Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
rohatlanib o‘tirgan bo‘lardi. 
Endi esa qo‘lidagi bombani changallaganicha najot kutardi. Najot qaydan keladi — o‘zi 
bilmaydi. Najot bilan birgalikda qaysi bir tuynukdan o‘q otilib chiqib qanshariga 
sanchilishini ham kutadi. Talab qilgan samolyot bilan million pul o‘rniga mergan otgan 
o‘q hadya etilmog‘i mumkinligining haqiqatga yaqinroq ekanini ham ko‘ngli sezadi. «Bu 
faraon samolyot bilan million pulga arzirmikin o‘zi? Arzimasa nimani kutishyapti?
Shartta otib tashlasha qolishmaydimi? — deb o‘ylagan «Qassob» mergan yashirinishi 
mumkin bo‘lgan tomonlarga javdirab qaraydi. Jon olishni xush ko‘ruvchi odam jon 
berishni istamaydi. Najot kutayotgan bu odam o‘zi uchun eng yaxshi, eng maqbul najot 
ana shu mergan otgan o‘q ekanini tan olgisi kelmaydi. Qo‘lidagi bomba emas, go‘yo 
o‘zining yuragiga o‘xshaydi. Panjasini ochsa tamom — yurakdagi jon chiqadi-yu, uchadi-
ketadi. Uchib borib qo‘nar manzili ham aniq — azoblar otashi. Zulmdan rohatlanuvchi 
jon uchun o‘zgacharoq manzil yo‘q. 
Ne ajabki, mayor Solievga ham bu bomba ayni damda yurakka o‘xshab ko‘rinib ketdi. 
Bomba ixtirochilarining qaltis yoki shum hazilimikin bu? Hozir necha juft ko‘z yurakka 
o‘xshovchi bu bombaga tikilib turibdi. Balki ko‘zga ko‘rinmas Azroilning ko‘zlari ham 
shunga qadalgandir? Vaqt-soati yetganida uning amri bilan panjalar ochilar, bomba 
portlar... Balki portlamas... Balki Azroilga bitta jon kerakdir? Balki kimdir tirik qolar?.. 
«Hozir pul olib kelinadi» degan va’dadan so‘ng jimlik hukmronligi boshlangan edi. 
Kutilmaganda zinapoya panjarasiga suyanib turgan yigitlar ovozlarini ko‘tarib bahslashib 
qolishdi: 
— Otish kerak,— dedi biri,— bitta o‘q bilan o‘ldirilsa panjasini ochishga ulgurmasligi ham 
mumkin. 
— Bu ishonchsiz, — dedi ikkinchisi, — o‘q otilishi bilan bomba ushlangan panjaga 
mahkam yopishishi kerak. 
Soliev ularning maqsadini, nima demoqchi bo‘lishganini angladi. «Qassob» o‘zbekchani 
tushunmasa ham ko‘ngli bir shumlikni sezib: 
— Jim bo‘llaring! — deb baqirdi. 
Soliev esa asta bosh chayqab, sheriklariga «otmang-lar» degan ishora qildi. 
— Sheriklaring nima deyishdi? — deb so‘radi «Qassob». 
Soliev «Qassob»ni hayron qoldirib to‘g‘risini ayta qoldi: 
— Seni otish kerakmi yo yo‘qmi, deb tortishishyapti. Xo‘jayinlarning senga yon 
bosayotganlaridan norozi bo‘lishyapti. 
Soliev shunday deyishga dedi-yu, «Qassob»ning vujudida tutayotgan gumonga moy 
sepib, yondirib qo‘yganini anglab, tilini tishladi. 
Samolyot bilan pulning unishiga o‘zi ham uncha ishonmayotgan «Qassob» 
atrofdagilarning g‘imirlab boshqa chora izlashayotganiga amin bo‘ldi. 
Oqu qoraga, pastu balandga bo‘lingan bu dunyoning ishlari qiziq. Qochgan ham Xudo 
derkan, quvgan ham. Qoraning bag‘rida oqqa qarshi fitna yasaladi, oqning bag‘rida 
qorani mahv etmoq rejasi pishadi. Atrofdagilar bombani changallab turganning hayoti 
yakunini tezlashtirishni qanchalar xohlashsa, bunisi umrining yanada uzayishini 
shunchalar istaydi. Har ikki tomonning o‘z haqiqati, o‘z adolati bor. Atrofdagilarning 
haqiqati shuki, sudning hukmi to‘xtovsiz amalga oshirilishi shart. O‘zga chora bo‘lmog‘i 
mumkin emas. 
«Qassob»ning haqiqati butunlay boshqa. 
Foniy olamdagi odamlarning barmoq izlari bir-biriga o‘xshamagani kabi, ularning 
dunyoni ko‘rishlari, fahm etish darajalari ham turlicha. «Qassob»ning jinoyat «xaltasi»da 
(hujjatlarning dalolatiga qaraganda) o‘n yetti ayolning joni bor. Agar shunchaki «o‘n 
yetti odamni o‘ldirgan qotil» deyilsa hayratga ham, ajablanishga ham o‘rin qolmaydi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling