Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
93 bo‘ldi?» deb jiyaniga qaradi. Jiyan so‘z aytishga ulgurmay Fotima u olib kelgan xabarni yanada vahimali ohangda ma’lum qildi: — Dadamlar otdan yiqilib tushibdilar. Yelkalari singanmish. — Qachon? Fotima «asosiy gapni men aytdim, bu yog‘iga o‘zingiz javob beravering», deganday jiyaniga qaradi. Kelinayasining bu lutfidan foydalangan jiyan javobni hayallatmadi: — Uch kun bo‘ldi... shu yakshanbada. — Uch kun bo‘ldi? Endi xabar berasanlarmi? — Ayb o‘zingizda, — dedi Fotima jiyanning yonini olib, — yakshanbada boramiz dedingiz, so‘zingizda turmadingiz. Borganimizda shu falokatning oldi olinardi. Uloq o‘lgurgayam chiqmasiydilar. Fotimaning shu gapi dard ustiga chipqon bo‘ldi. Zohidning vujudini kuydira boshlagan xavotir o‘tiga alam moyi sepildiyu xotiniga beixtiyor ravishda «bir pas vaysama!» deb baqirdi. Huda-behudaga baqiraveradigan erlarning xotinlari bir vaysashga tushsalar tinishlari mushkul. Bu mushkulotni yechmoq uchun ko‘pincha erning mushti ishga solinadi. Xotiniga hadeb baqiravermaydigan Zohidning «Bir pas vaysama!» deyishi Fotimaga kifoya qildi. — Uydamilar, kasalxonadamilar? — deb so‘radi Zohid jiyanidan. — Uydalar. Do‘xtirlar gipslab qo‘yishdi. Lekin... judayam og‘riyotganmish. Bugun Uloqchi buva keluvdilar. Shaharda Moshtabib degan odam bor ekan. Uloqchi buvaning bellari singanda tuzatgan ekanlar. Siz o‘sha odamni topib, olib borar ekansiz. Otasini ko‘rgani hoziroq yo‘lga chiqmoqchi bo‘lib turgan Zohidning shashti qaytdi. To‘rtta non ko‘tarib borishdan foyda yo‘q. Azob chekayotgan otasi tabibga muhtoj. Erining indamay qolganidan taajjublangan Fotima: — O‘sha odamni taniysizmi? — deb so‘radi. Zohid javob bermay, deraza tomonda to‘shalgan ko‘rpachaga borib o‘tirdi. Moshtabib deganlarini tanishga-ku, taniydi-ya. Uni o‘ylantirib qo‘ygan barcha mushkulot ham ana shu tanishida edi. 2 Depara ichki ishlar bo‘limida amaliyot o‘tab yurgan kezlari boshliq o‘rinbosari chaqirtirdi- da, xonasida o‘tirgan odamni «Kapitan Temirov» deb tanishtirgach, shu nozirning ixtiyorida bo‘lajagini bildirdi. Zohid vazifasi nimadan iborat ekanini yo‘lda ketayotganlarida nozirdan eshitdi: — Eski shaharda Moshtabib degan odam yashaydi, eshitganmisiz? — deb so‘radi. Nozir Zohiddan «yo‘q», degan javobni eshitgach, afsus ma’nosida bosh chayqab gapini davom ettirdi: — Shunday mashhur odamni eshitmaganmisiz? «Moshtabib» degan nom bilan Xudo biladi, ming yillardan beri necha yuz tabib o‘tgan ekan. Otadan bolaga o‘tib kelavergan-da. Moshtabiblar Amir Temurni ham davolashgan. Nozir keyingi gapini xuddi «Amir Temur»ni davolashayotganda o‘zim ham bor edim, podshoning oyog‘ini o‘zim ushlab turganman», degan ohangda, faxr bilan aytdi. — Ming yillardan beri odamlarga xizmat qilib kelgan moshtabiblarning ishi endigi zamonda zararli emish. Shu mahallada bir-ikki g‘alamis bor, yuqori idoralarga xat yozgani yozgan. Ular yozadi, kaltak esa mening boshimda sinadi. Yozadiganlarning bittasi do‘xtir. O‘zim borib gaplashdim o‘sha bilan. «Baraka topgur, Moshtabib sening kasallaringni tortib olib, noningni yarimta qilayotgani yo‘q. Sen qorin do‘xtir bo‘lsang, u sindi-chiqdiga qarasa, qo‘y endi», desam, «Sen feodalizm sarqitini himoya qilyapsanmi, sen ilg‘or Sovet meditsinasining naq dushmani ekansan», deb basharamga dangal aytdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling