Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet78/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
78
bolalarning «ko‘z urishtirish» o‘yinini eslatardi. 
To‘kin dasturxonning bir tomonida Xongirey, ikkinchi tomonida esa Asadbek — ikkovi 
o‘ziga xos ikki mulkning egasi. O‘zini aqlli deb hisoblovchi bu ikki nodon bilmaydiki, 
ulardan-da avval, ulardan-da zo‘rroq sohibi mulklar o‘tganlar. Lekin osmon barchasini 
o‘z gardishiga olib, kulga aylantirgan. 
Oldinroqmi keyinroqmi lahad tuprog‘i bilan to‘luvchi bu ko‘zlar hozir bir-biriga 
tikilganicha bir-biriga kafan bichadi: 
— Senga jahannam gullari nasib bo‘lsin, — deydi Asadbekning ko‘zlari. 
— Mahmud ukangning o‘limini unutma, bitta o‘lik siqqan go‘rga ikkitasi ham sig‘adi, — 
deydi Xongireyning ko‘zlari. 
Xongireyning Iliko haqidagi gaplaridan Asadbek bu mehmondorchilikdan maqsadni 
fahmlaganday bo‘ldi. Moskvaga bugun ertalab kelganini qayta-qayta aytishidan maqsadi 
— «o‘g‘illaringning mashmashasiga mening aloqam yo‘q, men Moskvada yo‘q edim» 
demoqchi. Bunaqa ishni amalga oshirish uchun Moskvada bo‘lishi shart emas. Telefon 
degan beminnat dastyor bor ekan, dunyoning narigi chetida turib bu chetini ostin-ustun 
qilib yuborish hech gap emas. Xongireyning tagdor gaplari — kichkina bolaning go‘llik 
bilan topgan bahonasi. 
Xongireyning asosiy maqsadi boshqa: Asadbekka hujumi hal qiluvchi pallaga kirganda 
vaziyat o‘zgarib qoldi — Iliko unga yovlashganday bo‘lib turibdi. U yoqda Mahmudning 
fojiasi, keyinroq esa Sulikoning o‘limi bir-biriga aloqador bo‘lmasa-da, Iliko bularni 
zanjirning ikki halqasi deb bilishi mumkin. 
Ilikoda gumon uyg‘onganini u Kutaisidan qaytgach bildi. Iliko chindan yovlashdimi yo bu 
shunchaki xom gapmi, Xongirey hali tagiga yetganicha yo‘q. Shunday bo‘lsa-da, ehtiyot 
chorasi shart, deb bildi. 
Xongirey Iliko bilan yakkama-yakka tashlashishdan qo‘rqmaydi. Ko‘nglidagi umidlardan 
biri — vaqti kelganda Ilikoni ham yanchib tashlash. Ilikoni yanchish degan gap mutlaq 
hokimlikka bir qadam qoldi, demakdir. Lekin u farahbaxsh kunlarga hali fursat bor. Uni 
hozir cho‘chitib turgani — agar Iliko hamla qilsa yoniga boshqalar qo‘shiladi. 
Xongireyning Shaxovskiydagi qarorgohida ziyofatini yeb, unga oq fotiha berganlar ham 
bu vaziyatda Iliko tomonga o‘tib olishlari mumkin. 
Asadbek Xongireyning xavotirini ilg‘aganday bo‘ldi. U Iliko bilan juda yaqin aloqada 
bo‘lmasa-da, akasi Suliko bilan og‘a-inilar kabi qadrdonligi bor edi. Xongirey buni yaxshi 
bilgani uchun ham Asadbekni yo‘ldan olishda to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zi hujum qilmay avval 
Hosilboyvachchadan, so‘ng Chuvrindi bilan Kesakpolvonning o‘zaro ziddiyatidan 
foydalanmoqchi bo‘ldi. Sulikoning dafn marosimidan so‘ng u to‘g‘ri Moskvaga qaytgan 
edi. Otasining og‘ir xastaligini bilsa-da, Asadbekning o‘g‘illari kelayotgani uchun ovuliga 
o‘tmadi. Otasini o‘zi emas, yigitlaridan biri bugun tongda olib keldi. Onasi esa uning amri 
bilan «Xongirey kelib otasini olib ketdi», degan gap tarqatishi lozim edi. 
— Iliko Moskvaga ertaga qaytadi. Xohlasang ta’ziyaga birga borishim mumkin, — dedi 
Xongirey oradagi sukutni buzib. 
— Yaxshi bo‘lardi, — dedi Asadbek undan ko‘z olmay. 
Xongirey aytmasa ham Asadbek bu yerdan chiqib Sulikoning uyiga borishni o‘ylab 
turgan edi. 
Asadbek yangi uylangan kezlari, hali qimorni tashlamagan paytlarda «Tambovda katta 
o‘yin bo‘ladi», degan xabarni eshitdi-yu, «O‘sha katta o‘yinini ham bir ko‘ray», deb belni 
baquvvat qilib bordi. Suliko bilan o‘sha yerda, qimor ustida tanishgan edi. Asadbekdan 
bir oz yoshroq bo‘lgan Sulikoning kavkazliklarga xos qiziqqonligi bu o‘yinda pand berib, 
kattaga tushdi. Tushganda ham Asadbekka tushdi. O‘yin oxirlaganda hech vaqosi 
qolmagan Suliko dabdurustdan: 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling