Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
73 — Dunyoda hech bir mushuk shu onga qadarli tavba qilmagan edi, sen nechuk istig‘for aytmakni ixtiyor qiliyursan? — deb so‘rabdilar. Do‘mboq sichqonlarni ko‘rgan mushukning-da fe’li o‘sha on aynibdi, niyati-da buzulibdi. — Senlar ayt-chi mana, senlar insofsizmi yoki men? Senlar nechun qopning og‘zi ochiq o‘lgani holin-da ostidan teshasanlar? Men shu savolga javob istab senlarni yo‘qlagan edim. Mushuk shunday debdi-yu, nodon sichqonlar uning nonushtasi bo‘libdilar ekan... Mana shu rivoyatni aytib doktor Xudoyor sovub qolgan qahvaga uzoq tikilib, jim qolgan edi. Moskva milisaxonasining vaqtinchalik qamoqxonasida aka-uka o‘sha xayrashuv onlarini, ustozi aytib bergan rivoyatni eslashdi. — Sichqonlar nodon bo‘lishsa ham «tavba qil!» de-yishga ulgurishibdi-ku, — dedi Abdulhamid akasining gapiga javoban. — Sovuq nafas qilma, nima, bizni hozir shartta otib tashlasharmidi? Abdulhamid «buni Xudo biladi», deganday qo‘l siltadi. Ularning hibsdagi soatlari adog‘iga yetib, erkinlikka chiqishgach, to‘g‘ri uyga qaytish o‘rniga mehmonxonaga borib qolganlaridan ajablanishdi. Jamshid xojasini muolaja qilib chiqqach, «Nega uyga ketmayapmiz?» deb uni so‘roqqa tutishdi. Negaligini koshki Jamshid bilsa. Bir ko‘ngli «Adanglardan o‘zlaring so‘ranglar», demoqchi bo‘ldi. Biroq, gapni chuvalashtirmaslik uchun «Bek akamning bu yerda qiladigan ishlari bor ekan, ertaga qaytadigan bo‘ldik», deb ularni tinchitdi. Ertaga qaytar-qaytmasligini o‘zi ham aniq bilmasa-da, shunday dedi. Agar ertaga ham Moskvada qolsalar «Bek akamning ishlari bitmabdi», degan bahonani aytishdan osoni yo‘q. Asadbekning badanidan issiq o‘tib uxlagan damda aka-uka uyga telefon qilib onalarining bezovta yuragini tinchlantirdilar. Jamshid esa yotoqning eshigi yoniga stul qo‘yib o‘tirib, oyoqlarini uzatib chalishtirdi-da, boshini beton devorga yopishtirilgan gulli qog‘ozga tirab mizg‘idi. 3 Asadbek odatiga ko‘ra orqa o‘rindiqqa o‘tirmoqchi bo‘lib mashina eshigini ochgan edi, Mamatbey to‘xtatdi: — Bek gardashim, yanima o‘ltur, suhbatlashib ketajakmiz, — dedi kulimsirab. Asadbek uning gapiga e’tibor bermay orqaga o‘tirib, eshikni yopdi-da: — Orqadagi xatar yomon-da, a? — dedi. — Xatar deding? — Mashinani o‘t oldirgan Mamatbey kulimsirab bosh chayqadi. — Sendan xatar kutmaklik men uchun cho‘x nodonliktur. — Mamatbey, qardosh, xatar deganlari sen bilan menga o‘z soyamizdan ham yaqin. Kimdan qanday mukofot olishingni bilmaysan. — Cho‘x go‘zal falsafa so‘ylading, gardash. Xatar ham, o‘lim ham bizlara hamroh o‘lur. «O‘lim-ku, bizlara bilan birga tug‘ilgan. Xatarni esa o‘zimiz arzon-garovga sotib olganmiz», deb o‘yladi Asadbek. Mamatbey esa «Gapim unga yoqdi», degan xayolga borib, ro‘parasidagi ko‘zgu orqali Asadbekka bir qarab oldi. Bo‘ron tingan bo‘lsa-da, osmon Asadbekning ko‘ngli kabi tund edi. Baland-baland issiqlik minoralaridan sizib chiqayotgan bug‘ og‘ir bulutlar qatlamini yorib o‘tishga ojizlik qilib, ko‘p qavatli imoratlar tomlari uzra yengil suzadi. Yaxmalakka qarshi sepilgan tuz kuchini ko‘rsatgan, serqatnov ko‘cha yuzini qoplagan qor qop-qora atalaga o‘xshab ketgan edi. Oldindagi mashinalarning orqa g‘ildiraklaridan otilgan bu atala-balchiq ba’zan peshoynaga zarb bilan urilib, qora parda hosil qilardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling