Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
Shubhasizki, bu itlardan hech kim «Sen bugun kimning go‘shtini yeding?» deb 
so‘ramaydi... 
Onasiga doir voqealar, o‘smirlikning sururli damlari uning uchun olis o‘tmish bo‘lsa-da, 
unutilgan xotiralar emasdi. Uning pokizaroq ko‘ngil mulki shugina edi va undan 
birovning bahramand bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmasdi. Ufadagi tergovchiga, sud raisiga bu 
ko‘ngil mulki eshiklarini ochgan taqdirda ham, birinchi qadamga undagan, majbur etgan 
ruhiy holat baribir inobatga olinmas edi. «O‘zi yaxshi bola ekan, muhit majburlabdi», 
degan fikr yoki to‘xtam uning jonini saqlab qololmasdi. 
Hozirgi chorasi ham cho‘kayotgan odamning xasga tirmashishi kabi ekanini fahmlasa-da
chiqmagan jondan umidi bor edi. 
— Menga qara, faraon, — dedi «Qassob» Solievning orqasiga yengil turtib. — 
Sheriklaring seni sariq chaqaga ham olmas ekan. O‘lishing tayin bo‘lib qoldi. 
— O‘lishimiz, degin. 
— Ha, albatta birga o‘lamiz. 
— Xuddi egizaklar kabi, — Soliev shunday deb mahzun tarzda kulimsiradi. «Qassob» bu 
alamli chehrani ko‘rmadi. Shu nuqtaga tikilganicha har qanday tasodifga shay 
turganlarning ayrimlari ilg‘ashdi-yu, ammo uning nima sababdan kulimsiraganini
fahmlashma-di. 
— Yo‘q, faraon, — dedi «Qassob» yumshoqroq ohang-da. — Egizaklar uch-to‘rt daqiqa 
farqi bilan tug‘ilishadi. Sen bilan men esam bir nafasda o‘lamiz. Men-ku baribir itday otib 
tashlanadigan odamman. Ha, senlar meni bir hayvon qatorida ko‘rsalaring ham 
odamman. Quturgan itni otib tashlab qanday rohatlansalaring meni ham o‘ldirib shunday 
huzurlanasanlar. Faqat sengina maza qila olmaysan. To‘g‘rimi, alam qilyaptimi? 
— Yo‘q. 
— Quloqqa lag‘mon ilma. 
— Bo‘ladigan gapni aytyapman: o‘limdan qo‘rqmayman. Gap qachon o‘lishda emas, 
qanday o‘lishda. 
— Ha... hali shunaqami? — «Qassob» bir oz o‘yga toldi. So‘ng tizzasi bilan yana tepdi. — 
Men bilan birga o‘lishdan hazar qilyapsanmi? Taqdiring shu ekan, faraon, chida. Sen 
menga o‘xshaganlardan nafratlanib yashading. Men esa senga o‘xshaganlardan 
nafratlanib yashadim. Men qaerda tug‘ildimu qanday hayot kechirdim? Men boshqa olam 
edim, sen boshqa dunyo eding. Qara, taqdir meni shu yerlarga haydab kelib, 
qo‘llarimizni bog‘ladi. Demak, taqdirimiz bir ekan. Senga o‘zingning yo‘ling ma’qul edi. 
Shu yo‘lingni to‘g‘ri deb bilding. Menga esa o‘zimning yo‘lim ma’qul edi. Endi nima 
deysan? 
Nima derdim, qo‘llarni bog‘lab turgan bu kishan sen aytgan taqdir zanjiri emas. 
Soliev «Qassob»ning yashagan olami haqida, bu olamning falsafasi haqida uch-to‘rt og‘iz 
gap aytmoqchi edi, ammo fikridan qaytib, gapni shu tarzda qisqa qilib qo‘ya qoldi. Umr 
bo‘yi balchiq suvidan bahra olgan odamga buloq suvining afzalligini gapirishdan ne naf? 
Jarga qulayotgan, halokati aniq bo‘lgan kimsani «jarga yaqinlashma», deb 
ogohlantirishdan ne naf? 
— Faraon, sen Xudoga ishonasanmi? 
Kutilmagan savolga Soliev darrov javob bera olmadi. 
— Faraon, o‘lib qoldingmi, javob ber, Xudoga ishonasanmi? 
— Ishonaman. 
— Ahmoqsan. Men esa ishonmayman. Xudoga ishonsang ayt-chi, nima uchun meni 
bunaqa qilib qo‘ydi? 
— Xudoga ishonmaganing uchun. 
— Laqillama, faraon, ishongan sen ham, ishonmagan men ham bir xilda o‘lyapmiz-ku? 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling