Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
47 — Bilganman. Endi rost gapirmoqchimisan? Agar seni Mahmud yuborganida men xabardor bo‘lardim. Menga-ku, mayli, tupurding, o‘lgan akangga tuhmat qilishga uyalmadingmi? Bunaqa palidlikni Xongireydan o‘rganib keldingmi? — Bek aka, meni nima qilsangiz qiling, lekin o‘sha joyda shunday deyishga majbur bo‘ldim. — Kimdan qo‘rqding? — Qo‘rqmadim... Rosti, meni Haydar akam yuborgan edilar. — Mehmonlari kim edi, rostdan tanimasmi- ding? — Sal-pal tanirdim. Xongireyning yigitlaridan edi. Bek aka, bu ishdan latta hidi kelib turibdi. Ularning niyati — qoradori. — Qayoqdan bilasan? — Gaplaridan fahmladim. Ozgina yuk ham olishdi. — Ahmoq! Qo‘lga tushib qolsang uchib ketarding-ku, o‘ylamadingmi? — Ilojsiz edim... — Qani o‘sha mehmonlaring? — Samarqandda kuzatdim, Maskovga uchib ketishdi. — Haydar akangga hisob berdingmi? — Ha. — Nima uchun Haydar akaxoningni menga sotyapsan? Axir u bechora sening joningni saqlab qolaman, deb qaerlardan o‘lik qidirib topgan-a! — O‘zingiz aytdingiz... Mahmud akamga tuhmat qila olmadim. — Seni o‘limga men hukm qilgan edim. — Bu gap esimdan chiqqan. — Rostdanmi? — Eslagan kunim — o‘lganim. — Yaxshi. Sen Haydar akangdan uzoqlashma. Hozircha bitta narsani bilsang yetarli — uning fikri buzilgan, ehtiyot bo‘l. — Haydar akam menga yana bitta ish buyurganlar. — Qanaqa ish? — Halimni o‘ldirishim kerak ekan. — Halimnimi? Nega? — Xitlarning odami, dedilar. Men sal-pal hid olganday bo‘ldim. Gaplarida jon borga o‘xshaydi. — Yana tekshir. Xitlarning odami bo‘lsa, o‘lishi hecham mumkin emas. Sen... shu hafta ichi Maskovga borasan, Kennaying bilan ukalaring kelishyapti, kutib olasan. Asadbek shunday deb «Senga ruxsat» deganday o‘rnidan turdi. Uning «kennaying bilan ukalaring» deyishi oradagi to‘siqni olib tashlab, Jamshidning yana eng ishonchli odamga aylanganidan dalolat edi. Asadbek Jamshid chiqib ketgach, Halimjon haqidagi gapni mulohaza qilib «Xitlarning odami bo‘lsa, yana yaxshi, Haydarning xizmatini qilib yuraveradi», degan qarorga keldi. 4 «Gunohlarni siz qildingiz-u, jabrini bolalar tortishsinmi?..» Kimdir shunday deb baqirganday bo‘ldi. Ha, Jamshid Moskvadan telefon qilib Abduhamid bilan Abdusamatning milisaxonada o‘tirganini xabar qilgan ondayoq qaydandir shu ovoz keldi. Bir necha hafta ilgari Zaynabga «O‘zingni os» degan ma’noda arqon tashlab chiqayotganida ham shunga yaqin gap aytilib edi. Undagi ovoz Jalilniki edi. Bunisi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling