Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
17 «Qassob»ning orqasiga o‘girilib qarashi esa zulm vulqoni otilajagidan uni ogoh etdi. U beixtiyor ravishda to‘pponchasini yalang‘ochlab yugurdi. «Qassob»ni o‘zim ko‘rdim, o‘zim ushlayman», degan niyati amalga oshay deb turgan yigit yuqoriga ko‘tarilgan qo‘llardan birining qanday qilib aylaganicha gardaniga urilganini sezmay ham qoldi. To‘pponcha ushlashga ko‘nikmagan titroq barmoqlari tepkini bosishga ham ulgurmadi. «Qassob» esa to‘pponchani uning qo‘lidan tortib olishga ham, tepkini bosishga ham ulgurdi. Shu onning o‘zida qochmoqqa shaylangan bolalik ayolning sochlariga chang solib to‘xtatdi-da, to‘pponchani chakkasiga tirab: — Qayt, qaytlaring! Bir qadam bossalaring otaman! — deb tahdid qildi. Ham qo‘rquv, ham sochlari qattiq tortilganidan uyg‘ongan og‘riq sabab bo‘lib, ayol bag‘riga bosgan bolasini tushirib yubordi. Bir yoshdan endigina oshgan go‘dak oq marmar ustiga tushib chirillab yig‘ladi. Peshonasida qon ko‘rindi. Ayol talvasaga tushib tipirchilay boshlaganida «Qassob» uning boshiga to‘pponcha dastasi bilan qattiq urdi-da, ikkinchi qo‘lini uning bo‘ynidan aylantirib bo‘g‘ib oldi. Ayolning xushsiz gavdasi osilib qoldi. Talvasaga tushgan odamlar o‘zlarini turli tomonga urib panoh izladilar. Shu topda hammaning joni o‘ziga shirin edi. «Birovni turtib yuborarman, birov yiqilib mayib bo‘lar», degan o‘y hech kimning xayoliga kelmas edi. Peshonasidan qon oqayotgan go‘dakning chirillashi ham birovning qulog‘iga kirmasdi. Hamma o‘limdan qochardi. Bugun bo‘lmasa qachondir o‘lim sharobini totishlarini bilsalar ham qochardilar. Bu onda «Qassob»ga boshqalarga nisbatan Soliev yaqin kelib qolgan edi. — Ayolni qo‘yib yubor! — deb baqirdi u to‘pponcha o‘qtalganicha. — Qayt! To‘pponchani tashla, bo‘lmasa otaman! — deb baqirdi «Qassob». Mayor Soliev bir nafas ikkilandi, so‘ng yumshoqroq tarzda gapirdi: — Yaxshi, tashlayman, ayolni qo‘yib yubor. Bolaga qarasang-chi! — Bolasiga o‘zing qarayver. Qurolingni tashlamasang ikkalasi ham o‘ladi. — Yaxshi, — Soliev shunday deb to‘pponchasini qo‘ltig‘i ostidagi g‘ilofga solmoqchi bo‘ldi. — Yerga qo‘y, — deb buyurdi To‘ng‘iz. — Sherikla-ringga ayt, to‘pponchalarini joyiga solib, chetga chiqishsin. Bilib qo‘ylaring, senlarning o‘qing jonimni olgunicha tepkini bosishga ulguraman. Soliev to‘pponchani yerga qo‘ydi-da, atrofga qarab oldi. Bu qarashdagi ma’noni anglagan yigitlar to‘pponchalarini g‘ilofga soldilar. — Agar bu tovuqqa rahming kelayotgan bo‘lsa, mayli uni qo‘yib yuboraman, ammo o‘rniga o‘zing kelasan. Rozimisan? — Yo‘q, bormang, — dedi yigitlardan biri. Soliev bir qo‘lini ko‘tarib «jim» degan ishora qildi. — Foydasi yo‘q bu qilgan ishingning. Hamma yoq o‘rab olingan. Baribir qocholmaysan. — Sen menga aql o‘rgatma. Beshgacha sanayman. Menga baribir, men o‘limga hukm qilingan odamman. Bir... ikki... «Qassob» quruq tahdid qilmayotgan edi. O‘limidan oldin ham ikki jonni bahridan o‘ta olishga qodir edi. Soliev qonga belanib yotgan militsioner yigitga qarab oldi, nazarida u hali tirik edi. Peshonasidan qon oqayotgan go‘dak ham najot tilaganicha unga qarab yig‘layotganday bo‘ldi. «Qassob» esa sanardi: to‘rt... Yana bir soniyadan so‘ng bu boshi buzuqning tepkini bosib yuborishidan hech nima qaytarolmasligi mumkin. — Roziman, qo‘yib yubor uni, — dedi Soliev oldingga bir qadam bosib. — To‘xta, sen avval ikkita kishan ol, — deb buyurdi «Qassob». — Ikkita kishanni nima qilasan? — Ishing bo‘lmasin, aytganimni qil! |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling