Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
76 yanglishmadi. Tungi maishatlarga mo‘ljallangan xos xonalar did bilan bezatilgan edi. Kunduz kuni bo‘lgani uchunmi yo Xongirey «Hech kim qo‘yilmasin», deb amr etganmi, har holda xizmatchi yigitlardan tashqari hech kim ko‘rinmadi. Xos xonalardan ham tovush chiqmadi. Asadbek telpagini yechib xizmatchi yigitga uzatayotgan damda Mamatbey unga qaradi- yu, oqarib ketgan sochlarini ko‘rib taajjublandi. «Qachon bunchalik oqardi? Yo bo‘yatib yurarmidi?» degan savoliga javob topishga harakat ham qilmay, Asadbekni kattaroq ziyofatlarga mo‘ljallangan kengroq xonaga boshlab kirdi. Yigirma besh kishiga mo‘ljallangan stol usti oliyshon makondagi kabi noz-ne’matlar bilan to‘ldirilgan edi. Eti ustixoniga yopishgan, kal boshi chiroq nurida yaltillab turgan, ko‘zlari ma’nosiz ravishda chaqchaygan odam dasturxon to‘rini egallagan edi. Xongirey esa uning muqobilida daxanini mushtumiga tiraganicha tikilib o‘tirardi. Mamatbey kirib salom bergach, Xongirey orqasiga o‘girildi. Asadbekni ko‘rib avvaliga ajablandi. Mamatbeyning xayolini yoritgan savol unga-da nasib etdi. Uning ajablanganini Asadbek sezdi. «Hali ham tirikmisan?» deb hayron bo‘lyapti shekilli?» degan fikrga kelib, «Sen uchun afsuslar bo‘lsinkim, Xudoga shukr tirikman», ma’nosida jilmayib qo‘ydi. Asadbekning chehrasini silab o‘tgan jilmayish Xongireyga ta’sir qildi. Tund yuzi yorishdi. O‘rnidan turdi. Uzoq vaqt ko‘rishmay sog‘ingan qadrdon kabi quchoqladi. Sharqliklarga xos odob bilan avval o‘ng, so‘ng chap betini betiga qo‘ydi. Uning bu tarzda ko‘rishishidan taajjublangan Asadbek «Bu bola o‘g‘ri emas, artist bo‘lishi kerak edi», deb o‘yladi. Xongirey quchog‘idan bo‘shagan ondan boshlab Asadbek uning ko‘zlariga tikildi: biron ma’no uqmadi. Asadbek uning qarashida oshkorami yoki yashirinmi «O‘g‘illaringni qo‘lga tushirib bopladimmi? Men bilan o‘chakishadigan senmisan hali?!» degan ma’no bo‘lishi kerak, degan fikrda edi. Xongireyning qarashida ham, harakatlarida ham bu fikrni isbot etishga arzigulik holat ko‘rinmadi. Ular ko‘rishayotgan onda to‘rdagi odam tili g‘o‘diragan ravishda: — Aftandil! — deb chaqirdi. Xongirey o‘girilib o‘z tilida bir nima dedi. Chaqchaygan ko‘zlari yumilay deb turgan kal ham nimadir degach, Xongirey Asadbekning bilagini ushlab o‘tirishga joy ko‘rsatdi. — Bu mening otam, — dedi Xongirey. — Sen bilan ichishni xohlayapti. Sen undan irganma. Uning turgan-bitgani shu. Men uni shu holicha ham yaxshi ko‘raman. Chunki u mening otam. Kutaisiga borgan edim, qaytishda ovulga kirsam otam yotib qolibdi. Jigar qurib bitganmish. Do‘xtirlar «yaqinda o‘ladi», deyishibdi. Onam ham qiziq ayol. «Kasal ekan, o‘lar ekan», deb aroq bermay qo‘yibdi. Bir yoqdan kasallik azobi, bir yoqdan xumor azobi otamni yeb tashlabdi. Holiga qaragin... Chindan ham uning yelkasida Azroil o‘tiribdi. U umr bo‘yi ichdi. Onamdan yashirib ham ichdi, urishib ham ichdi, yalinib ham ichdi. Endi o‘ladigan paytda qiynashning nima keragi bor? To‘g‘rimi? Ichsin, to‘yib-to‘yib ichsin, armonsiz ketsin. Xizmatchi yigit kirib bo‘g‘zi oq sochiq bilan o‘ralgan shishadagi aroqni qadahlarga quydi. — Ota, bu Asadbek, mening izzatli mehmonim, — dedi Xongirey ruschalab. — Mehmonim salomat bo‘lsin. Ichamiz! — Xongirey shunday deb aroqdan xo‘plab qo‘ydi. — Otangning sog‘ligi uchun! — Asadbek ham oxirigacha ichmadi. — Tilaging uchun rahmat, — dedi Xongirey. — Lekin u endi sog‘aymaydi. Otasi titroq qo‘llari bilan changallagan katta qadahni labiga yaqinlashtirib, aftini bujmaytirdi. Ko‘ngli ichishni istamasdi, vujud aroqqa to‘ygan edi, ammo nafs hamon och edi. To‘ymog‘i ham mumkin emas, chunki imoni ojiz kishilarning och nafsi faqat lahad tuprog‘i bilan qanoat topadi. Xongireyning otasidagi ko‘ngil bilan nafs olishuvi aroqni xo‘rillatib ichish bilan yakunlandi. Asadbek choy, sho‘rva xo‘rillatib ichilganini ko‘rgan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling