Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet148/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
XII b o b 
1 
Zohid Hamdam Tolipovning kelishini kutib o‘tirgan edi. Va’dasiga xiyonat qilmaydigan 
Hamdam bu safar nima uchundir kechikayotgan edi. Zohid betoqatlanib, soatiga bir 
necha marta qarab-qarab olgach, Hamdamning xonasiga qo‘ng‘iroq qildi. Javob 
bo‘lmagach, navbatchining raqamlarini terdi. «Tolipovning chiqib ketganiga bir soatdan 
oshdi», degan javobni eshitib, nima qilarini bilmay o‘tirganida unga «Mirkarimovning 
«Ishi» bo‘yicha Erkaeva degan ayol kelib, so‘-rayotganini» ma’lum qilishdi. Kutilmagan 
bu tashrif avvaliga Zohidni taajjubga soldi, so‘ng esa «tintuvda olingan narsalarini so‘rab 
kelgandir», degan fikrda ayolga ruxsatnoma buyurdi. 
Oysanam kirib o‘tirgach, Zohid dabdurustdan «nega keldingiz? Menda nima ishingiz 
bor?» demay, hol-ahvol so‘radi. Oysanam bu iltifotga javoban «yuribmiz, Xudoga 
shukr», deb qo‘ydi. So‘ng bir nafas sukut qildi-da, muddaoga ko‘cha qoldi: 
— Men... akamni chiqarish masalasida keluvdim. 
— Chiqarish masalasida? — Zohid Oysanamga tikilib qaradi. — Birov chiqaraman, deb 
va’da qiluvdi-mi? 
— Yo‘q... — Oysanam bir oz taraddudlanib, qo‘lidagi kirish ruxsatnomasini buklay 
boshladi. Keyin o‘ziga tikilib turgan ko‘zlarga qarab olgach, siniqroq ovozda maqsadini 
bayon qildi: — Oradan necha oy o‘tyapti. Gunohlari bo‘lsa, bo‘yinlariga qo‘yib 
qamavormaysizlarmi? U yoqda akam azobdalar, bu yoqda bolalari ezilib ketishdi. 
Oysanam «gaplarim ta’sir etyaptimi?» deganday yana bir qarab oldi. Bu safar nigohi 
tikilib turgan ko‘zlarga to‘qnashmadi. Zohid «mayli, qancha gapi bo‘lsa gapirib olsin», 
degan maqsadda undan ko‘zlarini uzib, stoli ustidagi qog‘ozlarga tikilib o‘tirardi. Bundan 
picha quvvatlangan Oysanam gaplarini dadilroq davom etdi: 
— Uyimga borganingizda ham aytganman: akamda ayb yo‘q. Asli... peshonamiz sho‘r 
bizning. Hamisha har xil balolar izimizdan quvib yuradi. Dadam rahmatli ishxonalarida 
bir palakat bilan majruh bo‘lib qoluvdilar. Oyim bechora bizlarni ming-ming azoblar bilan 
boqib katta qildilar. Yashayotgan uyimga qarab, menga baho bermang. Biz 
kambag‘allikda, mehnat bilan, it azobida katta bo‘lganmiz. Akamning uylarini borib 
ko‘rdingizmi? 
Zohid bosh chayqab, «Borganimcha yo‘q», dedi. 
— Borib ko‘ring: ikki uy bir daxlizda olti bolasi bilan o‘tiradi. Kennayim kutubxonada 
ishlaydilar. To‘qson so‘m maosh bilan olti bolaning qornini o‘ylasinlarmi yo ust-boshiga 
qarasinlarmi? Kecha borsam... yig‘lab o‘tiribdilar. Boqchada bir tadbir bor ekan, shirinlik 
pishirib kelishni so‘rashibdi. Maktabga esa, bo‘yoqqa pul berishlari kerak ekan. Men bu 
azoblarni aytaversam, bunaqa gaplarni attorning qutisidan ham topa olmaysiz... Siz 
tekshirib, tagiga yetkuningizcha yana necha oy o‘tarkin. Xudo xayringizni bersin, akamni 
qo‘yib yuboring. Ishlab, bolalarini boqsinlar, hech qayoqqa qochib ketmaydilar. Axir 
tilxat olib, keyin chiqarasizlar-ku, bolalariga rahmingiz kelsin. 
«Attorning qutisidagi gaplar» tugadi shekilli. Oysanam yengil xo‘rsingach, jim bo‘ldi. 
Bu kabi xasratlar barcha tergovchilar qatorida Zohid uchun ham yangilik emas. 
Birovning sho‘rini quritishdan avval hech kim bechoraxol bo‘lmaydi. Qo‘lga tushib, 
qamalgach, uning «hayotda ezilgani», ko‘p «g‘urbat chekkani» «ma’lum bo‘lib qoladi». 
Bunday hasratlarni eshitgan odam jabrlanuvchiga emas, balki zulm qilganga achinishi 
kerak bo‘lib qoladi. «Ha, endi o‘lgan o‘lib ketdi, bu odamni qamaganingiz bilan murda 
tirilib qaytib kelarmidi», «Ha, endi bir yoshlik qilib, o‘g‘irlikka tushibdi-da, narsalarini 
qaytarib berdi, rahm qila qoling», «Tergovchi uka, bu ham yigitchilikdan-da, bir tepib, 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling