Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
68
qildi. 
Asadbek keyingi yillarda faqat Chuvrindi ukasigina aql o‘rgatsa chidardi. Hatto 
Kesakpolvon to‘g‘ri maslahat bersa-da, avval bir bobillab, so‘ng amal qilardi. Jamshid 
xojasining bu odatini yaxshi bilgani uchun ham fikrini bayon qilishda bir oz cho‘chidi. 
Shu paytga qadar «Bek akam «nimaga?» degan savolni yomon ko‘radilar. Akamga «xo‘p 
bo‘ladi» ko‘proq yoqadi», aqidasiga amal qilib kelgan odam uchun yurakdagi zardoblari 
toshib, alam vulqoni portlay deb turgan xojasiga bunday deyish o‘ziga xos jasorat edi. 
Farzandlarini qanotlari ostiga olib eshik tomon bir qadam qo‘ygan Asadbek to‘xtab, 
a’yoniga o‘girildi. Portlash o‘rniga Jamshid uchun kutilmaganda horg‘inlik bilan: 
— Gaping to‘g‘ri, — deb o‘g‘illarini qanotidan chiqardi. 
Jamshid yigitlar bilan yengil-elpi ko‘rishib olgach, kapitan chaqirtirgan milisa ishtirokida 
jomadonlarni ochdi. Shu onda telefon jiringladi. Navbatchi go‘shakni qulog‘iga tutib, 
o‘zini tanitgach, Asadbekka qaradi-da: 
— Ha, shu yerda, — dedi. So‘ng eshitgan buyrug‘iga itoatkorona tarzda: — Xo‘p bo‘ladi, 
— deb Asadbekni chaqirdi: — Asad Abdullaev, siz men bilan yuring. 
Jamshid ham, o‘g‘illar ham kutilmagan bu yo‘qlovdan ajablanib, kapitanga savol nazari 
bilan qaradilar: 
— Sizlar ishingizni davom ettiringlar, bu o‘rtoq hozir qaytadi, — kapitan shunday deb 
Asadbekni dahliz bo‘ylab boshladi. Dahliz adog‘iga yetganida o‘girilib, Asadbekka: «Shu 
yerda to‘xtang», deb amr etgach, o‘ng qo‘ldagi eshikni taqillatdi. 
«To‘xta, devorga o‘giril, qo‘lingni orqaga qil!» demadi, shunisiga shukr, — deb o‘yladi 
Asadbek. — Meni kim chaqirdi, maqsadi nima? O‘z oyog‘im bilan ozod yurib kelib, 
mahbus bo‘lib chiqmasaydim...» 
Bu xayol vasvasa hosili emasdi. Xongireyday odam bir qiliq bilan o‘g‘illari o‘rniga o‘zini 
tiqib qo‘yishi hech gap emasdi. Agar hozir ichkarida tirjayib o‘tirgan Xongireyni ko‘rsa 
Asadbek mutlaqo ajablanmagan bo‘lardi. 
Kirishga ruxsat bo‘lgach, kapitan Asadbekning ortidan eshikni ohista yopdi. Asadbek 
ichkari kirib salom berdi. Charm paltosini yechmay stulda emas, stolda o‘tirgan yigit 
salomga alik olish o‘rniga o‘zini «KGB hodimi», deb tanishtirdi. Guvohnomasini 
ko‘rsatmadi. Asadbek esa talab qilmadi. 
— Abdullaev, bizdagi ma’lumotga qaraganda Afg‘onistonda tayyorlangan kokoin sen 
orqali Rossiyaga uzatilar ekan. 
Yigitning dabdurustdan sensirashi Asadbekka malol kelsa-da, g‘azabini yutdi. Chunki 
qo‘yayotgan aybi oldida bu sensirash hech gap emasdi. Xongireyning asl maqsadi shu 
aybnomadan so‘ng oydinlashganday bo‘ldi. «Darding meni yo‘q qilish ekan, nima 
qilarding bolalarimni ezib», deb g‘ijindi. 
Savolga darrov javob bermagani uchun charm paltoli yigit o‘rnidan turib unga 
yaqinlashdi: 
— Biz hatto narkokurerlaringni ham bilamiz. 
Asadbekning talvasaga tushishini kutgan yigit uning ko‘zlariga tikilib xavotirni ko‘rmadi. 
— Kim bo‘lsa ham sizga noto‘g‘ri ma’lumot beribdi. Men hech qachon qora doriga 
aralashmaganman. 
— Ha, — yigit tisarilib yana stolga omonat o‘tirdi: — Gaping to‘g‘ri. Bizda bunaqa 
ma’lumot ham bor. Xo‘sh, qaysi biri haqiqat? 
— Ikkinchisi. 
— Qara, fikrimiz bir yerdan chiqdi: men ham hamkasblarimga shunday dedim. Ammo 
ular ishonishmayapti. Ularni ishontirish uchun nima qilish kerak? 
Asadbek yelka qisdi-yu, «bilsang o‘zing ayt» deganday unga qarab turaverdi. 
— Sen biz bilan hamkorlik qilishing kerak. Tushunyapsanmi? Hech bo‘lmasa bir-ikkita 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling