Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
74 «Hayot ham shu atalaga o‘xshab qoldi, — deb o‘yladi Asadbek, — Ba’zan ko‘zingga sachrab ko‘r qilay deydi». Hamrohining jimib qolgani Mamatbeyga yoqmadi. U xo‘jayinidan «yo‘l-yo‘lakay gaplashib, kayfiyatini bil. Dardini ichiga yutsa ham, uzoq chidolmasa kerak», degan topshiriq olgan edi. — Ay gardash, xayollaring quvibla tashla. Kishi kishi ila so‘ylashmagidan ulug‘ o‘lan cho‘x go‘zal narsa yo‘qtur. — Gapingning mag‘zini chaqib ketyapman, — dedi Asadbek kulimsirab. — Menga qara, sen o‘zing o‘limdan qo‘rqasanmi? Mamatbey yo‘ldan ko‘z uzmagan tarzda bosh chayqab: — Yo‘q — dedi. So‘ng ta’kidladi: — Qo‘rqmayman. — Sen shunday deb o‘zingni aldayver. Boshqalarni laqillatma. O‘limdan qo‘rqmaydigan odam bo‘lmaydi. — Men qo‘rqmayman. Men jo‘jiqlarimning yetim qolishidan qo‘rqaman, gardash. — Ali xo‘ja, Xo‘ja Ali, — dedi Asadbek. Mamatbey buning ma’nisiga tushunmay orqasiga tezgina o‘girilib, Asadbekka qarab oldi: — Anglamadim, na deding? — Har ikkovi ham bir demoqchiman. — O‘zing-chi? Qo‘rqmaysanmi? — Hamma qo‘rqadi... Asadbek inson zoti borki, barchaning o‘limdan qo‘rqishiga amin bo‘lsa-da, «men ham...» deb tan olishni istamadi. Abdurahmon tabibning uyida shifo umidida yashagan kunlarning birida xuddi hozirgiday o‘lim haqida so‘z ketgan edi. O‘shanda tabib aytgan fikr Asadbekka ma’qul kelib, yodiga muhrlagan edi. Alhol o‘sha gaplarni esladi: «Inson o‘lim haqida dastlabki taassurotga ega bo‘lgan ondan boshlab o‘ziga oson o‘lim izlaydi. U go‘yo hayot kechirayotganday bo‘ladi. Ba’zan go‘yo baxtsizlik sahrosida azob chekadi. Banda bilmaydiki, baxtli kunida ham, baxtsiz qora kunida ham u asli bir yumush bilan mashg‘ul — o‘limini quvib borayotgan bo‘ladi. Marraga qachon, qay tarzda yetadi — yolg‘iz Ollohga ma’lum. Har holda sira kutilmagan, istalmagan onda yetadi bu manzilga...» Tabibnikidan uyga qaytganida bu aqlli gapni Chuvrindiga ayta turib: — Ana shunaqa, o‘limni quva-quva yetolmay qaytib keldim shekilli. Menga chap berdi o‘lim, — degan edi. Chuvrindi esa: — Chap bergani rost bo‘lsin, — deb boshini quyi egib nimalarnidir o‘ylagandi. O‘shanda Asadbek bu holatga uncha e’tibor bermovdi. Hozir qorong‘i uyda birdan chiroq yoqilib, xonadagi barcha ashyolar aniq-tiniq ko‘ringani kabi o‘sha manzara ko‘z oldida gavdalandi. «O‘shanda o‘limni o‘ylabmidi? Marrasiga yaqinlashganini ko‘ngli sezibmidi?..» Ularning bu suhbatlari tabiatning o‘lim faslida — quzda bo‘lgan edi. Tug‘ilish fasli — bahor arafasida Chuvrindi marrasiga yetdi. Osonlik bilan yetdi. Asadbek kabi quvib-quvib charchamadi. «Chuvrindini Kesakpolvon o‘ldirtirgan», degan gumon bilan yashayotgan Asadbek o‘lim sirtmog‘ining bir uchi bu tomonlarda ekanini o‘ylab ko‘rmagan edi. Hozir gumonlar tog‘ining cho‘qqilari ana shu haqiqat chaqmog‘i nuridan yorishganday bo‘ldi. «Haydar o‘zicha jur’at etolmagan bo‘lardi», degan fikr bu haqiqatga quvvat berdi. «Mahmud Shomil bilan kelganda qanaqa gaplar bo‘lib o‘tgan? Shomilning kallasi olinganini mendan yashirgan edi. Yana qanaqa gaplarni yashirgan? Xongireyga nimasi yoqmay qolgan? Xongireyning maqsadi mening qanotimni qirqishmidi? Yo «Sen Hosilni o‘ldirding, men o‘zingni emas, eng yaqin odamingni...» demoqchimi? Endi Haydar bilan topishdimi? Bo‘lishi mumkin, ikki o‘g‘ri bir-birining tilini tez tushunadi...» |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling