Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
atrofida faqatgina uning jismi o‘tirardi. Palov suzilib, hidi nafsni bir qalqitib oldi-yu, biroq 
tomoqdan ovqat o‘tmadi. Ayniqsa Jalilning bir gapi boshiga gurzi kabi urildi... 
Bolalikdan birga ulg‘aygan do‘stlar yig‘ilgani bilan davra suhbati uy kabi sovuq, uzuq-
yuluq mavzudagi gaplar bir-biriga qovushmas edi. Osmon kabi tund o‘tirgan 
Asadbekning kayfiyati hazil-mutoyibaga yo‘l bermadi. Oshnalar «nima uchun chaqirdi-
yu, nima uchun birov yeb o‘zi quruq qolganday tumtayib o‘tiribdi», degan ma’noda bir-
birlariga savolomuz qarab qo‘ydilar xalos. Buning sababini faqatgina Jalil so‘ray olardi. U 
jim o‘tiribdimi, demak boshqalarning ham sukut saqlaganlari durust. Agar Asadbek lozim 
topsa, nega yo‘qlaganini o‘zi aytadi. Lekin kayfiyati chatoqligining sababini baribir 
bildirmaydi. U tashvishini birovga dasturxon qilib yoyadigan toifadan emas. 
Asadbekning qulog‘iga oshnalarining so‘zlari dam kirib, dam kirmasdi. Jalil suhbatga 
qo‘shilmasidan oldin gap nima haqda ketayotganini anglamay qoldi. To‘lqin mahalladagi 
bir qariyaning farzandlari beoqibat, bemehr chiqqanini aytayotganida Jalil uning gapini 
shart bo‘lib: 
— Xudodan qaytibdi, uning o‘zi ham otasini xorlagan edi, — dedi. 
Xudodan qaytibdi... Zaynab o‘g‘irlanganida Jalil tomonidan aytilgan bu gap unutilmay, 
yuragini sich-qon kabi kemirib yotgan edi. Hozir o‘sha og‘izdan chiqqan o‘sha gap 
xonada momaqaldiroq singari guldiragandek bo‘ldi. Asadbekning boshiga gurzi kabi 
urilib, tovoniga qadar zirillatdi. 
«Xudodan qaytibdi?.. Meni gapiryaptimi?» Asadbek shu xavotir bilan o‘rtoqlariga qaradi. 
Jalil uning boqishiga e’tibor bermay ayni kunlarda ezilayotgan oqsoqolning bir vaqtlar 
otasini qanday xorlaganini gapira boshlagan edi. Asadbek suhbat mavzuini qisman 
anglagan bo‘lsa-da, boshiga to‘qmoq kabi urilgan gapning zahridan qutula olmadi. 
Xudodan qaytibdi... Asadbek o‘shanda «Mening maishat qilganimni ko‘rdingmi?» deb 
baland kelishga urinsa-da, faqat o‘zigaginayu Ollohga ma’lum qiliqlarini eslab, bu haq 
gap oldida taslim bo‘lgan edi. Ana shu taslimlik o‘shandan beri azob berardi. Jalilning 
hozirgi gapi boshqa odamga tegishli bo‘lgani bilan uning yarasini yangiladi. 
Xudodan qaytishi... 
Zaynabning qismati, Mahmudning o‘limi... Yana Xudo nimalarni qaytarib, boshiga solar 
ekan?.. 
Osh yeyilib, bir piyoladan choy ichildi-yu, do‘stlar davrasi ortiqcha lutfsiz tarqaldi. 
Shundan so‘ng Asadbek ham o‘rnidan turdi. 
— Uyingga borasanmi? — deb so‘radi Jalil undan. 
— Seni olib borib qo‘yishadi, — dedi Asadbek to‘g‘ri javobdan bo‘yin tovlab. 
Jalil bu gapdan «Borar yerim bilan ishing bo‘lmasin», degan ma’noni uqib: 
Avtobusda ketaveraman, onam meni mashinada tug‘maganlar, — dedi. 
Asadbek yana to‘ng‘illab qolishning oldini olish maqsadida hazil ohangida: 
— Seni oying garmdorining ustiga tuqqanlar, — dedi. 
Bir nima deb javob qaytarishga Jalilning tili qichidi-yu, ammo do‘stining ahvolini 
inobatga olib, o‘zini tiydi. 
Asadbek uyiga qaytmadi, Chuvrindinikiga bordi. Shom kirib, xassakashlardan bo‘lak 
odamlar tarqalishgan edi. Asadbek mashinadan tushmay turiboq, atrofga qarab 
Kesakpolvonni qidirdi. Hovliga, undan mehmonxonaga kirganida ham nigohi uni izladi. 
Mushtoqligi uchun emas, aksincha ko‘rgisi kelmayotgani uchun ham qidirdi. Jalil 
«oshnam ukasining o‘limidan ezilib ketdi, shuning uchun janozadan so‘ng azador 
xonadonga borgisi kelmadi», deb o‘ylab bir oz yanglishdi. To‘g‘ri, ezildi. Biroq 
Chuvrindining uyiga kelishidan tiyilishiga asosiy sabab Kesakpolvonga ro‘para kelish 
qo‘rquvi edi. Ha, aynan qo‘rquvi edi. U o‘zini tutolmay a’yoniga tashlanib qolishdan 
cho‘chirdi. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling