Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
75 O‘g‘illarining tashvishi chiqib qolmaganida shu kunlar ichiyoq Asadbek Kesakpolvonni siquvga ola boshlamoqchi edi. Hozir «buyruq bu yoqdan bo‘lgan», degan to‘xtamga kelgach, «tegmay turganim yaxshi bo‘lgan ekan», deb qo‘ydi. Mamatbey ro‘parasidagi ko‘zgu orqali Asadbekka ikki-uch qarab oldi. Hamrohining xayollarini qandaydir gumonlar iskanjaga olayotganini sezdi. Uning xo‘jayiniga «qandaydir» emas, aniq gap kerak. Asadbek ham nodon emaski, bir-ikki gapga laqillab ichidagilarni dasturxon qilib yoysa. Mamatbey buni ham biladi. Bilsa-da, «chiqmagan jondan umid», deganlaridek, biron gapni gullab qo‘yarmikin, deb umid qiladi. — Ay gardash, erta qarimakdan saqlan, ko‘p o‘ylanma. Nalarni o‘ylamakdasan, yana o‘limmi? Qo‘y o‘limni. O‘lim lablarindan o‘pich olmog‘imiz cho‘x uzoqdir. Allax seni-da, bizni-da rohat ila yashasin, deb yaratmish ekan, men rohata to‘yganim yo‘qtur. Sen-da to‘ymagansan. O‘ynamak va kulmak, kulmak va o‘ynamak kerak! Gula-gula yasha, gardash! — Mamatbey shunday deb kuldi-da, orqasiga o‘girilib qarab oldi. Asadbek qarashidagi jiddiylikni o‘zgartirmagach, kulgisining umri qisqa bo‘ldi. Asadbek «Abdurahmon tabibning gaplarini aytib bersammikin», deb o‘yladi. Ammo «bu paytavafahm tushunarmidi», degan mulohazada gapdan tiyildi. Asadbek «men kimmanu u kim? U bir laycha bo‘lsa...» degan fikrda suhbatlashishni istamadi. Mamatbey mashinaning old o‘rindig‘iga taklif qilganidayoq «bir laycha-yu, o‘zini xonday tutadi-ya!» deb g‘ijingan, o‘zining kimligini ta’kidlab qo‘ymoq maqsadida ortga o‘tirgan edi. Yo‘l- yo‘lakay suhbatga chorlashga intilayotganidan maqsad ne ekanin ham bildi. Bu ham tilining tiyilishiga sabab bo‘ldi. Lekin indamay ketishni ham ma’qul ko‘rmadi. Bularni sergaklantirib, o‘zgacha o‘yga boshlab qo‘yishi mumkin bo‘lgani sababli mashina «Dinamo» stadioni yonidan o‘tayotganida: — Qayoqqa ketyapmiz? Hali uzoqmi? — deb so‘radi. — Rohatsiz o‘lma, az qoldi. «Sokol» metrosindan chap tamon o‘tajakmiz, unda gardashimiz cho‘x go‘zal bir restorant yapmish. Nomi-da cho‘x go‘zaldir: «Lebedinaya pesnya»! Asadbek bu nomni, unga berilgan ta’rifni eshitib ajablandi. «Gapining ma’nosini biladimi?» degan fikrda so‘radi: — Nomini nima deding? — «Lebedinaya pesnya», ya’nikim, «Aqqush qo‘shig‘i»! Cho‘x go‘zal, a? — Ha, go‘zal, — Asadbek shunday deb hamrohining ko‘nglini ko‘tarib qo‘ydi. O‘zining ko‘ngli esa yana xufton qorong‘uligiga yuz burdi. Chunki u «oqqush qo‘shig‘i»ning asl ma’nosini bilardi: aytadilarkim, oqqush o‘limi yaqinlashganini payqab, balandlarga parvoz etarkanda hayotidagi so‘nggi qo‘shig‘ini kuylarkan... «Oqqush qo‘shig‘i» — demak, o‘lim darakchisi. Shub-hasizki, Mamatbey maqtovini keltirgan «gardash» Xongireyning odami. Restoran ham uniki. Oqqush qo‘shig‘ining ma’nosini bilib, tushunib qo‘yganlarmi yo bu bir tasodifmi? Yo bu yer Xongirey hukmi ado etiladigan maskanmi? Bu restoranga mehmon bo‘lib kirib, murda bo‘lib chiqilmaydimi? 4 Elliginchi yillarda qurilgan mahobatli imoratning yerto‘lasi qayta jihozlanib restoranga aylantirilgan edi. Uquvsiz rassom qo‘li bilan chizilgan oqqush rasmi va «Ristoran «Lebedinaya pesnya» degan yozuv bo‘lmasa bu yerning oddiy yerto‘lalardan farqi yo‘q edi. Tashqi tomoniga zeb berilmaganidan bu restoran maxsus odamlar uchungina xizmat qilishini, ortiqcha shov-shuvga muhtoj emasligini bilsa bo‘ladi. Zinadan pastga tushayotgan Asadbek «Hamma hashami ichidadir», deb o‘ylab |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling