Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet32/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
...kelinlarining peshonalaridan o‘pib, qutlashi lozim bo‘lgan Asadbek ko‘rinmadi. 
Poyandoz adog‘ida jilmayib kutib olgan Zaynab avval kelinoyilari bilan ko‘rishib, so‘ng 
onasining bag‘riga singib ketdi. Bunday onlarda ona-bolaning yig‘lab ko‘rishmog‘i ayb 
sanalmaydi, birov ajablanmaydi ham. Bunday yig‘i shodlik nishonasi deb izohlanadi. 
Biroq, hozirgi yig‘i faqat sog‘ingan yuraklarning emas, balki alamga to‘la qalblarning 
nidosi ham edikim, buni atrofdagilar anglashmadi. Onaning qalbi ham, qizning qalbi ham 
faqat o‘zigagina ma’lum g‘am zahridan azoblanib nola qilardi. Agar Manzura qizi
boshiga tushgan qora kunlarni bilsami, agar Zaynab akalarining nima sababdan 
Moskvada qolganlari- dan xabar topsami — bu yig‘ilar yanada bo‘lakcha bo‘lar edi. 
— Qani, Manzur, fotiha ber, qassob qarab qol-di, — dedi Kesakpolvon ona-bolaning 
unsiz dil roziga barham berib. 
Manzura qizini bag‘ridan bo‘shatib, yonog‘idagi ko‘z yoshlarini kafti bilan artdi-da, 
Kesakpolvonning kibrli boquvchi xotini, yana «qutlug‘ bo‘lsin»ga chiqishgan qo‘shni 
xotinlar bilan yengil-elpi ko‘rishib, o‘ng qo‘lida pichoq bilan fotihaga tayyor turgan 
qassobga, oyoq ostida bo‘ynini cho‘zib, bo‘g‘ziga pichoq qadalishini kutib yotgan qo‘yga 
qaradi. 
— Qani, ovmiyn! — dedi Kesakpolvon baland ovozda. 
Manzura ham fotihaga qo‘l ochib, pichirlaganicha duo qildi. «Ya olamlar Robbisi, 
o‘zingning roziliging uchun atadik, dargohingda qabul et, har na bo‘lganda ham yolg‘iz 
o‘zingga shukr qilamiz, yolg‘iz o‘zingga sig‘inamiz, yolg‘iz o‘zingdan umidvormiz, yolg‘iz 
qudrat sohibi o‘zingsan!» demadi. «Ey Tangrim, bolalarimni o‘zing panohingda asra!» 
deb munojot qildi. Onaning diliga ham, tiliga ham bundan bo‘lak iltijoning kelmog‘i 
mumkin emasdi. Pichirlagan lablardan uchgan qalb nidosini atrofdagilar eshitishmadi. 
Eshitishlari shart ham emas, chunki tinglovchi ham, duolarni ijobat etuvchi ham Tangri 
taolodir. 
Cho‘lponoy ham, Mushtariy ham bu ajabtovur marosimdan gangigan holda, iymanibgina 
turishardi. Manzura boshga oq ro‘mol tashlashni, ostona hatlagach salom berishni ularga 
tayinlamagan edi. Oq ro‘mollar jomadonda, jomadon esa Moskvada. Salom berish va 
boshqa urflarni Moskvadan uchganda yo‘l-yo‘lakay o‘rgatarman, deb o‘ylagan edi, aytish 
ko‘ngliga sig‘madi. 
Qo‘y bo‘g‘ziga pichoq tortilib, qon otilganda Mushtariy cho‘chib, «voy!» deb yubordi-yu, 
yuzini burdi. Bunaqa manzaraga birinchi marta guvoh bo‘layotgan opa-singil hurmat-
e’tibor ramzi bo‘lmish odatni yovvoyilik, hatto vahshiylik belgisi sifatida qabul qilishib, 
bir oz ko‘ngillari og‘ridi. 
Mehmonxonaga kirib, to‘kin dasturxon atrofida duo qilishgach, Zaynab onasi bilan ko‘z 
urishtirib olgach, kelin oyilariga imo-ishora qilib o‘rnidan turdi. Qa-yin singillarining 
maqsadini anglagan kelinlar ijozat so‘raganday Manzuraga qarashdi. Manzura «tura 
qolinglar» degan ma’noda im qoqib qo‘ygach, bir oz hijolat bo‘lganlari holda o‘rinlaridan 
turib, Zaynabga ergashishdi. 
— Akamlar aeroportda qolishdimi? — deb so‘radi Zaynab, hovliga chiqishgach. 
Kelinlar «xabaringiz yo‘qmi?» degan ma’noda ajablanib qarashdi. Cho‘lponoy vaziyatni 
chigallashtirmaslik maqsadida: 
— Maskovinda bir ozlik yumushnida yopmoqliklari lozim o‘lur emish, — deb izoh berdi. 
Zaynab shirin lafzda aytilmish bu so‘zlarga yaxshi tushunmasa-da, mulozimat qoidasiga 
ko‘ra jilmayib qo‘ydi-da, ro‘paradagi uy tomon yurdi. «Qaysi biringiz katta 
kennoyimsiz?» deb so‘rashga iymanib: 
Bu uy Samad akamga, bunisi Hamid akamga atab solingan. Hammomi ham ichida, — 
dedi. — Kirib chiqasizlarmi? 
— Siza cho‘x tashakkurlarimiz o‘lsin, Zaynab bo- nu, — Mushtariy shunday deb yuzini 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling