Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet30/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
yengil qildi. 
Ayollar huzurida qoqqan qoziqdek turish Jamshidga malol kelib, dahlizga chiqdi. Qo‘shni 
xonadan joy olgan bo‘lishlariga qaramay, bu eshikdan uzoqlashmagan holda soqchi kabi 
turishdi. Ularni kuzatib qo‘yishi lozim bo‘lgan odam hadeganda kelavermagach, Jamshid 
toqatsizlandi. Xojasidan «Kimga aytgansiz, kim keladi, kim kuzatadi?» deb so‘rab 
olmagandi. Bularni so‘rashga haqqi ham yo‘q edi. Bek akasi lozim topsa o‘zi aytardi. 
Aytmadimi, demak, Jamshid bularni bilmasa ham bo‘ladi. Ayniqsa telefonda har qanday 
gap aytilavermasligini Jamshid yaxshi biladi. Bilgani uchun ham «shuni so‘rab 
olmabman-da» deb afsuslanmadi. Jamshidning betoqatligi zamirida «aytilgan odam 
keladimi yo yo‘qmi?» degan havotir yo‘q edi. Xojasi kim bilan-dir gaplashdimi, 
kimgadir aytdimi, demak, masala hal. Jamshid masalaning tezroq hal bo‘lishini, ayollarni 
tezroq sog‘-omon kuzatib, yigitlar holidan xabar olish uchun milisaxonaga qaytishni 
istayotgan edi. 
Ming yillik qari toshbaqa singari sudralayotgan vaqt betoqat yuragini siqayotgan damda 
ayollar xonasidagi telefon jiringladi. Manzuraga ham, kelinlarga ham telefonning 
bemavrid jiringi xuddi ro‘paralarida pinakka ketgan bo‘g‘ma ilonning behos uyg‘onib, 
bosh ko‘tarishiday tuyulib, cho‘chib ketishdi. Go‘shakni ko‘tarmoqqa hech birlari jur’at 
etishmadi. Telefon to‘rtinchi marta jiringlaganda Jamshid eshikni taqillatib, kirib keldi. 
Go‘shakni qulog‘iga tutib «allo» deyishi bilan qo‘ng‘iroq qilgan odam salom-aliksiz, 
muddaoga ko‘cha qoldi: tezlik bilan Domodedovoga yetib borishlari lozimligini tayinladi. 
Gap qisqa va aniq edi. Jamshid «xo‘p, yaxshi» deyishga ham ulgurmay aloqa uzildi. 
Ko‘chaga chiqishganda mijozga mahtal bo‘sh taksilarga o‘tirishmadi. Biroz kechikibroq 
chiqqan Jamshidning sherigi xuddi begona odamday ularga e’tibor bermasdan 
ko‘chaning narigi betiga o‘tib ketdi. Kelinlar bo‘sh mashinalardan biriga o‘tirmay 
izg‘irinda kutib turishlari sababini bilmay hayron edilar. Manzura ham ehtiyot chorasi 
ko‘rilayotganini bilmay, tanishlarning mashinasi kelsa kerak, degan o‘yda turardi. Qarshi 
tomondan uch-to‘rt bo‘sh taksi o‘tgandan so‘ng, yigit navbatdagisiga qo‘l ko‘tardi. 
Manzura uning mashinaga o‘tirganini ko‘rib «ishi bo‘lsa boshqa yoqqa ketayotgandir» 
deb o‘yladi. Ammo oradan bir qancha muddat o‘tgach, ayni shu mashina ro‘paralarida 
to‘xtagandan so‘ng Manzura yigitlarning maqsadini tushundi. Old o‘rindiqdagi yigit 
o‘rniga Jamshid o‘tirdi, ayollar orqadan joy oldilar. Jamshidning sherigi boshqa mashina 
to‘xtatib, izma-iz yurdi. 
«Domodedovo» deb atalmish havolanida ularni hech kim kutib olmadi. Shunday bo‘lsa-
da, Jamshid qandaydir ko‘zlar ta’qib etayotganini his qildi. Telefondagi topshiriqqa 
binoan pattalarni rasmiylashtiruvchi ikkinchi bo‘limdagi oltinsoch juvonga hujjatlarni 
uzatdi. Juvon bir hujjatga, bir unga qarab oldi-yu, patta ilinjida soatlab mo‘ltillab turgan 
yo‘lovchilarga e’tibor ham bermay ishga kirishdi. 
Jamshid ayollar oldida, sherigi sal orqaroqda nazoratchining to‘sig‘idan o‘tib, uchoqqa 
chiqishdi. Ayollar joylashib olishgach ham Jamshid yo‘lovchilarga zimdan ko‘z tashlab 
kuzatib turdi. Uchoq bekasi «Siz nega turibsiz, joyingiz qaerda?» degach, Manzura bilan 
xayr-lashib, pastga tushdi. Zinapoyalar olinib, uchoq uchish maydoniga qarab 
yurganidan so‘nggina iziga qaytdi. Yigitga «Sen Bek akamni kut», deb o‘zi
milisaxonaga ketdi. 
Uchoq bulutlar oqimi bilan olishib, titray-titray yuqoriga ko‘tarilgani sayin Manzuraning 
yuragi ham titrab-titrab, parcha-parcha bo‘lib uzilib yerda qolayotganday zirillayverdi. 
Uyga qaytmoq umidining bu tarzda amalga oshayotganidan alamda bo‘lgan ona 
qalbining xotirjam tepishi mumkin ham emasdi. 
O‘ldi deb yurgani yigitning tirik holda ko‘rgandagi ajablanishi ham unutildi, uyga 
qaytgach amalga oshajak suyunchli orzu-havaslar yuzini esa qora bulut to‘sdi... 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling