Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
— Tilyog‘lamalik qilma. Men bilan ishlagan odam hech qachon baxtli bo‘lmaydi. Sen 
O‘zbekistonga boraver, nima qilishingni keyin aytaman. 
— Men avval o‘zim borib, joy-poy qilsam... 
— Ha, albatta, bir o‘zing borasan. Oilang esa Moskvada turadi. Sen u yerda boshqaga 
uylanib, maisha-tingni qilaver. Mamatbey, buning o‘ynashlaridan xabar olib keldingmi? 
Mamatbey bosh barmog‘ini ko‘rsatib, «Zo‘r!» degan ishorani qilganicha ishshaydi. Selim 
esa oilasi garovda ekanini anglab zil ketdi. 
— Balki Bokuda... — deb gap boshlagan edi, Xongirey unga o‘qraydi. 
— Galvars! Odamlar Moskvada yashashga yetisholmaydilaru sen noz qilasanmi? Agar 
halol ishlasang, uch yildan so‘ng ana u yerda, — Xongirey ustozi o‘tirgan yerni imlab 
ko‘rsatdi, — o‘tirasan. 
Xongirey shu gapni aytgach, Selim masala hal bo‘lganini anglab, o‘rnidan turdi. 
Ostonaga yetay deganida Xongirey uni to‘xtatdi: 
— Hosildan qo‘rqma, u ham o‘lgan. 
Selim bu xabarni endi eshitganday, Xongireyga ajablanib qaradi. Xongirey boshqa 
gapirmadi. Ichida «Ha, tulki!» deb qo‘yib so‘kindi. 
Bir necha soatdan so‘ng Kesakpolvon qo‘ng‘iroq qilib, Asadbekning Moskvaga qarab 
uchganini bildirdi. 
2 
Bu voqeadan to‘rt kun avval Asadbek Chuvrindining janozasidan so‘ng eski uyiga kelib 
o‘tirganida Xongirey Moskvadan salkam ikki yuz chaqirim narida joylashgan Shaxovskoy 
deb nomlanuvchi o‘rmon bag‘rida barpo etilgan qarorgohida maishat qilib yotardi. 
Chuvrindining o‘limi xususidagi Kesakpolvonning xabari unga aynan shu yerga 
yetkazilgandi. O‘shanda Xongirey xushxabarni aytgan Mamatbeydan: 
— Asadbekning o‘g‘illari Germaniyada edimi?— deb so‘rab, savoliga javob kutmayoq 
amr etgan edi: — Xabar olchi, har holda qadrdonimning bolalari, uyiga qaytadigan 
bo‘lishsa, Moskvada uch-to‘rt kun mehmon qilaylik. 
Ularni qanday kutib olish, qanday mehmon qilish rejasi aynan o‘sha yerda, o‘sha damda 
pishib yetilgan edi. Yovlashib qolgan ikki odamning biri otasidan qolgan eski uyida, 
bolalik chog‘ida basharasiga tuflab, xalq dushmani o‘g‘liga nafratini izhor etgan do‘stlari 
uchun osh damlatib o‘tirardi. Do‘stlarini kutayotgan Asadbekning xayoli bolalik xotiralari 
bilan emas, balki ukasiday qadrdon bo‘lib qolgan Chuvrindining halokati bilan band edi. 
Shaxovskoydagi qarorgohda esa Xongirey shoxona dasturxon tuzab, o‘g‘rilar olamiga 
kirib topgan Kats, Yaponchik, Tengiz, Jamal, Mixas, Karo, Yakutyonok kabi laqablar bilan 
nom chiqargan do‘stlarini kutayotgan edi. Mazkur maishat Kozlov saltanatining barbod 
etilgani suyunchisi edi. Xongirey shu ziyofat bahonasida O‘zbekistonda ham to‘la nazorat 
o‘rnata boshlaganini ma’lum qilib, «senlar u tomonlarga burinlaringni tiqmalaring», deb 
ishora qilib qo‘ymoqchi edi. 
Osmonga hukmini o‘tkazishga, quyosh yuzini to‘sishga ahd qilgan qora bulutlar ohista va 
sokin suzib yurgan bo‘lsalar ham, ulardan qo‘rqqulik. Yetarli quvvat to‘plagach, bir-biriga 
yaqinlashadi-yu, yashin chaqnab hamma-yoq ostin-ustin bo‘lib ketadi. Shamol ularni 
haydab, quyosh yuzi ochilgunga qadar qora bulutlar bag‘ridan to‘kilgan do‘l ekinlarni 
payhon qilishga ulguradi. Shaxovskoydagi qarorgoh bilan Asadbekning eski uyi orasida 
salkam beshming chaqirim masofa bo‘lsa-da, bu ikki joyni, bu ikki jonni ko‘zga 
tashlanmas iblisning zulm iplari bir-biriga bog‘lab turardi. Qora bulutlarni-ku shamol 
haydar, ammo qora niyatlarga nima to‘siq bo‘la olar ekan? 
Asadbek «do‘stlar davrasida bir oz taskin toparmikinman», deb yanglishgan edi. Tancha 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling