlashning imkoni yo‘q. Aql va nafs bir-biriga ziddir. Aql rad etgan narsani nafs da’vo qiladi. Ularning nafslari esa zulmga homiladordir... Yomonlikni kasb qilib yaxshilik umid qiluvchilar qanchalar nodonlar. Ular Tangrining «Fa man ya’mal misqola zarratin xoyron yaroh, Va man ya’mal misqola zarratin sharron yaroh»* degan amrini bilsalarmi edi... balki qorong‘u fikrlariga yorug‘lik mo‘ralarmidi... Bir-biriga ro‘para o‘tirgan ikki odam bularni bilmaydi. Umrlari adog‘iga qadar ham bilolmay o‘tsalar ehtimol. Xongirey Asadbekdan ko‘z uzmagan holda: — O‘zing sog‘misan, Bek? — deb so‘radi. — Sog‘man, rahmat, — dedi Asadbek tetik ovozda. — O‘tgan safar ko‘rganimda ranging past edi. Hozir yaxshisan, ko‘rinib turibdi. — Ha, rangim ba’zi odamlarga g‘alati tuyulgan edi, — dedi Asadbek tagdor qilib. — Ba’zilar «Asadbek o‘ladigan bo‘ldi», deb janozamni ham o‘qib qo‘yishibdi. — O‘lish uchun o‘ladigan kasal bo‘lish shart emas, — Xongirey shunday deb otasiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling