Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
77 biroq bunaqasiga endi duch kelishi edi. Xo‘rillatish ham holva ekan, aroq ichib bo‘lingach, tamaddi qilish o‘rniga yon tomonga qarab tupurildi. Eshik ortida shay turgan xizmatchi yigit kirib uning og‘iz-burnini oq sochiq bilan artib qo‘ydi. Yigit iziga qaytishga ulgurmay burun obdon tortilib so‘ng yana tupurildi. — Unga e’tibor berma, — dedi Xongirey. So‘ng avvalgi gapini takrorladi: — Uni shundayligicha ham yaxshi ko‘raman. U — mening otam! Asadbek Xongireyning maqsadini anglamadi. Otasiga ichirmoqchi ekan uyidami yo shu restoranning boshqa xonasidami ichiravermaydimi? Bu irkit tamoshaning nima keragi bor ekan? — Kecha bu paytda ovulda edim. Onam bilan ancha tortishdim. «Otangni olib ketma, musofirlikda o‘lmasin», deydi. Moskvaga bugun ertalab keldim. Hozir joni chiqsa, ovulga hoziroq qaytaman. Bu yerga ko‘mmayman. Chechen o‘z tuprog‘ida yotishi kerak. Akademikni bilarding, a? — Zelixonmi? — Ha, Zelixan! U mening ustozim edi. Tog‘da mashinasi halokatga uchrabdi. O‘ligini oldirib, ovuliga ko‘mdirdim. Qo‘limdan kelgani shu bo‘ldi. — Xongirey shunday deb xo‘rsindi-da, bir oz sukut saqladi. Ke-yin: — Kutaisiga borib keldim, — deb Asadbekka savol nazari bilan qaradi: — Nega bording, deb so‘ramaysanmi? — Nima uchun borganingni aytging kelsa men so‘ramasam ham aytarsan, — dedi Asadbek xotirjam tarzda. — Sulikoni ko‘mishga bordim. Tanirding-a? Xongirey Asadbek bilan Sulikoning qadrdonligini yaxshi bilsa-da «Tanirding-a?» deb atayin ta’kidlab so‘radi. Xongirey Kutaisidagi dafn marosimiga Asadbek ham yetib kelar, deb o‘ylagan edi. U yerda uchratmagach, «nima uchun kelmadi ekan?» deb ko‘p o‘yladi. Sulikoning vafotidan Asadbekning bexabar ekanini u bilmasdi. Asadbek uchun Xongireyning xabari kutilmagan zarba bo‘ldi. Kecha o‘g‘illarining tashvishi bilan Sulikoning uyiga sim qoqqan, javob bo‘lmagani uchun «biron yoqqa ketgandir», deb gumon qilgan, «birov o‘ldirib ketgandir» degan fikr esa xayoliga ham kelmagan edi. Sulikodan darak bo‘lmagach, ukasi Ilikoga telefon qilib «Boss Kutaisiga ketgan» degan javobni eshitgan edi. Ilikoning yordamchisi Asadbekni yaxshi tanisa ham fojiani nima uchundir aytmagan edi. «Kutaisiga biron ish bilan ketgandir» deb o‘ylagan Asadbek unga Manzura bilan kelinlarini zudlik bilan Moskvadan jo‘natib yuborishga yordam zarurligini aytgan edi. Asadbek kuchli mushtdan zarba yegan odam kabi bir zum karaxt o‘tirdi-da: — Suliko? Datunashvilimi? — deb so‘radi. — Ha, o‘sha, eski qimorboz oshnang, — Xongirey shunday deb suyanchiqqa yastandi. — Sen bilan telefonda qachon gaplashdim? Ha, shuning yo ertasiga yo indiniga uyiga kirib chopib tashlashibdi. Undan avval omadi kelib katta pul yutgan ekan. Negadir pulga tegishmabdi. Ilikoni bilasan-a, ha, ukasi. Uning mendan gumoni bormish. Bu bilasanmi, kimlarning ishi? Slavyanlarning ishi. Kavkazliklarni bir-biriga qay- rashyapti. Po‘stakkalla Iliko esa buni tushunmayapti. Slavyanlarning mendan alami bor. Bir- ikkitasining pachag‘ini chiqarib tashlagan edim. Shulardan biri — sening Kozloving. Iliko ham Kozlovning yonini olgan edi. Nega Kozlovni himoya qildi, bilmaysanmi? Asadbek savoldan kelib chiquvchi maqsadni anglab, istehzo bilan jimaydi: — Bilmayman, azizim. Meni o‘rtaga tushgan deb yuruvdingmi? Mening dallollik qiladigan odatim yo‘qligini bilmasmiding? Men Suliko bilan oshna edim. Ukasi menga nisbatan senga yaqin. O‘zini ko‘rmaganimga ham bir yildan oshdiyov. — Bunisi menga ma’lum, — Xongirey shunday deb chuqur nafas oldi-da, ko‘zlarini lo‘q qilib Asadbekka tikildi. Asadbek undan nigohini olib qochmadi. Ularning bu o‘tirishlari |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling