Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet28/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
osmon bilan yercha farq borligini bilishmaydi. «Advokatlar ishtirokidagi savol-javobdan 
so‘ng hademay chiqib kelishadi» degan o‘y ularni bir oz bo‘lsa-da, xotirjamlikda 
ushlab turardi. Erlarining zax va sovuq, qorong‘u va badbo‘y qamoq xonasida qunishib 
o‘tirishganini bilishsami, buni Manzura ham bilsami, uchovlarining azador xotin holatiga 
tushmoqliklari aniq edi. Yurt sog‘inchi bilan umr kechirayotgan ota-onalarining armonlari 
soyasida ulg‘aygan qizlar nikohdan so‘ng tanmahramlaridan vatanlari haqida eshitgan 
nurli hikoyalarga bir ishonib, bir ishonmay safarga otlanishgan edilar. Abdusamad ham, 
Abdulhamid ham ularni aldamagan edilar. Ular Rusiya istilosida unsiz ingrayotgan Vatan 
nolalarini emas, quyosh nurida yashnayotgan yurt tabiatini maqtagan edilar. Buning 
uchun ularni yolg‘onchiga chiqarmoq noo‘rindir, chunki Vatanda turib ular Vatan 
nolalarini eshitmas edilar. Bu azobli ingroqni armonda yashayotganlar jon quloqlari bilan 
tinglab, yuraklaridagi nolalari bilan jo‘r bo‘lar edilar. «Bedardning oldida boshimni 
og‘ritma», deganlaridek to‘kin dasturxon atrofida ulg‘aygan bolalarning Vatan 
alamlaridan voqif bo‘lmoqliklari mumkin emas edi. Abdusamad bilan Cho‘lponoyni, 
Abdulhamid bilan Mushtariyni bir-birlariga aynan shu to‘kin dasturxon birlashtirib 
turardi. Dunyoni anglamak, Vatan taqdiriga kuyunmak borasida ularning qalblari 
boshqa-boshqa edi. Shuning barobarinda Asadbek bilan Muzaffarxon, Manzura bilan 
Guluzor begim ham bu masalada o‘zga-o‘zga olamning fuqarolari edilar. 
2 
Jamshid taksiga o‘tirib mehmonxonaga yaqinlashganida xojasidan bir narsani so‘rab 
olmaganini fahmlab, afsuslandi. Shu bois mehmonxona nazoratchisi cho‘ntagiga besh 
so‘mlikni qistirib ichkari o‘tgach, yuqoriga ko‘tarilmay, telefon ko‘shklari tomon yurdi. 
Asadbek a’yonining ovozini eshitishi bilan xavotirlanib: 
— Yana nima bo‘ldi? — deb so‘radi. 
— Kennayimlarni jo‘natib yubora qolsammikin, deb so‘ramoqchiydim... 
Asadbek bu masalani Jamshid aytmasdan ilgariroq hal qilib qo‘ygan edi. Shu sababli 
javobni hayallatmadi: 
— Tayyor turlaring, odam boradi.
Jamshid yettinchi qavatga ko‘tarilib, ayollar joylashgan xona eshigi oldidagi sherigiga 
yaqinlashdi. 
— Aytganingizday choy-poy qildim, — dedi yigit Jamshidning savol nazariga javoban. 
— Yig‘i-sig‘i qilishmayaptimi? 
— Yo‘q. 
— Bitta-yarimta kuzatmayaptimi, sezmadingmi? 
— Yo‘q. Birov yaqinlashmadi. 
— Ichkarida gap-so‘z bo‘lmadimi? — Jamshid shunday deb shiftga qarab oldi. U ovoz 
yozib oluvchi uskunalar o‘rnatilgan bo‘lishi mumkin, degan gumonda sherigini avvalroq 
ogohlantirgan edi. Yigit hozirgi savoldan Jamshidning maqsadini anglab, «yo‘q» degan 
ma’noda bosh chayqadi. Shundan so‘ng Jamshid eshikni asta taqillatib, so‘ng qiya ochdi-
da: 
— Kennayi, kirsam maylimi? — deb so‘radi. 
Qafasga solingan qushlar holatidagi ayollar qiya ochilgan eshikka najot ko‘zlari bilan 
qarashdi. Jam-shidning ortidan Abdusamat bilan Abdulhamidni ko‘rmoq ilinjida 
termuldilar. Jamshid ostona hatlab ichkari kirganidan so‘ng ham eshikdan ko‘zlarini 
uzmadilar. Manzura Jamshidga yaqinlashib, paltosining yoqasini asta ushladi-da: 
— O‘g‘illarim qani? — deb yengil siltadi. 
— Ozgina qog‘ozbozlik ishlari bor ekan, kelib qolishadi, — dedi Jamshid xotirjam tarzda. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling