Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
23 — Men hali o‘layotganim yo‘q. — O‘lyapsan... o‘lib bo‘lding, faraon. Faqat o‘limingni rasmiylashtirish qoldi. Joning ishonganing Xudoning emas, mening qo‘limda. Istasam hozir o‘lasan, xohlasam ertalabgacha yashaysan. Sen o‘zingni yaxshi odam deb hisoblaysan-a? Men esa sening nazaringda eng yovuz, eng tuban, eng iflos odamman. Sen meni tanimasang ham shunday deb hisoblaysan. Chunki men — odamxo‘rman. Sen shu ma’lumotga ishonib meni o‘ldirish maqsadida bu yerga kelgan eding. Sendan oldin-roq men sherigingni otdim. Bunga ham men aybdormanmi? Yo‘q, bir so‘takning qo‘liga to‘pponcha berib qo‘ygan sen aybdorsan. Men o‘zimni himoya qildim, uni o‘ldirmasam o‘zim o‘lardim. Xotinni garovga olmaganimda o‘sha zahoti otarding meni. O‘ylab ham o‘tirmay otarding, a? Axir sen u xotinning kimligini bilmaysan-ku? Balki u mendan ham battardir? Balki u yigirmata erkakni avrab, to‘shagiga olib kirgandir, keyin o‘ldirib, go‘shtini yegandir? Senlar men o‘ldirgan xotinlarga achinasanlar, a? Kimlar edi ular, bilmaysan-ku? Bilmay turib achinaverasan. Hammasining erlari bor edi, bolalari bor edi. Erlari bo‘la turib men bilan o‘ynashishdi. Buzuqliklari uchun erlari ham indamaydi, senlar ham jazolamaysanlar. Eriga xiyonat qilish jinoyat emasmi? Jinoyat. Odam o‘ldirishdan ham battar jinoyat. Shuning uchun men ularni jazoladim. Bu yaxshiligim uchun senlar meni o‘limga hukm qildinglar. Bu adolatdan emas, faraon. Hozir seni qo‘yib yuborsam boshimga yuzlab o‘qlar yog‘iladi. Badanimni ilma-teshik qilib tashlaysanlar. Menga bittagina o‘q kifoya qilishiga aqllaring yetmaydi. Faraon, nega jimsan? Mening haqiqatim oldida Xudoying ham jim qoladi. Sen «Xudoga ishonaman», deysan. Laqillama, faraon, sen Xudoga emas, to‘pponchangga ishonasan. Sening Xudoying shu to‘pponcha, payg‘ambaring manavi kishan. Ana, sening Xudoying ham, payg‘ambaring ham menga xizmat qilyapti. Dodingni kimga aytasan? — Birinchi marta qachon odam o‘ldirgan eding? — Ha, faraon, bu senga nima uchun kerak bo‘lib qoldi. — O‘sha paytda qo‘limga tushganingda uch-to‘rt og‘iz gap gapirar edim. Endi foydasi yo‘q. Senga qarab o‘sha paytda o‘q uzilgan. Faqat yuragingga sanchilishi qoldi. Sen balki bugun qutulib ketarsan, lekin bilib qo‘y, o‘q iziga qaytmaydi, senga atab uzilganmi, demak, adashmaydi. Hukmni Ufadagi sud chiqardi, deyapsanmi, bekor gap. O‘sha birinchi qadamingda o‘zingga o‘zing hukm o‘qigansan. O‘qni ham o‘zing uzgansan. Boshqalardan o‘pkalama. — Shundaymi, u holda o‘lim men uchun najot, sen uchun esa falokat, jazo ekan. Bunga nima deysan? — Men o‘limning sharpasini sezmayapman. «Qassob» shunaqami, «sezmasang, sezib ol», deganday panjasidagi bombani Solievning ko‘kragiga qattiqroq bosdi. O‘zini hotirjam tutishga harakat qilayotgan Soliev shundan so‘ng o‘zini behol sezdi. Yo‘q, «hozir bomba portlar, tanam qiyma-qiyma bo‘lib ketar», deb qo‘rqmadi. Xizmati yuzasidan hamisha o‘lim bilan berkinmachoq o‘ynaydigan odamning yengil turtkidan vahimaga tushishi mumkin emas. Alhol, Soliev vujudidagi behollik sababini bilmadi. Bu sababni keyinroq, shiftga tikilib yotgan damlarda anglaydi. Odam bolasi tug‘ilib, dunyoni ko‘rgan onidan o‘lim bilan quvlashmachoq o‘yinini boshlaydi. O‘lim quvlaydi, odam bolasi esa qochaveradi. Kimdir bu o‘yinda tez charchaydi, o‘lim tezgina quvib yetadi. Ba’zilar esa uzoq, juda uzoq qochadi. Hatto o‘lim tezroq yugura qolsa edi, tezroq menga yeta qolsa edi, deb nolalar qiladi. Hatto yugurib horigani uchun sekinroq yura boshlaydi. Ne g‘amki, shu onda o‘lim ham yugurishni bas qiladi. Yugura-yugura charchagan, hayotdan to‘ygan odam o‘lim yeta qolsaydi, degan ilinjda to‘xtaydi. Ne qayg‘uki, o‘lim ham to‘xtaydi. Chunki... quvlashmachoq o‘yinining nihoyasi, oqibati qochayotganning ham, quvlayotganning ham ixtiyorida emas. Holiqi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling