Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
71
2 
Milisaxonadan chiqib, mashinaga o‘tirishgach, or-qadagi o‘g‘illari tomon qiya o‘girilib: 
— Qiynashmadimi? — deb so‘raganida Abdusamad: 
— Yo‘q, — deb javob qilgan, Abdulhamid esa: 
— Faqat bilakdan qon olishdi, — deb qo‘shimcha qilgan edi. 
— Nega qon oladi? — deb ajablangandi Asadbek. 
— Qoradorini o‘zimiz iste’mol qilamizmi, yo‘q-mi — bilishmoqchi ekan, — deb izoh 
bergandi Abdul-hamid. 
Asadbek «qiynashmadimi?» deb so‘raganda tan azoblarini nazarda tutgan, Abdusamad 
ham ayni shu ma’noda «yo‘q» deb javob qilgan edi. 
Odatda milisaxonaga tushib chiqqan har bir odamdan shunday deb so‘rashadi. Hech 
kim, hech qachon ruh azobi bilan qiziqib ko‘rmaydi. Ko‘p qatori Asadbek uchun ham 
bolalarining kaltaklanmagani muhim edi. Ruhlarining faryodini esa u eshita olmas edi. 
Zotan, ayni damda o‘zining bezovta ruhi ham chinqirig‘ini bas qilmagan edi. 
Tangri taolo bandalarini xo‘p ajib tarzda yaratmish ekan. Huda-behuda yig‘lashni, uvvos 
tortishni ayollarga kasb qilib berib, ba’zi-ba’zida yig‘lashi mumkin bo‘lgan erkakning 
xo‘ngrashini xunuklik libosiga o‘rab qo‘ymish ekan. Bu yig‘ining zohiriy ko‘rinishi. 
Botindagi ruhlarning faryodiga ham tovush ato etilsami, dunyoning quloqlari qomatga 
kelarmi edi... 
Abdusamad yuklarni tekshirishda boshlangan mashmasha qo‘lga kishan urilishi bilan 
yakunlanadi, deb sira o‘ylamagan edi. Sermulohaza, bosiq tabiatli bo‘lgan bu yigit 
o‘rtada bir qing‘ir o‘yin boshlanganini fahmlab, ko‘pam talashib-tortishmadi. Qoni 
ko‘pirgan, olishmoq ishtiyoqidagi ukasini ham og‘ir bo‘lmoqqa undab turdi. 
Alohida xonaga qo‘yilganlarida Abdusamad sezdiki, bu tomoshani tayyorlaganlar ehtiyot 
chorasini unutmaganlar. Tergovga chaqirilmayotganlaridan fahmladiki, bu tomosha 
zamirida uning aqli bovar qila olmaydigan bir sir-sinoat mavjud. Bu sir-sinoatning ildizi 
otasining qilmishlariga borib taqalishini u tasavvur qilib ko‘rmadi. Alhol, bu ig‘voga 
xorijdagi hayotimiz sababdir, deb gumon qildi. 
Ular o‘qishga ketishayotganda Berlin devori hali mahv etilmagan bo‘lsa-da, G‘arb deb 
atalmish dunyo bilan oraliqdagi to‘siqlar olina boshlangan edi. Siyosatchilar Sovet 
Ittifoqining tashqi olam bilan munosabatida yaxshilik sari burilish sodir bo‘layotganini 
maqtayotgan onlarida o‘qish uchun Olmoniyaga otlangan aka-uka maxsus suhbatga 
chorlanib, vatandoshlar bilan yaqin aloqaga kirish barobarinda ularning orasidagi gap-
so‘zlardan xabardor qilib turish vazifasi topshirildi. Taqdir yozug‘i shunday ediki, maxsus 
topshiriqsiz ham ular vatandoshlar bilan yaqin aloqa o‘rnatdilarkim, oqibat bu aloqa 
nikoh bilan yakunlandi. Nikoh haqida gap chiqishdan avval ham, to‘y arafalari, keyin 
ham aka-uka maxsus topshiriqni eslab turishardi. So‘ralguday bo‘lsa so‘rovchilarni 
qanday chalg‘itish maslahatini pishitib olishardi. Biroq, Olmoniyada «topshiriqni 
bajaryapsizlarmi?» deb birov yo‘qlamadi. 
«Endi shu ig‘vo bahonasida so‘rashadimi? So‘rash uchun bu yerga olib kelish shartmidi?» 
Dunyoning ko‘p qing‘irliklaridan bexabar aka-ukalar «maxsus topshiriq faqat bizga 
berildi», deb o‘ylashgandi. Xorijga chiqayotgan har bir odam zimmasiga shunday 
topshiriq yuklanishidan, chetdagi vatandoshlarning xatti-harakatlari, maqsadlari, gap-
so‘zlari bularning xizmatisiz ham maxsus idoralarga ma’lum ekanidan bexabar edilar. 
Vaqtinchalik qamoqxonaning temir panjarali eshigi sharaqlab yopilgach aka-uka uzoq 
vaqt gap-so‘zsiz o‘tirdilar. Abdusamad gumonu taxmin, farazlarini tarozi pallasiga bir-bir 
qo‘yib ko‘rgach, uf tortib: 
— Biz rostdanam go‘l sichqonlar ekanmiz, — deb qo‘ydi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling