Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet34/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

IV b o b 
1 
Marhumlarning faqat qiyomat qoyim bo‘lganida, sur chalingan onda tirilmoqlari 
ma’lumdir. Shunday bo‘lmaganda edi, Fir’avn tirilib kelib Xongireyning qilmishlarini 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
34
ko‘rib, a’yonlari Homon va Qorunga qarardi-da, «Senlar o‘tmish hayotlaringdan ko‘p 
ham kuymalaring. Senlardan battari ham bor ekan. Senlar-ku, meni xudo deb bilib 
qildilaring barcha gunohlarni. Bu befarosat bola esa o‘zini o‘z olamining xudosi deb fahm 
etyapti. Men do‘zaxga hukm qilinganman, ammo bu aqli qosir bilan bir o‘tda 
kuymoqlikdan hazar qilaman», degan bo‘lardi. 
Fir’avn taqdiridan bexabar o‘nlab, yuzlab, balki minglab, balki undan-da ko‘proq 
bandalar safidagi Xongireyni u dunyoda kutilajak azoblar mutlaqo tashvishga solmas edi. 
Uning ayni damlarda tashvishi faqat bu dunyoga xos — singan Asadbek o‘rniga o‘zining 
sodiq vassalini qo‘ymoq. Ha, u Asadbekni singan hisoblardi. Qurigan, singan shoxlarni 
gulxanga tashlab, olovda qo‘llarini isitib rohat olgani kabi Asadbekning jon talvasasidan 
huzurlanishni istayotgan edi. 
Qonundagi o‘g‘ri shohsupasida o‘tirgan, ustozi Zelixon tomonidan «Knyaz» deb 
erkalangan Xongirey qimorbozlarni azaldan yoqtirmas edi. Hali o‘g‘rilar olamida suyagi 
qotmagan mahallarda sheriklari bilan militsiya libosini kiyib qimorxonalarni besh-olti 
marta bosgan edi. Omadi kelib katta yutuq olgan qimorbozlarning ham dodini bergan 
edi. Uning uchun davlat xazinasini urgandan ko‘ra qimorbozlarning sho‘rini quritish 
durustroq edi. Chunki qimorboz ahli hukumatga arz-dod qilmagani uchun ta’qib 
tashvishidan holi edi. Katta qimorbozlar bilan qonundagi o‘g‘rilar orasida sulh mavjud 
bo‘lgani sababli «qonundagilar»ning kattalari Xongireyning tanobini tortib qo‘yishgach, 
restoran direktorining sho‘rini quritaman deganida o‘zining sho‘rginasi qurib qoldi. Shu 
holatning asosiy sababchilari qimorbozlar deb bilib ularga nisbatan so‘nmas nafrati 
yuragiga muhrlandi. 
Shundanmi, Xongirey o‘zga o‘g‘rilardan farqli o‘laroq, qimor o‘ynamas edi. Hatto 
shunchaki havas yoki ko‘ngil ochar uchun ham qo‘liga qarta olmas, yonidagilar uchun 
ham qimorga yaqinlashmoqlikni man etgan edi. O‘jarlik, o‘z ahdida qat’iy turishda unga 
bas keluvchining topilishi qiyin. Ahdga vafo qilmoq, qat’iylik pokiza qalb egalari uchun 
yaxshi fazilat sanaladi. Zulm urug‘i nish urgan yuraklar uchun esa ofat eshigining 
ochilmog‘idir. 
Xongireyning bu olamga kirib qolishiga asosiy sabab ham shu o‘jarlik edi. 
Qofqazning osmon bilan o‘pishgan yerlarida joylashgan Hamzat ovuli faqat atrofidagi 
mag‘rur cho‘qqilari bilan emas, yigitlarining bo‘ydor, baquvvatligi bilan ham 
boshqalardan ajralib turardi. Endigina o‘n beshni qoralagan Aftondil esa gavdada ham, 
abjirlikda ham yigirma yoshlilar bilan baralla bahslasha olardi. Chavandozlikda, kurashda 
ovulning faxriga aylana borayotgan edi. Mayxo‘rligi tufayli ovulga isnod keltirayotgan 
odamning o‘g‘li atrof ovullarning ham nazariga tushayotgan paytda shayton g‘oliblik 
qildi. 
Tengsiz chavandoz bo‘lib yetishayotgan yigitchaning uyida ot tugul eshak ham yo‘q edi. 
Aftondil uchun esa bu bir adolatsiz hol edi. Bu nohaqlikka chek qo‘yishga ahd qilgan 
damda qalbiga zulm o‘rgimchagi hali to‘rini yoymagan edi. Dastlab ahdini halol tarzda 
amalga oshirmoqqa urindi. To‘y-hashamdagi poygalarda, kurashlarda g‘olib chiqsa-
chiqmasa unga mehrini bog‘laganlar suyunchi sifatida pul berar edilar. U ana shu 
pullarni yig‘a boshladi. «Ot bo‘lmasa toy olarman», deb niyat qildi. Nazran tomondagi 
Ingush ovulda bir toyning dovrug‘ini eshitib, xaridor bo‘lib bordi. Toyning egasi narxni 
aytganida Aftondilning kapalagi uchib ketdi: to‘plagan puli toyning bitta tuyog‘iga arang 
yetardi. U toyning qimmatini taxminan chamalab ko‘rgan, ammo zotdor toyning bu 
qadar qimmat bo‘lishini hisobga olmagan edi. O‘jar, mag‘rur, ayni damda soddadil 
yigitcha «hozircha shu pulni ola turing, qolganini ke-yinroq olib kelib beraman», dedi. 
Toyning egasi bu soddalikdan kulib, «bo‘lmaydi, inim», deb qo‘ya qolsa bo‘lardi. Ammo 
u hazillashib «bu pulingga eshak olib mina qol» deb mag‘rur yigitchaning izzat-nafsiga 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling